REJA:
Kirish
Soqlik oliy qadriyat
Sog’lom turmush tarsi
Xulosa
Adabiyotlar ro’yxati
Kirish
“Odamzodning sog’ligi ko’p jihatidan avvalambor uning o’ziga bog’liq. Buning uchun u o’z hayotini oqilona yo’lga qo’yishi, har qanday kasallikning oldini olish uchun sog’lom hayot tarzi va turmush madaniyati talablariga amal qilib yashashi lozim.” (O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning 2004 yil 7 dekabrda so’zlagan nutqidan)
Turmush tarzi- inson hayotining shunday bir tayanch nuqtasiki, har bir inson unga tayangan holda, o’z hayotini tubdan o’zgartirishga erishishi mumkin.
Turmush tarzi- deganda inson bilan tabiiy ijtimoiy muhit o’rtasidagi barqaror va uzoqni ko’zlab o’rnatilgan munosabatlar tizimidan iborat bo’lgan jamiyatning axloqiy va moddiy qadriyatlari sifatida gavdalangan, intilishlari, maqsadlari, shakllangan xulqi, uzoq kelajakni o’ylab ish tutishi nuqtai nazardan esa jamiyatdagi mavjud qonunlar, ananalar va tartiblarga asoslangan holga o’zining turli xil ehtiyojlarini qondirib yashash tarzi tushuniladi.
Turmush tarzi – bu jamiyatda odamlarning faoliyati yurish turishi tartibi bo’lib, yashash sharoitlari bilan bog’langan, ularga javob beradi, ulardan u yoki bu darajada foydalanishni nazarda tutadi. Turmush tarzi- har bir shaxsning turmush kechirishi yoki boshqacha aytganda ularning yashash faoliyati shaklidir. Yashash sharoiti esa turmush tarzi bilan vositalashgan va shartlangan omillar yig’indisi bo’lib belglaydi yoki boshqacha qilib aytsak, yashash sharoiti turmush tarziga ta’sir kursatuvchi moddiy va manaviy omillar yig’indisidan tarkib topadi.
Dostları ilə paylaş: |