Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu
5-MAVZU. OLAMNING UNIVERSAL ALOQALARI VA RIVOJLANISH. FALSAFANING QONUN VA KATEGORIYALARI 80
hodisalardagi barcha aloqadorlik va bog‘lanishlarni hisobga olishi bilan dialektik usullarning
tarkibiy qismini tashkil etadi.
d) Mazmun va shakl. Mazmun va shakl ham kishilarning borliqni bilishida katta rol o‘ynaydi.
Xo‘sh, mazmun va shakl nima?
Mazmun — narsa yoki hodisani aynan shu narsa yoki hodisa sifatida ifodalovchi
jarayonlar, muhim elementlar va o‘zgarishlarning majmuidan iborat.
SHakl — mazmunning mavjudlik usulini, uning strukturasini, ya’ni tuzilishini
ifodalovchi, narsa va hodisalarning ichki va tashqi tomonlarining birligidan iborat. Mazmunni
tashkil etuvchi xususiyatlar, ziddiyatlar, elementlar shaklsiz ifodalanmaganidek, ularning
mavjudlik usuli, strukturasi, tuzilishi ham mazmunsiz namoyon bo‘la olmaydi. Demak, mazmun
va shakl muayyan bir narsa yoki hodisaning bir-biri bilan dialektik aloqador bo‘lgan ikki
tomonidir.Ob’ektiv olamda narsa va hodisaga oid bo‘lmagan sof mazmun ham, sof shakl ham
yo‘q. Aksincha, faqat muayyan mazmun va shakl birligiga ega bo‘lgan narsalar va hodisalargina
mavjuddir. Bunda hamisha muayyan mazmun muayyan shaklda ifodalanib, muayyan shakl
muayyan mazmunga ega bo‘ladi. Borliqdagi har bir narsa va hodisa o‘z mazmun va shakl birligi
tufayligina mavjud bo‘lsa-da, ular shu birlikni vujudga keltirishda turlicha rol o‘ynaydi. SHakl
esa, aksincha, mazmunni ifodalaydi. Qisqa qilib aytganda, mazmun shaklni belgilaydi.
z) Sabab va oqibat. Narsa va hodisalar o‘zlarining paydo bo‘lishlari, shakllanish va rivojlanishlarida bir-
birlari bilan aloqadorlikda va sababiy bog‘lanishlarda bo‘lishib, ularning biri sabab, ikkinchisi
shu sabab tufayli kelib chiqqan oqibat bo‘ladi. Ularning o‘zaro bunday aloqadorligi sababiy
bog‘lanish deyiladi. Bu sababiy bog‘lanishda bir narsa yoki hodisa ikkinchi bir narsa yoki
hodisani vujudga keltiradi.
Xo‘sh, sabab va oqibat nima?
Bir hodisadan oldin kelib, uni vujudga keltirgan hodisa yoki hodisalar guruhi