Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


-MAVZU. OLAMNING UNIVERSAL ALOQALARI VA RIVOJLANISH. FALSAFANING QONUN VA



Yüklə 15,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə208/452
tarix28.11.2023
ölçüsü15,64 Mb.
#167693
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   452
Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu

5-MAVZU. OLAMNING UNIVERSAL ALOQALARI VA RIVOJLANISH. FALSAFANING QONUN VA 
KATEGORIYALARI 
82 
yo‘nalishini belgilab bermaydi, shunga ko‘ra u muqarrar emas; 5) tasodif umumiy emas, balki 
individual xarakterga ega; 6) tasodif, nihoyat, qonun bilan bog‘liq emas. 
Umuman, zaruriyat va tasodif borliqdagi narsa va hodisalar o‘zaro aloqadorligining turli 
shakllari sifatida mavjud bo‘lib, ular ob’ektivdir, ya’ni ularning mavjudligi va amal qilishi inson 
hohishi va irodasiga bog‘liq emas. 
Zaruriyat va tasodif o‘zaro dialektik bog‘liqdir, bunda tasodif zaruriyatning ichki tizimida 
yashiringan bo‘lgani kabi, zaruriyat ham tasodiflar tizmasida, ularning takrorlanishida mavjud 
bo‘ladi, boshqacha aytganda, ular bir-birisiz, alohida-alohida mavjud bo‘lolmaydi. 
Fanning vazifasi borliqdagi narsa va hodisalarning o‘zaro bog‘lanishlarida yashirinib 
yotgan, insonga noma’lum bo‘lgan ichki zaruriy aloqadorliklarni va ular tizimidagi tashqi 
tasodiflarni aniqlashdan iboratdir. 
Borliqdagi qat’iy zaruriyat doimo tasodiflar tizmasida hukmronlik qilib, tadqiqotchi o‘z 
tadqiqoti jarayonida tasodifiy hodisalar tizmasida mavjud bo‘lgan tasodiflarni tadqiq qilish, 
ularning bir-birlari bilan aloqadorliklarini aniqlash, ular tizmasida mavjud bo‘lgan, lekin 
yashirinib yotgan zaruriyatni ochish, jamiyatda insoniyat uchun noqulay bo‘lgan voqea-
hodisalarning ro‘y berishlarining oldini olishga imkon beradi. 
Borliqdagi narsa va hodisalarning hozir qanday ekanligi, kelajakda qanday bo‘lishini biz 
imkoniyat va voqelik kategoriyalarisiz tushuna olmaymiz. 
i) Imkoniyat va voqelik.
Imkoniyat va voqelik o‘zgarish va rivojlanish jarayonidagi narsa va hodisalarning ikki xil 
davrini, ikki xil holatini, bu davrlarning o‘zaro munosabatini o‘zlarida ifodalovchi 
kategoriyalardir. 
Voqelik
— bu hozir real mavjud bo‘lgan, yashab turgan narsa va hodisalardir. Lekin bu 
hodisalar rivojlanish jarayonida birdaniga hozirgi holatda bo‘lmay, balki dastlab imkoniyat 
holatida bo‘lgan bo‘lib, ular o‘zlarining ma’lum kelib chiqish davriga, vaqtiga, tarixiga ega. 
Voqelik o‘zining paydo bo‘lish davridan oldin imkoniyat shaklida mavjud bo‘ladi. 

Yüklə 15,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin