11-MAVZU. MULOHAZA. XULOSA CHIQARISH
161
Xulosaning mazmuni turlicha ifodalanishi mumkin. Ayrim xulosalarda narsa va hodisalar
orasidagi sabab – oqibat aloqadorligi aks etadi. Lekin bu xulosalarda faqat sababiy
bog’lanishlariga aks etadi, degan so’z emas. Masalan, «Qaldirg’ochlar pastlab uchyapti, demak,
ertaga ob-havo o’zgaradi», degan xulosasini olib ko’raylik. Yuzaki qaraganda «Qaldirg’ochlar
pastlab uchmoqda» fikri «Ertaga ob-havo o’zgaradi» xulosasi uchun asosdek bo’lib ko’rinadi.
Aslida bu fikr chuqur tahlil qilinsa, «ob- havoning o’zgarishi» haqidagi fikrga asoslar o’zgacha
ekanligini bilish mumkin. Bunda kuzatilgan hodisaning boshqa hodisalar bilan aloqadorligi
ma’lum bo’ladi: Qaldirg’ochlarning past uchishiga sabab — pashsha-chivinlar. Ular havodagi
namlikning oshganligidan past uchadi, qaldirg’ochlar esa pashsha-chivinlar bilan oziqlanadi.
Demak, pashsha-chivinlar tabiat darakchilari sifatida havoning namligi oshganligidan xabar
bermoqda. Bu o’z navbatida, qaldirg’ochlarni past uchishga majbur qilmoqda. Demak, ertaga ob-
havoning o’zgarishi qaldirg’ochlarning past uchishidan emas, balki atmosferadagi o’zgarishdan,
havodagi namlikning ortishidan kelib chiqishi mumkin.
Birinchi tipdagi xulosalarning chinligini aniqlash mushkul, shuning uchun ham agar xulosalar
vaziyatlar mazmunidan chiqarilgan bo’lsa munozara, bahsga sabab bo’lishi mumkin.
Formal - mantiqiy yo’l bilan chiqarilgan xulosalarda esa asos (asoslar) bilan xulosa orasida
nisbiy barqaror aloqa va munosabatlar mavjud bo’ladi va bu aloqa, munosabatlar mantiq qonun-
qoidalari asosida shakllanadi.
Har qanday xulosa ikki qismdan iborat bo’ladi;
1. Asos yoki asoslar
2. Xulosa
Dostları ilə paylaş: