Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu
Evtonaziya: evtonaziya Totli o‘lim - evtonaziya ham bioetikaning global muammolaridan. Bedavo dardga
chalingan bemorni azob-uqubatlardan qutqarish uchun uning o‘limini qasddan tezlashtirishga
munosabat yuzasidan tibbiyotchilar, yuristlar, sotsiologlar va psixologlar orasida ko‘p sonli
bahslar hanuz davom etmoqda. Ingliz faylasufi Frensis Bekon (1561-1626) engil og‘riqsiz
o‘limni belgilash uchun «evtanaziya» (yunoncha «euthanasia», «eu» – yaxshi, «thanatos» -
o‘lim), ya’ni azob-uqubatlarsiz, yaxshi, oson va engil o‘lim atamasini muomalaga kiritdi.
Xudoning ixtiyoridan tashqari o‘limni ixtiyor qilgan kishi diniy nuqtai nazardan kechirilmaydi.
Chunki sabrli, bardoshli bo‘lish, bu dunyo iztiroblarini toqat bilan boshdan kechirish insonning
vazifasi. Lekin axloqiy jihatdan olib qaraganda masala qanday baholanadi? Deylik, muayyan
inson, bemor o‘z kunlarining sanoqli ekanini, lekin bu kunlar sanoqsiz azoblar ichida o‘tishini
biladi. Shu bois u o‘zining ana shu holatini juda yaxshi biladigan boshqa bir odam - shifokordan
azoblariga chek qo‘yishni so‘raydi. Uning iltimosi va shu iltimosni bajarish uchun shifokor
tomonidan qilingan xatti-harakatlarni qanday, baholash mumkin? Bu xatti - harakatlarni
insoniylik va insonparvarlikning ko‘rinishi sifatida qabul qilish to‘g‘rimi? Umuman, evtanaziya
axloqiylikmi, axloqsizlikmi? u muammo ham umumjahoniy miqyosda o‘z echimini kutmoqda.
Chunki tabobat borasidagi so‘nggi tadqiqotlar inson o‘limi bir lahzada ro‘y bermasligini, yurak
urishi va nafas olish to‘xtaganda ham, miya o‘lmasa insonni o‘ldi deyish mumkin emasligini
isbotlab berdi. Hozirgi kunda toki miya o‘lmas ekan, ko‘pgina ichki a’zolarning yangi tabobat
texnikasi vositasida ishlashda davom etishini ta’minlash va shu orqali ancha muddatgacha
insonda tiriklikning minimal darajasini saqlab turish mumkin. Demak, yurak yoki buyrakning
ko‘chirib o‘tkazilishi hali o‘lmagan odamning minimal tiriklikka bo‘lgan huquqini poymol