Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu
Anologiya grekcha anologia so’zidan olingan bo’lib, muvofiqlik, o’xshashli ma’nolarini
anglatadi. Analogiya xulosa chiqarishning eng qadimgi uslublaridan biri hisoblanadi. Analogiya
inson tafakkuri taraqqiyotining dastlabki bosqichlaridan boshlab rivojlangan. Analogiya xulosa
chiqarishning shunday uslubiki, muayyan belgining, munosabatning predmetga xosligi haqidagi
xulosa boshqa predmetning belgi va munosabatlariga solishtirish vositasida chiqariladi.
Analogiyada o’rganilayotgan predmet - modelyep, unga xususiyatlari belgilari o’xshagan
predmet - prototip, deb yuritiladi. Masalan:
A predmet a, b, c, d, q xususiyatlarga ega;
V predmet ham a,b,c,d xususiyatlariga ega.
Demak, V predmet q xususiyatiga ham ega bo’lishi mumkin.
Yer va Quyosh solishtirilayapti, deylik. Yerning quyoshga o’xshash elementlari: a) har ikkisi bir
sistemaga kiradi. b) spektral analiz orqali har ikkalasining kimyoviy tuzilishi o’xshashligi
aniqlandi. v) Quyoshda geliy mavjudligi aniqlandi va shu asosda geliy Yerda ham mavjud bo’lsa
kerak, degan xulosa chiqarildi. Keyinchalik bu xulosa geliy elementining kashf qilinishi bilan
isbotlandi.
Analogiya yordamida xulosa chiqarishdan amaliyotda keng foydalaniladi. Masalan: g’o’zadagi
ko’sakka qarab, hosildorlikni aniqlash; ekin zararkunandalariga qarshi kurashning biologik
usulini topish; turli texnik vositalar, moslamalar yasash, kibernetik mashinalarni yaratish va
boshqalarda mantiqiy fikrlashning analogiya usulidan foydalanilgan.
Analogiya yordamida chiqarilgan xulosalar insonning olam haqidagi bilimlarining
chuqurlashuviga xizmat qiladi.
Odatda, analogiya bo’yicha chiqariladigan xulosa ehtimollik xarakteriga ega bo’ladi, uning
haqiqatga qanchalik yakinroq bo’lishi bir qator omillarga bog’liq bo’ladi:
- o’rganilayotgan va solishtirilayotgan ob’ekt mumkin qadar ko’proq umumiy belgilarga ega
bo’lishi;
- bu belgilarning mumkin qadar ko’proq narsa va hodisalar mohiyatidan kelib chiqishi.
Xulosaga asos qilib olingan axborot (belgi, tomon va hokazo)ning xarakteriga ko’ra analogiya 2
ko’rinishda namoyon bo’ladi: