Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


Falsafiy antropologiyaning predmeti va vazifalari



Yüklə 15,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə264/452
tarix28.11.2023
ölçüsü15,64 Mb.
#167693
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   452
Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu

Falsafiy antropologiyaning predmeti va vazifalari. 
Falsafiy antropologiya izlanishlarining 
bosh mo‘ljali va o‘zagini inson va faqat inson tashkil etadi. SHu ma’noda falsafiy 
antropologiyani antropotsentristik falsafiy ta’limot deb nomlash mumkin, chunki unda inson 
atrofida borliqning boshqa barcha muammolari aylanuvchi o‘ziga xos «markaziy o‘q» 
hisoblanadi. 
Falsafiy antropologiyaning antropotsentrizmi falsafaning tadqiqot markazida inson 


8-MAVZU. FALSAFIY ANTROPOLOGIYA (INSON FALSAFASI) 
120 
turishi bilangina emas, balki uning barcha maktablari uchun inson
 
dunyoning markazi 
hisoblanishi bilan ham belgilanadi. Mazkur yondashuv zamirida antik falsafaning Protagor 
ta’riflab bergan «Inson hamma narsalar mezonidir», degan tamoyili yotadi. Falsafiy 
antropologiyaning antropotsentrizmi
 
Evropa madaniyati asoslaridan biri sanalgan xristianlik 
mafkurasidan ham
 
kelib chiqadi. Aynan xristianlik dunyoviy hayot markaziga insonni qo‘yadi, 
uni
 
Xudo o‘ziga o‘xshatib yaratgan, degan g‘oyani ilgari suradi. Shu nuqtai nazardan xristiancha 
madaniyat vakilining mentaliteti asosida shakllangan falsafiy antropologiyani sharq falsafiy 
maktablari bilan taqqoslash o‘rinli bo‘ladi. Shu narsa diqqatga sazovorki, sharq falsafasida inson 
hech qachon dunyoning markazi hisoblanmaydi, zero, u tabiatning tarkibiy qismi, uning uzviy 
elementi, Koinotning ko‘p sonli darajalaridan biri sifatida qaraladi. SHarq falsafasida 
antropotsentrizm yo‘q, umuman olganda, falsafiy antropologiya ham mavjud emas. Bu falsafada 
inson dunyoning tabiiy bir bo‘lagi, tabiatning ajralmas elementi hisoblanadi. Tabiatning o‘zi esa 
mukammal bo‘lib, inson unga qarshi turmasligi, balki uning izmiga bo‘ysunishi lozim.
 
SHunday 
qilib, ko‘pgina faylasuflar tomonidan qo‘yilgan «Inson nima», degan savol Evropa falsafiy 
antropologiyasi uchun uning falsafiy muammolari majmuini belgilovchi bosh masala hisoblanadi 
(va u falsafiy tafakkurning boshqa yo‘nalishlaridan ayni shu jihatdan farq qiladi). Falsafiy 
antropologiya insonning borlig‘i nuqtai nazaridan inson haqidagi ta’limotdir. Inson va uning 
borlig‘i to‘g‘risidagi mulohazalar muammolarning keng doirasini qamrab oladi. Bularning 
barchasi antropologizm, ya’ni insonning mohiyati muammolarini izchil o‘rganuvchi 
tadqiqotlarning alohida yo‘nalishi – tor ma’nodagi falsafiy antropologiya to‘g‘risida so‘z yuritish 
imkonini beradi. Keng ma’noda esa, falsafiy antropologiya, shu jumladan, inson, uning tabiat va 
jamiyatdagi borlig‘i haqidagi ta’limotni ham o‘z ichiga oluvchi falsafiy qarashlar tizimi sifatida 
maydonga chiqadi.
 

Yüklə 15,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin