Ziddiyatlarning turlari. Ziddiyatlarning butun rang-barangligi turli asoslarga ko‘ra tasniflanadi.
Xususan,
1) namoyon bo‘lish shakliga ko‘ra – ichki va tashqi ziddiyatlar;
2) rivojlanishdagi roliga ko‘ra – asosiy va ikkinchi darajali ziddiyatlar;
3) vujudga kelish xususiyatiga ko‘ra – zaruriy va tasodifiy ziddiyatlar;
4) jamiyatdagi tipiga ko‘ra – antagonistik va noantagonistik ziddiyatlar farqlanadi.
Miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tishi qonuni. Hodisalarga makon–vaqt
mezoni nuqtai nazaridan tavsif berish jarayonida «qaerda?»va «qachon?» savollari birinchi
o‘ringa chiqadi. Ularni bilishga nisbatan boshqa bir yondashuv «nima?» savoli bilan bog‘liq.
Ma’lum joyda va ma’lum vaqtda mavjud bo‘lgan mazkur hodisa nimadan iborat? U qanday
xossalar bilan tavsiflanadi? Boshqa hodisalardan uning farqi nimada va qay jihatdan ularga
o‘xshash? Bunday savollarga javob hodisalarni sifat va miqdor jihatidan tavsiflash orqali
beriladi. Mazkur tavsif predmeti sifat va miqdor kategoriyalari bilan ifodalanadi. Eng sinchkov
tahlil ham hodisada sifat yoki miqdor jihatidan tavsiflash mumkin bo‘lmagan narsani aniqlash
imkonini bermaydi. Binobarin, sifat va miqdor – hodisaning qoldiqsiz «parchalanuvchi» ikki
tomonidir.Miqdor va sifat o‘zgarishlarining bir-biriga o‘tishi qonuni rivojlanish jarayonining
mexanizmini yoritadi, u qay tarzda va qanday shakllarda amalga oshirilishini ko‘rsatadi. Bu
qonunning xususiyatini, u qanday namoyon bo‘lishi va amal qilishini aniqlash uchun uning
asosiy tushunchalari: sifat, miqdor, me’yor, sakrashning mazmunini yoritish talab etiladi.
Sifat narsalarga xos va ularning borlig‘i bilan ayniy bo‘lgan hamda ular- ni muayyan aloqalar tizimidagi boshqa narsalardan farqlash imkonini beradigan o‘ziga xos xususiyatni aks ettiradi .
Narsalarning sifati ularning chekliligi bilan uyg‘un bog‘liq, zero mazkur sifat yo‘q bo‘lishi bilan
narsaning o‘zi ham
yo‘q bo‘ladi, u boshqa narsaga aylanadi. Sifat – narsaning ichki xususiyati,
predmetni mazkur jihatdan farqlash uchun zarur va etarli bo‘lgan xossalar majmui.