15-MAVZU. AXLOQIY MADANIYAT VA QADRIYATLAR 229
qilishdir. Amerikalik neyroxirurg Pol Pirson o‘z tajribalariga asoslanib, yurak ko‘chirib
o‘tkazilganda ruh ham ko‘chib o‘tadi, degan fikrni bildiradi. Chunonchi, 19 yashar qizning
yuragi 40 yashar erkakka o‘tkazilganida, yigitning fe’l-atvorida juda katta o‘zgarishlar ro‘y
bergan. Yoki 20 yashar qizning yuragi va o‘pkasi 36 yashar ayolga o‘tkazilganda ham shunga
o‘xshash o‘zgarishlar yuzaga kelgan: ayolning kulishigacha o‘zgarib ketgan. Axloqiy nuqtai
nazardan buni qanday izohlash mumkin?
KLONLASHTIRISH Klonlashtirish atamasi ingliz tilidagi “slone”, “cloning” so‘zlaridan kelib
chiqqan va hozirgi kunga kelib o‘z yozilishi, o‘qilishini biroz o‘zgartirgan. Ingliz tilida bu so‘z
biologik termin sifatida yuz yillar oldin qo‘llana boshlagan. Biroq shu qisqa vaqt ichida o‘z
ma’nosini bir necha marta o‘zgartirishga ulgurgan . Dastlab klon so‘zi vegetativ yo‘l bilan, ya’ni
bir o‘simlik urug‘idan olingan o‘simliklar guruhiga nisbatan qo‘llangan. Oradan bir muncha vaqt
o‘tib, ushbu atama bakteriyalar turkumini etishtirishga nisbatan ishlatilgan.
TRANSPLANTATSIYA Transplantatsiya–odam va xayvonlarda potologik jarayon natijasida
shikastlangan yoki olib tashlangan to‘qimalar va organlar o‘rniga sog‘lomini ko‘chirib o‘tkazish.
Xirurgiya usuli sifatida qadimdan ma’lum. Teri, muskul, nervla , ko‘zning muguz pardasi , yog‘,
va suyak to‘qimasi , yurak , buyrak va boshqa organlar ko‘chirib o‘tkaziladi. Qon quyish-
transplantatsiyaning alohida turidir. Ko‘chirib o‘tkaziladigan to‘qima yoki organ kimdan
olinganiga qarab quyidagicha farqlanadi.
Ksenotransplantatsiya: K senotransplantatsiya Transpantalogiya- yashashga umid qolmagan, dori darmonlar foyda
bermagan insonlarning so‘ngi chorasi va yashash uchun so‘nggi umidi bo‘lib qolmoqda. Lekin
ushbu muammo bugungi kunda ko‘pgina jinoiy holatlarga ya’ni, inson organlarini sotish
jarayonlariga olib kelmoqda. Ushbu muammolarni echimining bugungi kundagi yangi yo‘llardan
biri hioblangan, insonga xayvonning organi yoki to‘qimasini ko‘chirib o‘tish – ya’ni
ksenotransplantatsiyadir.
ABORT Amaliy etikaning anchadan buyon ko‘pchilikka ma’lum muammosi, bu – abort.
To‘rtinchi haftaning oxirida homilada dastlabki yurak urishi paydo bo‘ladi . Sakkizinchi
haftaning oxirida esa miya tanasining elektrofiziologik faolligini kuzatish mumkin. Demak , har
qanday abort, xalq ta’biri bilan aytganda, jonlini jonsiz qilish, tirik organizmni tiriklikka bo‘lgan
huquqdan mahrum etishdir. Xo‘sh, abortni axloqsizlik tarzida baholash kerakmi yo yo‘qmi ?
O‘lim jazosi: O‘lim jazosi O‘lim, ma’lumki, axloqiy nuqtai nazardan eng ulkan yovuzlik hisoblanadi. Ayniqsa
majburiy o‘lim. SHunga ko‘ra, o‘lim jazosining huquqiy jihatdan qo‘llanilishi mohiyatan jamiyat
tomonidan yovuzlikka qarshi yovuzlik bilan javob berishdir. Payg‘ambarimiz Muhammad
alayhissalom islom dinining uch asosi borligini aytib, ularning birinchisi odam o‘ldirmaslik
ekanini ta’kidlaydilar. Buni imom G‘azzoliy «Mukoshafaat ul – qulub»da shunday keltiradi:
«Termiziy va boshqa hadischilar rivoyat qiladilar: Rasulluloh buyurdilarki: … Islomning uch
dasturi bor. Dinning tamoyili shular ustiga qurilgan. Kim shu asoslardan tashqari chiqsa, bu bilan
u kofirlikka qarab ketgan bo‘ladi: 1 – Qonni (odam o‘ldirishni) halol hisoblasa; 2 – Ollohdan
boshqa iloh yo‘qligiga guvohlik (shahodat) bermasa; 3 – Farz bo‘lgan namozni va ro‘zani inkor
etsa».