Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


-MAVZU. OLAMNING UNIVERSAL ALOQALARI VA RIVOJLANISH. FALSAFANING QONUN VA



Yüklə 15,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə193/452
tarix28.11.2023
ölçüsü15,64 Mb.
#167693
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   452
Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu

5-MAVZU. OLAMNING UNIVERSAL ALOQALARI VA RIVOJLANISH. FALSAFANING QONUN VA 
KATEGORIYALARI 
73 
Sifat – xossalarning oddiy majmui emas, balki ularning muayyan yaxlitlikdan o‘rin olgan va 
predmetning alohida mohiyat sifatida mavjudligini belgilovchi tizimidir. Predmetlarning 
munosabatlari va aloqalarining rang-barangligi ayni bir predmetda qarama-qarshi xossalar va 
sifatlar mavjudligini izohlaydi. Bir jihatdan engil narsa boshqa bir jihatdan og‘ir bo‘ladi, bir 
aloqada oq narsa boshqa bir aloqada qora bo‘ladi va hokazo. Masalan, suv va bug‘ bir-biridan 
sifat jihatidan farq qiladimi yoki miqdor jihatidanmi? Moddaning agregat holatini 
taqqoslaydigan bo‘lsak, suv va bug‘ sifat jihatidan farq qiladi. Taqqoslash suv va bug‘ning 
kimyoviy tarkibini aniqlashni nazarda tutsa, ularning o‘rtasida miqdoriy farq mavjud bo‘ladi. 
Ammo har qanday narsa bir jihatdan bitta sifatga va turli jihatlardan ko‘plab sifatlarga ega 
bo‘ladi. 
Xossa 
– 
predmetning jihati bo‘lib, uning boshqa predmetlardan farqi yoki ular bilan 
o‘xshashligini belgilaydi va ular bilan o‘zaro aloqada namoyon bo‘ladi.
Xossalar muhim va 
ikkinchi darajali bo‘lishi mumkin. Muhim xossalar predmetning sifatini belgilaydi. Ularning 
yo‘qolishi mohiyatini mazkur xossalar
 
tashkil etgan predmetning ham yo‘qolishini anglatadi. 
Ikkinchi darajali xossalar o‘zlashtirilishi yoki predmetning sifatini o‘zgartirmasdan yo‘qolishi 
mumkin. Har qanday xossa (temperatura, hajm, energiya va sh.k.) muayyan miqdor va
 
sifatga 
ega bo‘ladi. Har qanday predmet o‘zining mavjudligini belgilovchi barcha xossalar majmuidir.
 
Miqdor 
– 
predmet muayyan xossasining namoyon bo‘lishi, intensivligi darajasi. 
Barcha 
narsalar, jarayonlar, hodisalar sifat bilan bir qatorda muayyan
 
miqdorga ham ega. Ular muqarrar 
tarzda muayyan o‘lcham, hajm, massa va shu kabilar bilan tavsiflanadi. U sifat jihatidan 
o‘xshash xossalar yoki butunning
 
qismlarini taqqoslash yo‘li bilan aniqlanadi. Miqdoriy 
munosabatlar 
sifatgabog‘lanmasdan aniqlanishi mumkin. SHuningdek, miqdor turli 
predmetlarning
 
ayrim umumiy xossasi sifatida, predmetlarni sifat jihatidan tenglashtiradi. SHu 
ma’noda miqdor sifatning ziddidir. Ammo predmetning sifat xususiyatini mavhumlashtirish sifat 
jihatidan har xil tuzilmalarni o‘rganishga
 
tadqiqotning miqdoriy metodlarini jalb qilish imkonini 
beradi. Masalan, o‘lchash taqqoslashning o‘rganilayotgan ob’ektning miqdor ko‘rsatkichlarini 
predmet muayyan xossasining namoyon bo‘lishi, intensivligi dara
aniqlovchi ayrim ko‘rinishi 
sifatida, sifat haqida aniqroq xulosa chiqarish imkonini beradi. Matematikada miqdoriy 
munosabatlar son, qiymat, funksiya,to‘plam tushunchalarida ifodalanadi. Hozirgi zamon fani 
matematik apparatdan foydalanib, mikrodunyoning teran qatlamlariga kiradi, Olamning cheksiz 
makonlarini tadqiq etadi. Matematika tabiat va jamiyatni o‘rganishning samarali vositalaridan 
biriga aylangan. 
Har qanday predmet miqdor va sifat qarama-qarshiliklarining muayyan 
sintezidir
. Uning borlig‘i ob’ektga xos bo‘lgan muhim xossalarni saqlashni nazarda tutadi. 
Olamning ko‘p sifatliligi uning elementlari nisbatan barqarorligi va mustaqilligi bilan 
ta’minlanadi. Ammo olam, shu jumladan, har qanday predmet muttasil o‘zgarishda bo‘ladi. Hech 
narsa boqiy emas. Butun borliq qachondir paydo bo‘lgan va qachondir halok bo‘ladi. Dunyo 
o‘zgaradi va ayni zamonda o‘zligini saqlab qoladi, o‘z-o‘ziga nisbatan ayniy bo‘ladi. 

Yüklə 15,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin