Sog’lik oliy qadriyat



Yüklə 27,57 Kb.
səhifə3/5
tarix31.12.2021
ölçüsü27,57 Kb.
#50044
1   2   3   4   5
Sog’lik oliy qadriyat

Sog’lom turmush tarzi

Sog’lom turmush tarzi – shunday yashash tarziki, unda odamlar salomatligiga ta’sir ko’rsatuvchi zararli omillar bo’lmasligi, inson ulardan ongli ravishda o’zini chetga olishi kerak.

Sog’lom turmush tarzi yoki oqilona yashash tarzi tushunchalari keng qamrovli bo’lib,uz ichiga insonning tug’ilishidan boshlab umrining oxirigacha aql farosat bilan yashashini – zararli odatlardan xoli bo’lishini, to’g’ri ovqatlanib, to’g’ri dam ola bilishi kabi ko’plab boshqa ijobiy xislatlarini oladi. Oqilona turmush tarzi har bir insonning aql farosati – bilan yaratiladi va har bir kishi uchun  individualdir. Bir kishiga foydali bo’lgan narsa boshqaga zarar keltirishi mumkin. Hayot ritmi, mehnat qilish va uxlash davomiyligi, qabul qilinadigan miqdori va sifati har bir inson tomondan o’z ehtiyoji va imkoniyatiga qarab tanlab olinishi zarur. Shuning uchun ham salomatlikni inson aqlining mahsuli deb karash kerak. Insonni uning o’z xohishiga qarshi sog’lom qilish va unga uzoq umr baxshida etish aslo mumkin emas. Sog’lom turmush tarzi o’z asosida biologik va ijtimoiy tamoyillarni mujassamlashtiradi.

 Biologik  nuqtai  nazardan  sog’lom  turmush  tarzi:



  1. Organizmning yoshiga bog’liq xususiyatlarga va salomatlik holatiga mos kelishi, organizmning energiya ta’minotiga bulgan talabini iste’mol qilinayotgan oziq-ovqat maxsulotlari xisobiga to’la qondirilishi;

  2. Organizmning mustahkam va jismoniy faol bo’lishi;

  3. Belgilangan kun tartibiga rioya qilish, mexnat qilish va dam olishni mutanosib qilishga asoslanishi, hayot ritmlariga mos kelishi. Ijtimoiy nuqtai nazardan esa:

Axloqiy pok bo’lish;

Iroda asosida boshqarish;

Go’zal bulishi;

O’zini-uzi tarbiyalashga asoslanishi lozim.

Sog’lom turmush tarzi tushunchasi o’z tarkibiga:


  1. Zararli odatlardan (tamaki  chekish,  spirtli   ichimliklarni   ichish    va

    giyoxvandlik )tiyilish.

  1. Muttasil ravishda jismoniy va xarakat faolligi, mo’’tadil harakatlanish tarbiga rioya kilish:

  2. Tarkib jixatidan tenglashtirilgan va rastional ovqatlanish:

  3. Organizmni chiniqtirish:

  4. Shaxsiy va jamoatchilik gigienasi:

  5. Ijobiy ehtiroslar, ziddiyatli vaziyatlardan o’zini chetga olish, stress holatlarini oqilona echimini topa bilish:

  6. Tartibli mexnat qilish va to’laqonli dam olish:

  7. Qulay ruhiy holatga ega bo’lish bilan ruxiy filiologik jixatdan qoniqib yashash:

  8. Yuksak tibbiy faollikga ega bo’lish:

  9. Iqtisodiy va madaniy jihatdan mustaqillik:

  10. O’z ishidan qoniqish hosil qilib yashash kabi yo’nalishlarni qamrab oladi.

Fan – texnikaning g’oyat ulkan imkoniyatlari odamlardan sog’lom turmush tarzini  shakllantirishni o’z-o’zidan taminlab bermaydi.Bu o’rinda sub’ektib omilning, ya’ni sog’lom gigienaga asoslangan turmush tarzini ta’minlovchi kuchli ijtimoiy siyosatning faol rol o’ynashi talab etiladi. Sog’lom tarzi mexnat, turmush va dam olish gigienasi, shaxslar aro madaniyatini, ekologik madaniyat o’z organizmini fiziologik jihatdan avaylash va atrofdagilarning salomatligi to’g’risida qayg’urish  singari kopleks omillarni  o’z ichiga oladi.

Mamlakatimizning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti o’sib va rivojlanib borayotgan hozirgi davrda sog’lom turmush tarzining ijtimoiy – gigienik mezonlarini aniq belgilab olishning ahamiyati ayniqsa ortadi.

Me’zon- bu shunday bir o’lchamki uning yordamida biz uchun o’lchanishi zarur bo’lgan jarayonlarning shakllantirilgan etalon (standart) bilan taqqoslash imkoniyatiga ega bo’lamiz, uni baholay olamiz. Sog’lom turmush tarzidek murakkab  ijtimoiy  jarayonlarini o’lchashda uning biz uchun maqbul  va zarur bo’lgan o’lchamlarini  shakllantirish muhim amaliy axamiyatga egadir. Sog’lom turmush tarzini o’lchashda ishlatilishi mumkin bo’lgan bunday mezonlar qatoriga shaxsning:


  1. Jamoatchilik va mehnat jarayonlariga faollik ko’rsatib, samarali ijodiy faoliyat bilan mashg’ul bo’lishi.

  2. Oilada va kundalik turmushda namunali yasha;

  3. O’zidagi jismoniy va ma’naviy qobiliyatlarni ro’yobga chiqarishga intilishi

  4. tabiiy va ijtimoiy muhit bilan mutanosiblikda yashashi

  5. Sog’lom va barkamol inson bo’lib shakllanish uchun o’z shaxsini bosqichma-bosqich rivojlantirib borishga intilishi

  6. Nosog’lom turmush tarziga xos zararli odatlarning quliga aylanib qolishdan va o’z umrini hayot oqimining ayovsiz girdobiga tushib qolishidan asrashga intilib yashashi.

  7. Faqat uzoq yashayotgani uchun emas, balki hayotda to’g’ri yashayotganidan ham qoniqish hosil qilib, zavqlanib yashashga intilishi

  8. Sog’lom turmush tarzini o’zi uchun bir umrga hamroh qilib olishi kabi qimmatli sifat va xususiyatlarni kiritishi mumkin.

“Sog’lom turmush tarzi – bu kundalik turmushni biologik va ijtimoiy qonunlar asosida tashkil qilib, salomatlikni saqlash va mustahkamlashga qaratilgan turmush tarzidir.”

 Bular:


  1. To’g’ri(oqilona) ovqatlanish;

  2. Harakatli turmush va badantarbiya;

  3. Kun va ish tartibini biologik qonuniyatlar asosida tashkil qilish;

  4. Jinsiy tarbiya, sog’lom oila;

  5. Ruhiy osoyishtalikni ta’minlash;

  6. Zararli odatlardan tiyilish;

  7. Shaxsiy va jamoat gigienasiga rioya qilish;

  8. Baxtsiz hodisalar va jarohatlardan ehtiyotkorlik;

  9. Sog’lom turmush tarzi haqida bilim va malakaga ega bo’lish.

Nosog’lom turmush tarzida yashash – tana ehtiyojlariga yo’l berish, biologik instinktlar talabi bilan chegaralangan holda, vegetativ turmush tarzida yashashdir.

Inson o’z salomatligini va taqdirini hayot oqimining ayovsiz girdobiga tashlab qo’yib, sog’ligini o’zining zararli odatlariga qurbon qilishi, insonning shaxs sifatida parchalanishi va tubanlikka yuz tutishidir.

Nosog’lom turmush tarzi – axloqsiz yashash va nopok turmush kechirishdir.

Nosog’lom turmush tarzida yashashning oqibati inson mohiyatining yuzaga chiqmasdan yopiqligicha qolib ketishidir, jamiyatning esa iste’dodlardan mahrum bo’lishidir, shaxs dunyoqarashining chegaralanganligi, o’z salomatligiga qadriyatlar pillapoyasidan munosib o’rin ajratolmaslik, uni oliy qadriyat sifatida qadrlash darajasiga ko’tara olmasdan yashab o’tish tarzidir.

Komil inson g’oyasi – ham milliy, ham umumbashariy ahamiyatga ega bo’lgan, odamzotga xos eng yuksak ma’naviy va jismoniy barkamollikni mujassam etgan, uni hamisha ezgulikka undaydigan oliyjanob g’oyadir.

Bu g’oya butun xalqlarni yuksak taraqqiyot etaklagan, ularni ma’naviyat va ma’rifat sohasida milsiz yutuqlarga ilhomlantirgan.

Komillikni orzu qilmagan, barkamol avlodlarni voyaga etkazish haqida qayg’armagan xalqning va millatning kelajagi yo’q.

Komil inson g’oyasi azaldan xalqimizning ezgu orzusi bo’lib kelgan. Shu sababli yangilanayotgan jamiyatimizda sog’lom avlodngi tarbiyalash, erkin fuqaro ma’naviyatini shakllantirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yuksak darajasiga ko’tarish orqali barkamol insonlarni voyaga etkazishga muhim e’tibor berilmoqda.

Sharq falsafasida va ma’naviyatida birinchilar qatorida komil inson tushunchasini ta’riflab bergan ulug’ donishmand va faylasuf olim Jaloliddin Rumiy bo’lib hisoblanadi. Rumiy sog’lom va barkamol shaxs g’oyasini ta’riflab, komil insonlar shunday insonlarki, ular o’zlarida dunyoviy va diniy ilmlarni mushtarak qilib o’zlashtirib, millat manfaatini, vatan manfaatini o’zinikidan ustun qo’ya oladilar. Ular yolg’iz o’z manfaat va ehtiyojlari bilan band bo’lib, tirikchilik tashvishlaridan zir yugurib, ulardan baland ko’tara olmagan va o’zining insoniy mohiyatini anglash darajasiga etmagan odamlardan farqli o’laroq, o’z mohiyatini chuqur anglagan mukammal insonlardir, shu boisdan ularni – komil inson deb ataydilar.

Respublikamizning buyuk kelajagi ana shunday komil insonlarni tarbiyalab, etishtirish darajasi bilan belgilanadi.

Insoni komil – olamning gultojidir, butun insoniyatning orzusi va barcha xalqlarning maqsadidir.

Jaloliddin Rumiy Hazratlari inson bolasini uning o’ziga tanishtirib, u maqsad – inson, lekin oddiy inson emas, o’z-o’zini bilgan va ikki olamga barobar inson. Rumiyning fikricha o’z-o’zini anglagan va o’z-o’zini unutib, dunyo bilan birikkan Tangriga eng yaqin insondir. Zero komil inson Xudoga juda yaqin ekan, uning kamolot yo’lidagi mehnat va muhabbati insoni komilga sidqi sadoqat borasidagi intilishlari ham muqaddasdir.

Mavlono Rumiy Insonni, avvalo ko’zini ochishga va ochilgan ko’zlari bilan o’z mohiyatiga nazar tashlashga undaydi, insonning o’zi bir butun kichik olam ekanligini uqtiradi. Mashoyixlarning “o’zini bilgan avliyo bo’ladi” degan fikrini isbotladi.

Dunyoga kelishdan muddao “yo’lini qilib kun kechirish, eb ichish nasl qoldirib o’tish” kabi biologik ehtiyojlarni qondirib yashashdangina iborat bo’lmay aksincha, bular vosita, maqsad ruhan pog’onaga chiqish, Ollohning huzurida loyiq bo’lishdir. Ruhan poklanish va jisman poklanish o’zaro uzviy bog’langan hamda uyg’unlashgan tushunchalar bo’lib, qalbi pok insonlar albatta jisman ham pok bo’lishni anglatadi.




SALOMATLIK OMILLARI


Salomatlik psixologiyasida sog’liqqa ta’sir qiluvchi uchta omil ajratiladi: mustaqil, uzatuvchi va motivatorlar .
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin