18-MAVZU. ESTETIKANING ZAMONAVIY MUAMMOLARI
273
ta'sirida vujudga keladi. Mazkur munosabat pirovardida mehnat vositalarining insonga
keltiradigan zararini kamaytiradi. qolaversa, mehnatga ijodiy yondashuv jamiyat ma'naviy
qiyofasini belgilovchi omil hisoblanadi. O'zbekistonda barpo etilayotgan
jamiyatning iqtisodiy
asosi–ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotidir. Ushbu jarayonda eng muhim va dolzarb vazifa
insonlarda mehnatga bo'lgan yangicha tuyg'uni shakllantirishdan iborat. Tashabbuskorlik va
tadbirkorlikni rag'batlantirish, odamlarda mulkka egalik xissiyotini tarbiyalash o'z navbatida
mehnatga bo'lgan munosabat orqali rivojlanib boradi. Negaki, odamlarda ko'p ukladli, turli mulk
tizimlarini barpo etishga bo'lgan rag'bat tarbiyasi insonni
bir tomonlama fikrlashdan,
boqimandachilik kayfiyatlaridan halos qilib, tashabbuskorlik va tadbirkorlikni, odamning o'z
kuchi va salohiyatiga
suyanishini kuchaytiradi, mehnatga hurmat, sadoqat va fidoiylik
tuyg'ularini shakllantiradi. Bu pirovardida xalq turmush darajasining o'sishiga olib keladi.
Mehnatga bo'lgan yangicha munosabat o'zining ana shunday hususiyatlariga
ega ekanligi bilan
nafosatli tarbiyaning muhim vositasi bo'lib sanaladi. Shuningdek, ommaviy axborot vositalari
inson estetik tarbiyasiga yaqindan ta'sir qiluvchi qudratli va faol kuchdir. Ayniqsa,
televidenie
shaxs hamda ommani estetik dunyoqarashini shakllantirishda, ularni nafosatli jihatdan
tarbiyalashda yuksak ahamiyat kasb etadi. Rang–barang mavzulardagi ko'rsatuvlar
badiiy va
hujjatli filmlar, ijtimoiy–ma'naviy mazmundagi reklamalar, telemarafonlar nafosatli tarbiyani
maqsadli yo'naltirishda, insonlar tafakkurida go'zallikka bo'lgan
yangicha munosabatni
shakllantirishda salmoqli ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: