5-MAVZU. OLAMNING UNIVERSAL ALOQALARI VA RIVOJLANISH. FALSAFANING QONUN VA
KATEGORIYALARI
71
o‘rtasida qarshi harakat, kurash boradi. Uning mohiyati yagonalikka barham berishdan iborat.
Qarama-qarshiliklarning har biri ikkinchisini o‘zidan
itarib chiqaradi, undan xalos bo‘lishga
harakat qiladi. SHunday qilib, qarama-qarshiliklar kurashi qarama-qarshiliklar bir-birini inkor
etgan, bir-birini istisno qilgan holda yuz beradi. Qarama-qarshiliklar
birligi narsaning
barqarorligini aks ettiradi va nisbiy, o‘tkinchi hisoblanadi. Qarama-qarshiliklarning kurashi
mutlaq xususiyat kasb etadi, u hech qachon to‘xtamaydi.
Ziddiyatlar
– narsa yoki hodisa qarama-qarshi tomonlarining bir-birini istisno etish va bir-
biriga o‘tish munosabatlaridir. Ziddiyatlar borliqning barcha hodisalari va jarayonlariga xos
bo‘lib, o‘zgarish va rivojlanishning manbai, harakatlantiruvchi kuchi sifatida amal qiladi. Ayni
shu sababli ziddiyat dialektik ziddiyatlilik qonunining mohiyatini yoritib beruvchi bosh
kategoriya hisoblanadi. Ziddiyat – bu qarama-qarshiliklar munosabatigina emas, balki ularning
tarqalish jarayoni hamdir. SHu tufayli ham, Gegel g‘oyalariga asoslanib, ziddiyat tarqalishining
quyidagi bosqichlari (fazalari) farqlanadi: ayniyat, tafovut, qarama-qarshilik, ziddiyat va asos
(ya’ni ziddiyatning echilishi).
Dostları ilə paylaş: