Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu
Sharq va G‘arb falsafasida inson muammosi O‘rta asr insoniyat bosib o‘tgan tarixiy taraqqiyot jarayonining eng uzoq davom etgan
bosqichidir. O‘rta asr falsafasining shakllanish jarayoni Evropada xristian dinining vujudga
kelishi va uning tarqalishi bilan bog‘liq bo‘lsa, Osiyo, Afrika mamlakatlarida, xususan Markaziy
Osiyoda islom dinining kirib kelishi va uning rivojlanishi bilan bevosita bog‘liqdir. Xristian dini
eramizning I-II asrlarida Rim imperiyasining Sharqiy viloyati Falastinda paydo bo‘lib, O‘rta yer
dengizi atrofiga yoyildi. Islom dini eramizni VII-VIII asrlarida uchta qit’a (Afrika, Osiyo va
Evropa)ni qamrab oldi. Antik dunyoda ko‘p xudolilik dinlari hukmron bo‘lgan bo‘lsa, o‘rta
asrlarga kelib yakka xudolik dinlari hukmron bo‘lib oldi. Shuning uchun o‘rta asr falsafasining
ildizlari iudaizm, xristianlik va islom dinlariga borib taqaladi. Xristian falsafasi insonda xudoga
o‘xshash fazilatlar, xislatlar mavjud ekanligini birinchilardan bo‘lib isbotlashga harakat qildi.
Xususan, xristian cherkovining buyuk namoyondalaridan biri Grigoriy Niskiyning
tushuntirishicha, xudo podshohdir, butun koinotning jamiki mavjudotning egasidir. Xudoning
insonni yaratishdan muddaosi, uni butun olamning xo‘jayini, chinakam podshoh qilish edi.
Xristianlik dinigacha hech qaerda, hech qachon xudo bilan inson qiyofasi bir-biriga o‘xshaydi
deb tasvirlanmagan. Bu ikki asos: inson va xudo, hech qachon bir-birlari bilan qo‘shilib
ketmagan edi. Xristianlik dini o‘zining transsendental xususiyatiga ko‘ra, xudo bilan koinotga
hukmronlik da’vosini qildi. Xuddi o‘sha hukmdor xudoni inson tanasiga o‘rnashib olishi
ajablanarli holat edi. Xristianlik ta’limotiga ko‘ra, jon tanadan tashqarida yashay olmaydi degan
aqida o‘rta asr xristian falsafasida, jon va tana muammosining asosini tashkil etadi. Inson
to‘g‘risida ta’limot yaratishga uringan o‘rta asr xristian faylasuflaridan biri Origendir. Uning
fikricha, inson degan tirik mavjudot jon, qalb va tanadan iborat. Inson joni o‘ziga bog‘liq emas,
chunki u xudo tomonidan in’om etiladi. O‘rta asr xristian falsafasi qadimgi Yunon
antropologiyasiga
xos
antik
ratsionalizmni
qayta
ko‘rib chiqdi. Qadimgi Yunon
antropologiyasining butun diqqat e’tibori, inson axloqi, bilimini ulug‘lashga qaratilgan bo‘lsa,
o‘rta asr falsafasida esa, eng muhim insoniy fazilat, e’tiqod, ishonchga asoslangan inson erki
hisoblanadi. Ya’ni, o‘rta asr sharoitida insonning aql-idroki o‘rniga, erki e’zozlandi. Inson ichki