Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu
Bioetika: Bioetika Bioetika – bu amaliy etikaning yo‘nalishi bo‘lib, uning bosh maqsadi tug‘ilmoq, hayot
va o‘lim, insoniyatning kelajagini davom ettirish kabi masalalarga fanning aralashuvini tahlil
qilish, oqibatlarini baholash va ushbu jarayonlarning axloqiy qoidalarini ishlab chiqishdan
iboratdir. Bioetika hozirgi zamon amaliy etikasining muhim yo‘nalishlaridan biri-inson
hayotining eng oliy axloqiy qadriyat sifatida qaraydi. SHu bilan birga, inson hayotini saqlab
qolish muammosini yaxshilik va yomonlikni farqlashning muhim mezoni, deb hisoblaydi.
Hozirgi zomon fanida Bioetika etika tirik mavjudotlar, shu bilan birga, insonga ham bo‘lgan
munosabatlarning axloqiy regulyativi, deb qaraladi. Bioetika maqsadlaridan biri – shaxsni turli
holatlarga solish imkoniyatlarini yaratuvchi, inson xatti-xarakati, ruhiyatini o‘zgartirish mumkin
bo‘lgan, uning ustidan o‘tkazilayotgan xilma-xil tadqiqotlarni cheklash mezonlarini ishlab
chiqadi. Bioetika muammolarini ishlab chiqishda faylasuflar, huquqshunoslar sotsiologlar,
tibbiyot xodimlari va sotsial axloqshunoslar qatnashmoqda Bioetika ilgari surayotgan
muammolar juda muhim va rang-barang, ularni tahlildan o‘tkazish darajasi juda katta, bioetika
ko‘rib chiqib hal qilayotgan masalalar juda muhim va dolzarbdir. Har qanday mamlakatda
transplantatsiya, reanimatsiya, sun’iy urug‘lantirish, irsiy davolash zamonaviy vrach
amaliyotining muayyan yo‘nalishlari hisoblanadi. Ilmiy bilim, shu jumladan tibbiy-biologik
bilimlar ham universaldir. Bioetika bugungi kunda vrach va patsient munosabatlarining axloqiy
jihatlariga, evtanaziya va o‘limni aniqlash, inson a’zolarini transplantatsiya qilish, homila
tushirish (abort), klonlash, irsiy injeneriya masalalariga alohida e’tiborni qaratmoqda. Akademik
doiralarda «bioetika» tushunchasi aynan shu ma’noda qo‘llaniladi. Bunda tibbiyot etikasi
tushunchasi o‘rniga ko‘pincha deontologiya tushunchasi qo‘llaniladi. Deontologiya etikaning
burch va majburiyat muammolarini o‘rganuvchi bo‘limidir (atamani ingliz faylasufi Ieremiya
Bentam XIX asrda muomalaga kiritgan). Bioetika amaliy etikaning eng rivojlangan va ishlab
chiqilgan qismiga aylandi. Boz ustiga, bioetika mustaqil fan maqomiga ham da’vogar bo‘lishi
mumkin, degan fikr ham ilgari surilmoqda.