Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu
10-MAVZU. MANTIQ ILMINING PREDMETI, ASOSIY QONUNLARI. TUSHUNCHA TAFAKKUR SHAKLI SIFATIDA 141
Mantiq jarayonini turli simvollar bilan ifodalashga intilish Arastu asarlaridayoq
ko‘zga tashlanadi. XVI – XVII asrlarga kelib, mexaniqa va matematika fani
rivojlanishi bilan matematik metodni mantiqqa tadbiq etish imkoniyati kengaya
bordi. Nemis faylasufi Leybnits har xil masalalarni echishga imkon beruvchi
mantiqiy matematik metod yaratishga intilib, mantiqni matematiklashtirishga asos
soldi.
Mantiqiy jarayonni matematik usullar yordamida ifodalash asosan XIX asrlarga
kelib rivojlana boshladi. Bu davrda yashagan rus olimi I. S. Poretskiy, nemis va
ingliz olimlari J. Bul, Fure, Morgan, SHryoder kabilar o‘zlarining asarlarida bu
masalaga oid muhim fikrlarni ilgari surishdi. Hozirgi vaqtda matematik mantiq
metodlari fan va texnikada, kibernetikada tarjimon mashinalarda va boshqa ko‘p
halq xo‘jaligi sohalarida qo‘llanilmoqda.
Mantiq fanining yo‘nalishlari
Formal mantiq - fikrlashning tuzilishi va uning qonunlari haqidagi fandir. Formal
mantiq fikrlashning rivojlanishini, uning takomillashish jarayonini o‘rganishni
o‘zidan soqit qiladi. U fikrlashning mantiqiy tuzilishini, shaklini o‘rganadi.
Insonning fikrlash shakli, tuzilishi turli qonunlarga asoslanadi va ularni keltirib
ham chiqaradi. Mantiqiy shakllarni simvollar yordamida ifoda etish mumkin.
Masalan, «Hamma ziyolilar aqliy mehnat bilan shug‘ullanadilar», «Hamma
kapalaklar hasharotdir» degan fikrlarning mazmuni turlicha bo‘lsada, ularning
tuzilishi, shakli bir xildir. Shuning uchun ularni «Hamma S – R dir» yoki «Hamma
a – v dir», deb ifodalash mumkin.Formal mantiq va klassik mantiq tushunchalari
sinonim tushunchalar bo‘lib,unda muloxazalar ikki qiymatli, ya’ni chin yoki xato
bo‘ladi.
Klassik mantiqdan farq qiluvchi hozirgi zamon mantig‘i turli yo‘nalishlardan
iborat bo‘lib, ular birgalikda noklassik mantiq deb nomlanadi.
Ko‘p ma’noli mantiq hozirgi zamon noklassik mantig‘ining bir tarmog‘i bo‘lib,
fikrlashni «chin», «xato», «qisman chin», «qisman xato», kabi tushunchalar orqali
ifodalaydi. Agar umumiy formal mantiqda mulohazalar ikki qiymatli (chin yoki
xato) bo‘lsa, ko‘p ma’noli mantiqda mulohazalar uch va undan ortiq qiymatlidir.
SHuning uchun bu mantiq «ko‘p ma’noli mantiq» deb yuritiladi. Bu mantiqda eng
oddiy sistema uch ma’nolidir. Masalan, Siz “inson huquqlari deklaratsiyasi”ni
bilasizmi? -degan savolga “ha”, “yo‘q”, “ozgina bilaman ” kabi javoblarni olish
mumkin.
Induktiv mantiq (lot. Intuitio – dikqat bilan e’tibor berish, diqqat bilan kuzatish) –
Hozirgi zamon noklassik mantig‘i tarmog‘i bo‘lib, matematik intuitsiya
prinsiplaridan kelib chiqadi. Bu prinsiplar XX asr olimlari L. E. Brauer va A.
Geytinglar tomonidan ishlab chiqilgan. Ma’lumki, nemis olimi Kantor ishlab
chikqan to‘plam nazariyasi bir necha hal qilib bo‘lmaydigan paradokslarga
uchragandan so‘ng, bu krizisdan qutilish uchun logitsizm, formalizm,
konstruktivizm, intuitsionizm kabi oqimlar paydo bo‘ladi. Bular bunday ziddiyatni
formal mantiq asosida hal qilishga harakat qildilar.