Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar



Yüklə 15,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə190/452
tarix28.11.2023
ölçüsü15,64 Mb.
#167693
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   452
Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu

Dialektik ziddiyat 
– 
bir-birini istisno etuvchi qarama-qarshiliklarning bilvosita birligidir. 
Qarama-qarshiliklar – ziddiyatlarning negizi, bog‘lovchi bo‘g‘inlar esa – ularni echish 
mexanizmidir. Quyidagi dalillar bog‘lovchi bo‘g‘inlar roli va qarama-qarshiliklar tushunchasiga 
misol bo‘lishi mumkin: Irsiyat va o‘zgaruvchanlik qutblarida nafaqat organizmning avvalgi 
holati, balki o‘zlashtirilgan yangi belgilari ham saqlanishini ta’minlovchi genetik kod bog‘lovchi 
bo‘g‘in hisoblanadi. Ijtimoiy hayotda jamiyatning o‘ta boy va o‘ta qashshoq qatlamlari qarama-
qarshiliklari o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in vazifasini o‘rta sinf bajaradi. O‘rta sinf mamlakat 
aholisining aksariyat qismini tashkil etishi lozimligi, aks holda jamiyat holati doimo beqaror 
bo‘lishini Aristotel qadim zamonlardayoq qayd etgan. Zero, mayda mulkdorlar olgan 
daromadining bir qismini o‘z ishini rivojlantirishga yo‘naltiradi, bozor kon’yunkturasini 
o‘rganadi va unga juda tez moslashadi, bozorni zarur tovarlar va xizmatlar bilan boyitadi. YAna 
bir misol – shaxs va jamiyat munosabatlari. Ma’lumki, shaxs va jamiyat qarama-qarshiliklar 
hisoblanadi, shaxs a’zo bo‘lgan ijtimoiy guruhlar ularning o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in sifatida 
amal qiladi. Bu va boshqa dalillar bilishda
ichki qarama-qarshiliklar mavjudlgini ham, 
bog‘lovchi bo‘g‘inlarni ham hisobga olish muhim ekanligini ko‘rsatadi. 
XX asr 30-yillarining 
boshida ingliz fizigi Pol Dirak pozitronlar, ya’ni elektronlarga o‘xshash, lekin
 
musbat zaryadga 
ega bo‘lgan zarralar mavjudligini bashorat qildi. Garchi olim
 
o‘z nazariyasida biron-bir xato 
topmagan bo‘lsa-da, aksilzarralar mavjudligiga
 
uning ishonchi yuq edi.
 
SHunday qilib, qarama-
qarshiliklar aloqasi va ziddiyatlarni echishning bir-biri bilan bilvosita bog‘liqligi umumiy 
xususiyat kasb etadi, aloqa usuli esa
 
bog‘lanish xususiyati bilan belgilanadi. Bog‘lovchi 
bo‘g‘inlarning o‘zi ziddiyat qarama-qarshi a’zolari xossalarining uyg‘unligidan tashkil topadi.
 
Tafovut – 
avvalgi holatdan saqlanib qolgan xossalar ustunlik qilgani holda, ayni bir predmet 
xossalarining mos kelmasligidir. 
«Tafovut» – har xillik, o‘z-o‘ziga, boshqa narsalar, hodisalar, 
jihatlarga mos kelmaslik munosabati. Tafovut kuchli yoki ahamiyatsiz bo‘lishi mumkin. 
Kuchli 
tafovut – predmetning o‘z-o‘zi bilan ziddiyatga kirishish omili
. Bu qarama-qarshilik bosqichi
 
bo‘lib, uning echilishi predmetning butunlay o‘zgarishiga olib keladi. SHunday qilib, 
ziddiyatlarning kuchayishi va o‘z echimini topishi rivojlanish manbai hisoblanadi. Rivojlanish 
manbai va rivojlanishni harakatlantiruvchi kuchni farqlash lozim. Rivojlanish manbai – ichki 
hodisa, predmetning ichki ziddiyatlaridir. Vaholanki, tashqi ziddiyat ham rivojlanishni 
harakatlantiruvchi kuch bo‘lishi mumkin. Masalan, siz shamollab qoldingiz. Ayni holda tashqi 
muhit sizning holatingiz o‘zgarishini harakatlantiruvchi kuch bo‘ldi. Dialektik ziddiyat tarkibida 
asosiy tomon manfiy xususiyatga ega, chunki u mazkur ziddiyatni bartaraf etish, inkor qilishga 
qaratilgan. Musbat tomon mazkur ziddiyatni saqlashga qaratilgan.
 

Yüklə 15,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin