Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


-MAVZU. GLOBALLASHUV VA GLOBAL MUAMMOLARNING FALSAFIY JIHATLARI



Yüklə 15,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə279/452
tarix28.11.2023
ölçüsü15,64 Mb.
#167693
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   452
Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu

9-MAVZU. GLOBALLASHUV VA GLOBAL MUAMMOLARNING FALSAFIY JIHATLARI
131 
metodlardan foydalaniladi. Mazkur yondashuv ayrim metodlarning kamchiliklarini bartaraf etish 
va prognozlarning ko‘proq darajada aniqligi va ishonchliligini kafolatlash imkonini beradi. 
Ijtimoiy hodisalar va jarayonlarning rivojlanish imkoniyatlarini prognoz qilish natijasi prognoz 
hisoblanadi. U kelajak u yoki bu muammolarining rivojlanishi va ularni echishning mumkin 
bo‘lgan barcha variantlarini, ularning bir-birini istisno etuvchi variantlarini, stixiyali va ongli 
jarayonlarni, ularning vaqt va ko‘lam parametrlarini aniqlash imkonini beradi. Kelajakning 
ijtimoiy prognozlar taklif qilayotgan tavsifining mazmuniga qarab, ular insonni yo unga faol 
intilishga, yo uning yuz berishiga qarshi harakat qilishga, yo uni passiv kutishga da’vat etadi. 
Shu sababli har qanday ijtimoiy prognoz ilmiy bilishga doir mazmunni ham, muayyan 
mafkuraviy vazifani ham o‘zida birlashtiradi. Bunda bilishga doir funksiya ustunlik qilishi ham, 
mafkuraviy funksiya ustunlik qilishi ham mumkin. Turli prognozlarning mazmuni va vazifasidan 
kelib chiqib, ularning to‘rt asosiy tipini farqlash mumkin. 
Qidiruv prognozi – ijtimoiy ob’ektning kelajagi qanday bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatish uchun 
tuziladigan prognoz. U rivojlanish qaysi yo‘nalishda yuz beradi, kelajakning muayyan davrida 
prognoz ob’ektining holati qanday bo‘lishi mumkin, degan savollarga javob beradi. Normativ 
prognoz – boshqaruvni optimallashtirish yo‘llarining oqilona tashkil etilgan tahlili. Bu prognoz 
obrazli qilib «teskari prognoz» deb ataladi, chunki unda o‘rganish teskari yo‘nalishda – 
kelajakdan hozirgi davrga qarab amalga oshiriladi. Normativ prognoz qo‘yilgan maqsadlarga 
erishish yoki qo‘yilgan vazifalarni echish uchun nima qilish mumkin yoki kerak, degan savolga 
javob beradi. Normativ prognozning predmeti sifatida ijtimoiy jarayonlar xususiyatini butunlay 
o‘zgartirishga qodir bo‘lgan g‘oyalar, gipotezalar, farazlar, axloqiy me’yorlar, ijtimoiy ideallar, 
maqsadlar va mo‘ljallar amal qiladi. 

Yüklə 15,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin