Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


-MAVZU. OLAMNING UNIVERSAL ALOQALARI VA RIVOJLANISH. FALSAFANING QONUN VA



Yüklə 15,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə206/452
tarix28.11.2023
ölçüsü15,64 Mb.
#167693
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   452
Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu

5-MAVZU. OLAMNING UNIVERSAL ALOQALARI VA RIVOJLANISH. FALSAFANING QONUN VA 
KATEGORIYALARI 
81 
Borliqda doimo ma’lum vaqt muayyan aniq shart-sharoit mavjud bo‘lgan taqdirdagina, 
sabab oqibatni keltirib chiqaradi. Lekin bu ma’lum sabab doimo bir xil ma’lum oqibatni keltirib 
chiqaradi, degani emas. Bunda oqibatning kelib chiqishi aniq shart-sharoitlar, aniq vaziyatlar 
bilan bog‘liq bo‘ladi. 
Sababni oqibatni keltirib chiqaruvchi shart-sharoitlardan farq qilish zarur. 
Sabab va oqibat vaqt jihatdan ketma-ket kelib, bunda sabab oqibatdan oldin, oqibat 
sababdan keyin keladi, ya’ni sabab oqibatni keltirib chiqaradi. Lekin borliqda ketma-ket keluvchi 
har qanday predmetlar va hodisalar bir-birlari bilan sababiy bog‘lanishda bo‘lavermaydi. 
Masalan, qishdan so‘ng bahor, bahordan so‘ng yoz, yozdan so‘ng kuzning kelishi sabab va 
oqibat bog‘lanishi emas, ular bir-birlarini keltirib chiqarishmaydi. Bu hodisalarning ro‘y berishi 
Erning Quyosh atrofida o‘z holatini o‘zgartirgan holda aylanishi sababli sodir bo‘ladi. 
Borliqdagi barcha narsa va hodisalar o‘z tabiiy ob’ektiv sabablari asosida paydo bo‘ladi 
va rivojlanadi. Tabiat hech qachon oldindan belgilangan maqsadlarni qo‘ya olmaydi va 
qo‘ymaydi ham. Jamiyatda esa ahvol boshqacha, chunki jamiyatda ongli mavjudotlar — insonlar 
faoliyat ko‘rsatadilar, ular o‘z faoliyatlarini oldindan belgilangan ma’lum maqsadlar asosida 
amalga oshiradilar. Maqsadga muvofiq faoliyat ko‘rsatish faqat insonlarga xosdir. Jamiyatda 
kishi nimani qilmoqchi bo‘lsa, avvalo, u o‘zicha buni o‘ylaydi, uning haqida fikr yuritadi, bu ish 
yuzasidan ma’lum reja tuzadi, uni amalga oshirish uchun o‘z oldiga ma’lum maqsadlarni qo‘yadi 
va ularga erishish uchun harakat qiladi. Bunda maqsad kishining o‘zi tomonidan belgilangani 
uchun, odatda u ko‘pincha tashqi shart-sharoitlarga bog‘liq, emasday tuyuladi. Aslida, insonning 
har qanday maqsadi (niyati, hatto orzusi ham) ob’ektiv sabablar asosida tarixiy shart-sharoitlar 
ta’sirida, uning miyasida zaruriy ravishda paydo bo‘ladi. 
Borliqdagi sababiy bog‘lanishlarning murakkab zanjirida zaruriy va tasodifiy 
aloqadorliklar ham muhim rol o‘ynaydi. Bunday aloqadorliklarni zaruriyat va tasodif 
kategoriyalari ifodalaydi. 

Yüklə 15,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin