Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


sabab deb ataladi.  Sababning bevosita yoki bavosita ta’siri bilan yuz beradigan hodisa oqibat



Yüklə 15,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə205/452
tarix28.11.2023
ölçüsü15,64 Mb.
#167693
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   452
Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu

 sabab
deb ataladi. 
Sababning bevosita yoki bavosita ta’siri bilan yuz beradigan hodisa
oqibat
deyiladi. Masalan, 
qo‘llarimizni bir-biriga ishqalaganimizda qo‘llarimiz qiziydi. Bu erda ikki hodisa: ishqalanish va 
issiqlikning guvohi bo‘lib turibmiz. Lekin bunda ishqalanish issiqlikni keltirib chiqarmoqda, 
ya’ni ishqalanish issiqlikning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda. Demak, ishqalanish sabab
issiqlik - oqibat bo‘lmoqda. 
Odatda borliqdagi har bir hodisaning paydo bo‘lishi va rivojlanishida o‘z sababi bo‘ladi 
va ayni vaqtda uning o‘zi ham boshqa hodisalarning kelib chiqishi va rivojlanishiga sabab bo‘lib 
xizmat qilishi mumkin. Ayrim hodisalarni tushunmoq uchun biz ularni umumiy aloqadorlikdan 
ayirib olishimiz hamda ularni alohida-alohida tekshirishimiz lozim. Bunday holda esa bir-biri 
bilan almashinib turuvchi harakatlardan biri sabab tarzida, boshqasi oqibat tarzida ko‘z 
oldimizda namoyon bo‘ladi. 
Sabab bilan oqibatning o‘zaro aloqadorligi sababiyat deb ataladi. Tabiat va jamiyatdagi 
sabab-oqibat bog‘lanishlarning kishilar fikridagi ifodasi sababiyat kategoriyasining paydo 
bo‘lishiga olib kelgan. Sababiyat hodisalar o‘rtasidagi shunday ichki aloqadorlikki, bunda har 
doim bir hodisa mavjud bo‘lar ekan, uning ketidan muqarrar ravishda ikkinchisi sodir bo‘ladi. 
Kishilarda bir hodisa boshqa hodisaga sabab bo‘ladi, degan tasavvur ularning amaliyoti 
asosida kelib chiqqan. Sababiyat borliqda umumiy, har tomonlama xarakterga ega. Sababsiz 
oqibatlar yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas, hamma narsaning o‘z sababi bor. «SHamol 
bo‘lmasa, daraxtning uchi qimirlamaydi» — deydi xalqimiz. Sababiyat ob’ektivdir, u borliqqa 
inson aql-idroki yoki qandaydir G‘ayritabiiy kuchlar tomonidan kirilgan emas. Sababiyat 
aksincha, borliqning o‘ziga xos aloqadorligi bo‘lib, u inson tomonidan shu borliqni bilish 
jarayonida ochiladi. Ayrim hodisalarning sababi hozircha ma’lum bo‘lmasa ham, u keyinchalik 
fan va ijtimoiy amaliyot taraqqiyoti davomida kashf etiladi. Sabab oqibatga aktiv ta’sir qiladi. Bu 
ta’sirning xususiyati shundan iboratki, u sababning hal qiluvchi kuchiga asoslangan bo‘ladi. 



Yüklə 15,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin