Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu
Tayanch tushunchalar: Sezgi, idrok, xotira, xayol, tasavvur, empirik bilim, kuzatish,
eksperiment,ilmiy dalil, nazariy bilim, muammo, ilmiy muammo, muammoli vaziyat, gipoteza,
nazariya, kategoriya, tafakkur, mantiqiy tafakkur, tushuncha,mulohaza, xulosa, intuitsiya,
induktiv
tafakkur.
Metod,
metodologiya,
metodika,
metafizika,
yangi
metafizika,
sofistika,eklektika, sinergetika, bifurkatsiya, umumilmiy yondashuvlar, tadqiqot metodlari,
xususiy ilmiy metodlar, fan metodlari, fanlararo tadqiqot metodlari, xususiy fanlar metodlari,
empirik tadqiqot metodlari,kuzatish, eksperiment, sotsiometriya metodi, o‘yin metodlari,
kumatoid.
«Gnoseologiya» – sof falsafiy kategoriya. Uning nomi yunoncha «gnosis» – «bilim»,
«ilm» va «logos» – «ta’limot», «fan» so‘zlaridan kelib chiqqan. So‘zma-so‘z ma’nosi – «bilish
haqi dagi ta’limot (fan)», «ong haqidagi ta’limot (fan)». Falsafiy adabiyotlarda, shu jum la dan,
falsafiy qomuslar va lug‘atlarda «gnoseologiya» atamasi «bilish nazariyasi» deb tarjima qilingan.
SHu bilan bir qatorda, ayni shu mazmunni ifodalash uchun falsafiy adabiyotlarda
«epistemologiya» so‘zi ham qo‘llaniladi. SHuni ta’kidlash lozimki, gnoseologiyaga tatbiqan
bilish nazariyasi va epistemologiya nomlarining qo‘llanilishini o‘rinli deb bo‘lmaydi. Zotan,
«episteme» so‘zi «pistis» – «e’tiqod» so‘zi bilan uzviy bog‘liq. Biroq, «biz biladigan» (gnosio)
va «biz ishonadigan» (pistio), mavjudligiga e’tiroz bildirmaydigan narsalar – falsafiy va ilmiy
bilimlarning hozirgi darajasida mazmunan har xil tushunchalardir. SHu bois G‘arbiy Evropa
falsafasida epistemologiyaning mazmuni ikki xil, ba’zan esa – uch xil talqin qilinadi. Umuman
olganda, hozirgi zamon falsafasida gnoseologiya bilish jarayonining umumiy, aniqroq aytganda,
falsafiy mohiyati hamda umumiy muammolariga e’tiborni qaratadi. Epistemologiya esa, bizning
muayyan narsalar haqidagi bilimlarimiz va (yoki) e’tiqodlarimizning ishonchlilik darajasini
o‘rganadi. Demak, epistemologiya gnoseologiyaning tarkibiy qismi yoki uning amaliy ifodasidir.
Tom ma’nodagi epistemologiya hozirgi kunda ilmiy, haqiqiy bilimning mazmunini, shuningdek,
diniy e’tiqodlarning gnoseologik mohiyatini o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Bunda esa bilish
(ong)ning mohiyati to‘g‘risida bahs yurituvchi falsafiy ta’limot ma’nosidagi «gnoseologiya»
atamasidan foydalaniladi. Shu bilan biz avval gnoseologiya muammolari doirasini aniqlab
olishga harakat qilamiz.
Gnoseologiya yoki bilish nazariyasi falsafiy bilimlar (falsafa fani) bo‘limi bo‘lib, unda: 1) insonning dunyoni bilish imkoniyati; 2) insonning o‘zlikni anglash jarayoni; 3) bilishning bilmaslikdan bilim sari yuksalishi; 4) bilimlar tabiati va ularning mazkur bilimlarda aks etuvchi narsalar bilan o‘zaro nisbati o‘rganiladi. Shunday qilib, umuman olganda,
gnoseologiya ong, bilish, bilimni o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Shaxsiy va ijtimoiy tajribada biz ongning mavjudligini aniq sezamiz,ongning o‘z-o‘ziga, boshqa
odamlarga va umuman, jamiyatga ta’siri natijalarini fiziologik darajada his qilamiz va ko‘ramiz.
Biroq bu jarayonda ongning o‘zi ko‘rinmaydi. Moddiy dunyo hodisalaridan farqli o‘laroq, ongni