Insonga introvertiv va ekstrovertiv yondashuvlar, biologizatorlik va sotsiologizatorlik konsepsiyalari. Insonni o‘rganishga nisbatan «
introvertiv» va «ekstrovertiv » yondashuvlar, ayniqsa, ajralib
turadi.
Introvertiv yondashuv insonning ong, jon, ruhiyat, instinktlar, nuqsonlar, fazilatlar kabi muhim xususiyatlarini tahlil etib, uni «ichdan» tushunish, anglab etishni nazarda tutadi . Bunda
insonning jismoniy va ma’naviy
mohiyati haqidagi falsafiy mulohazalar aksariyat hollarda tabiiy
fanlarning
empirik ma’lumotlariga, avvalambor biologiya va psixologiya yutuqlariga tayanadi,
lekin, ba’zan mistika, ezoterika, okkultizm bilan belgilanadi. Bunday
yondashuvlar, ayniqsa,
nemis antropologlari M.SHeler (1874–1928) va A.Gelen (1904–1976), avstriyalik faylasuf
K.Lorens (1903–1989) ijodiga xosdir.
Ekstravertiv yondashuv insonga nazar tashlash, uning mohiyatini tahlil qilish go‘yoki «sirtdan» amalga oshiriladiki, buning natijasida diqqat markazidan uning ijtimoiy va tabiiy mohiyati o‘rin oladi; tegishli mo‘ljallarga muvofiq insonning Xudo, kosmos, universum va shu kabilar bilan aloqasi tahlil qilinadi. Bu erda falsafa ko‘pincha tarix, sotsiologiya, ekologiya, teologiya bilan
ittifoq tuzadiki, bu hol diniy falsafa vakillari N.A.Berdyaev, S.N.Bulgakov,
S.L.Frank,
N.O.Losskiy kabi vakillariga ko‘proq xosdir. Shunday qilib, insonni falsafiy tushunish uchun
yagona asos mavjud emas.
Biologizatorlik konsepsiyalari. Biologizatorlik konsepsiyalarining tarafdorlari, insonni uning tabiiy, biologik asosidan kelib chiqib tushuntirishga harakat qiladi . XVIII asr oxirida jamiyat
hayotiga ayrim odamlarning o‘z mavjudligi uchun kurash maydoni sifatida qarashni taklif qilgan
T.Maltus nazariyasini bunday tushuntirishga bo‘lgan birinchi jiddiy urinish, deb hisoblash
mumkin. Maltus fikricha, bu kurashda kuchlilar g‘olib chiqadi, kuchsizlar esa halok bo‘lishga
mahkumdir. Mazkur kurashga tabiiy omillar turtki beradi. Xususan, aholi soni geometrik
progressiya bo‘yicha ko‘payib boradi, tirikchilik vositalari taklifi esa, faqat arifmetik progressiya
bo‘yicha o‘sadi, bu esa muqarrar tarzda ocharchilik, epidemiyalar, urushlar va boshqa ijtimoiy
tangliklarga olib keladi. Mazkur omillarga Maltus kuchlilarning yashab qolishini ta’minlovchi
ijtimoiy munosabatlarning «tabiiy», muqarrar va hatto zarur tartibga solish vositalari sifatida
qaraydi.