Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar



Yüklə 15,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə320/452
tarix28.11.2023
ölçüsü15,64 Mb.
#167693
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   452
Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu

Entimema – asoslardan biri 
yoki xulosasi qoldirib ifoda etilgan sillogizm
. Masalan:
Bu baliq - akula.
Demak, bu baliq - yirtqich.
Bu misolda katta asos (Ayrim baliqlar – yirtqich) tushurib qoldirilgan.
Murakkab sillogizm
.
Murakkab sillogizm mantiqda 
polisillogizm 
deb yuritiladi. Polisillogizmlar ikki va undan ortiq 
sodda sillogizmlardan tashkil topadi. Masalan: Sport sog’liqni mustahkamlaydi.
Gimnastika – sport.
Demak, Gimnastika sog’liqni mustahkamlaydi.
Ritmik gimnastika – gimnastika.
Ritmik gimnastika - sog’liqni mustahkamlaydi.
Pollisiologizmning 2 turi mavjud:
a) Progressiv polisillogizm
b) Regressiv polisillogizm.
a) Progressiv polisillogizmda ilgarigi sillogizmning xulosasi yangi sillogizm uchun asos 
vazifasini bajaradi. 
Masalan: San’at qalbni davolaydi.
Teatr – san’at
Demak, teatr - qalbni davolaydi.
Drammatik teatr – teatr.
Demak, Drammatik teatr qalbni davolaydi.
b) Regressiv polisillogizmda ilgarigi sillogizm xulosasi kichik asos vazifasini o’taydi. 
Masalan: Chinor – daraxt
Daraxt - o’simlik.
Chinor - o’simlik
O’simlik – organizm
Chinor – organizm
Organizm – parchalanadi.
Chinor parchalanadi.
Murakkab sillogizmlar a) 
epixeyrema 
va b) 
soritlar 
shaklida namoyon bo’lishi mumkin.
a) Epixeyrema – shunday murakkab qisqartma sillogizmki, uning asoslari entimemalardan 
iborat bo’ladi
. Masalan:
Yolg’on nafratga loyiq, Chunki u axloqsizlik.
Yolg’ondaka maqtov - yolg’on, Chunki unda haqiqat buzib ko’rsatiladi.
Yolg’ondaka maqtov - nafratga loyiq
b) Sorit - qisqartma sillogizmlar yig’indisi. 
Uch - toq son
Hamma toq sonlar – natural son
Hamma natural sonlar – ratsional sonlar.
Uch – ratsional son.
3. 

Yüklə 15,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin