Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


Insonga introvertiv va ekstrovertiv yondashuvlar, biologizatorlik va sotsiologizatorlik



Yüklə 15,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə265/452
tarix28.11.2023
ölçüsü15,64 Mb.
#167693
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   452
Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu

Insonga introvertiv va ekstrovertiv yondashuvlar, biologizatorlik va sotsiologizatorlik 
konsepsiyalari. 
Insonni o‘rganishga nisbatan «
introvertiv» va «ekstrovertiv
» yondashuvlar, ayniqsa, ajralib 
turadi.
 
Introvertiv yondashuv insonning ong, jon, ruhiyat, instinktlar, nuqsonlar, fazilatlar kabi muhim 
xususiyatlarini tahlil etib, uni «ichdan» tushunish, anglab etishni nazarda tutadi
. Bunda 
insonning jismoniy va ma’naviy
 
mohiyati haqidagi falsafiy mulohazalar aksariyat hollarda tabiiy 
fanlarning
 
empirik ma’lumotlariga, avvalambor biologiya va psixologiya yutuqlariga tayanadi, 
lekin, ba’zan mistika, ezoterika, okkultizm bilan belgilanadi. Bunday
 
yondashuvlar, ayniqsa, 
nemis antropologlari M.SHeler (1874–1928) va A.Gelen (1904–1976), avstriyalik faylasuf 
K.Lorens (1903–1989) ijodiga xosdir.
 
Ekstravertiv yondashuv insonga nazar tashlash, uning mohiyatini tahlil qilish go‘yoki «sirtdan» 
amalga oshiriladiki, buning natijasida diqqat markazidan uning ijtimoiy va tabiiy mohiyati o‘rin 
oladi; tegishli mo‘ljallarga muvofiq insonning Xudo, kosmos, universum va shu kabilar bilan 
aloqasi tahlil qilinadi. 
Bu erda falsafa ko‘pincha tarix, sotsiologiya, ekologiya, teologiya bilan
 
ittifoq tuzadiki, bu hol diniy falsafa vakillari N.A.Berdyaev, S.N.Bulgakov,
 
S.L.Frank, 
N.O.Losskiy kabi vakillariga ko‘proq xosdir. Shunday qilib, insonni falsafiy tushunish uchun 
yagona asos mavjud emas.
 
Biologizatorlik konsepsiyalari. 
Biologizatorlik konsepsiyalarining tarafdorlari, insonni uning 
tabiiy, biologik asosidan kelib chiqib tushuntirishga harakat qiladi
. XVIII asr oxirida jamiyat 
hayotiga ayrim odamlarning o‘z mavjudligi uchun kurash maydoni sifatida qarashni taklif qilgan 
T.Maltus nazariyasini bunday tushuntirishga bo‘lgan birinchi jiddiy urinish, deb hisoblash 
mumkin. Maltus fikricha, bu kurashda kuchlilar g‘olib chiqadi, kuchsizlar esa halok bo‘lishga 
mahkumdir. Mazkur kurashga tabiiy omillar turtki beradi. Xususan, aholi soni geometrik 
progressiya bo‘yicha ko‘payib boradi, tirikchilik vositalari taklifi esa, faqat arifmetik progressiya 
bo‘yicha o‘sadi, bu esa muqarrar tarzda ocharchilik, epidemiyalar, urushlar va boshqa ijtimoiy 
tangliklarga olib keladi. Mazkur omillarga Maltus kuchlilarning yashab qolishini ta’minlovchi 
ijtimoiy munosabatlarning «tabiiy», muqarrar va hatto zarur tartibga solish vositalari sifatida 
qaraydi. 



Yüklə 15,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin