Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu
Bilimning asosiy turlari. Bilim nima? Bilim tushunchasiga aniq ta’rif berish qiyin, balki hatto
mumkin ham emas. Gap shundaki, birinchidan, bu tushuncha eng umumiy tushunchalardan biri
hisoblanadi, umumiy tushunchalarga esa doim aniq ta’rif berish qiyin. Ikkinchidan, bilimning
juda ko‘p turlari mavjud va ularning hammasini yonma-yon qo‘yib bo‘lmaydi. Shuni e’tiborga
olib, bilim nima ekanligini aniqlashga harakat qilib ko‘ramiz. Odatda, biz nimanidir bilishimiz
haqida gapirganimizda, o‘zimiz bu «nimadir» haqida ancha to‘g‘ri tasavvurga egamiz, deb
hisoblaymiz. Shuningdek, bizning tasavvurimiz xom xayol yoki faqat o‘z shaxsiy fikrimiz
emasligiga ham ishonchimiz komil bo‘ladi. Nihoyat, biz bu ishonchni mustahkamlovchi
qandaydir dalillar keltirishimiz mumkin. Shunday qilib, o‘z shaxsiy hayotimizda biz amaldagi
holatga mos keladigan va ma’lum asoslarga ega bo‘lgan ishonch, e’tiqodni bilim deb
hisoblaymiz. Teran ma’no bilan sug‘orilgan bu bilim talqinining umumiy ruhi gnoseologiyada
ham saqlanib qolgan. Ayni zamonda, gnoseologiya bu talqin zamirida mujassam ba’zi bir
holatlarni aniqlaydi va ularga oydinlik kiritadi. «S sub’ekt qandaydir P predmetni biladi», degan
standart gnoseolgik talqin quyidagi uch shartni o‘z ichiga oladi:
○
Haqiqiylik (muvofiqlik) sharti – «agar P haqiqiy bo‘lsa, u holda S P ni biladi». Biz Chimyon
Toshkentdan shimolroqda joylashganligini bilaman, basharti Chimyon chindan ham
Toshkentdan shimolroqda joylashgan bo‘lsa. Agar biz Amudaryo Tinch okeaniga quyiladi, deb
aytsak, bizning bu fikrimiz bilim emas, balki yanglish fikr, xato bo‘ladi.
○
Ishonchlilik (e’tiqod, maqbullik) sharti – «agar S P ni bilsa, u holda S P ga ishonadi (uning mavjudligiga e’tiqodi komil bo‘ladi). Masalan, agar biz
O‘zbekistonda daryo bor desak, biz
uning amalda mavjudligiga ishonamiz. Odatda,
bilim shunday ishonch yoki shunday e’tiqod
hisoblanadi va ularni ajratish mumkin emas. Shunday bir vaziyatni tasavvur qiling: siz oyna
oldiga kelib, tashqarida
yomg‘ir yog‘ayotganini ko‘rasiz. Siz: «Yomg‘ir yog‘yapti, lekin men
bunga ishonmayman»,deysiz. Bu iboraning anoto‘g‘riligi bilimimiz bizning e’tiqodimiz
ekanligini ko‘rsatadi.
Asoslilik sharti «S P ni biladi, basharti u o‘zining P ga bo‘lgan ishonchini asoslab bera olsa». Bu shart bilimni to‘g‘ri chiqadigan taxminlar yoki tasodifan mos kelish
hollaridan farqlash imkonini beradi. Aytaylik, siz besh yashar
bolakaydan: «Quyosh tizimida
nechta sayyora bor», deb so‘radingiz va «To‘qqizta»,
degan javobni eshitdingiz. Siz bola
sayyoralar sonini tasodifan to‘g‘ri aytdi,
deb hisoblaysiz. Agar u o‘z javobini hech bo‘lmasa buni
onasidan eshitganini
aytib, asoslab bera olmasa, siz bolakayda bu dalil haqida haqiqiy bilim
mavjud emas, degan to‘xtamga kelasiz.
Shunday qilib, bu «uch qismli» talqinga muvofiq,
quyidagi muxtasar ta’rifni berish mumkin:
bilim – bu haqiqatga mos keladigan va asoslangan ishonch-dir. Bu ta’rif ancha sodda bo‘lib, uni bilimning barcha turlariga nisbatan
tatbiq etish