Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar



Yüklə 15,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə385/452
tarix28.11.2023
ölçüsü15,64 Mb.
#167693
1   ...   381   382   383   384   385   386   387   388   ...   452
Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu

texnalogiyalarining 
shiddat 
bilan 
rivojlanishi 
ma’lumotlar 
almashinuvining tezlashishiga olib keldi. Bunda asosan Internet ijtimoiy tarmog‘i etakchi 
rolni o‘ynamoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda er yuzida 2,1 mlrd. internetdan 
foydalanuvchilar bo‘lib, uning 44 foizini Osiyo mintaqasida yashovchilar tashkil etar ekan. 
Umumiy ko‘rsatkichning yarmidan ko‘pi 25 yoshgacha bo‘lganlardan iborat.
Bunday murakkab zamonda ma’naviyat va ma’rifat masalasi naqadar dolzarb, hal qiluvchi 
masalaga aylanib borayotganini ko‘pchilik hamon teran anglab etgani yo‘k. Takror aytish 
foydadan xoli emaski, agar ma’naviyatni yo‘qotsak, o‘zimizni va o‘zligimizni yo‘qotib 
qo‘yishimiz mumkin. Aksincha, ma’naviyatimizni yanada yuksaltirsak, o‘zimizning maksad-
vazifalarimizga etish uchun kuchli va ishonchli madad topa olamiz. 
To‘g‘ri, biz demokratiya davrida yashayapmiz. Jamiyatimizda qiziqish va intilishlarga hurmat 
bilan qaraladi. Ammo xatarli qiziqish va mayllardan davlat va jamiyat o‘zini himoya qilishi 
lozim. Buning uchun esa, eng avvalo, reklama va ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi 
davlatimiz qonunlarining talablari qat’iy bajarilishi kerak. 
Ayni 
paytda 
barchamiz 
yoshlar 
dunyoqarashini 
kengaytirishimiz, 
imkoniyatlarini 
rivojlantirishimiz lozim. Masalan, «Ogohlik» iborasining ma’nolarini bugungi zamon sharoitidan 
kelib chiqib, ancha keng miqyosda tushunishimizga to‘g‘ri keladi. Ya’ni bugungi ogohlik 
xalqimiz, ayniqsa, yoshlar dilini, ruhiyatini, aql-idroki va umuman ma’naviyatini diniy-
aqidaparastlik, jaholatparastliklar xataridan tashqari, ayni paytda, jahonda yuz berayotgan 
siyosiy, mafkuraviy, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy va estetik manfaatlar yo‘nalishidagi goh 
oshkora, goh xufiyona kurashlarning keng miqyosdagi xatarli jihatlaridan, jumladan, «ommaviy 
madaniyat»ning emiruvchi ta’siridan muhofaza qilishni ham o‘z ichiga oladi. 
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, ayrim siyosiy kuchlar o‘z maqsadlarini millatlar 
manfaatiga yot bo‘lgan mafkurali tahdidlar orqali amalga oshirishga qaratishgan. Aslida ularning 
bu xarakatini buzuqlik, zo‘ravonlik g‘oyalari boylik orttirish, xalqlarning necha ming yillik 
an’ana va qadriyatlarini qo‘porish, yo‘q qilishga urinish deb baholash lozim.
Kelajak egalarini xalqimiz ma’naviyatiga yot “ommaviy madaniyat”ning salbiy ta’siridan 
himoya qilish bugungi kunning eng dolzarb vazifasi bo‘lib qolmoqda. Buning uchun avvalo 



Yüklə 15,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   381   382   383   384   385   386   387   388   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin