Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


To’liq induksiya shunday induktiv xulosa chiqarish uslubiki, bunda



Yüklə 15,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə322/452
tarix28.11.2023
ölçüsü15,64 Mb.
#167693
1   ...   318   319   320   321   322   323   324   325   ...   452
Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu

To’liq induksiya shunday induktiv xulosa chiqarish uslubiki, bunda 
muayyan turkumga mansub predmetlar haqidagi fikr unga mansub barcha predmetlarni 
beistisno qamrab oladi va ularni chuqur o’rganish orqali chiqariladi
. To’liq induksiyada 
asoslar yig’indisi xulosaga teng bo’ladi. Buni quyidagi sxemada ifodalash mumkin:
S1 – R dir
S2 – R dir
S3 – R dir
S4 – R dir
Demak, S – R dir
Aristotel to’liq induksiyani induktiv sillogizm deb atagan. To’liq induksiya qonunlari Karinskiy 
tomonidan o’rganildi. U o’zining «Hodisalar klassifikatsiyasi» asarida «Biz to’liq induksiya 


11-MAVZU. MULOHAZA. XULOSA CHIQARISH 
168 
yangi bilim bermaydi, undagi bilim ma’lum predmetlar doirasidan chetga chiqmaydi, degan 
fikrga qo’shila olamiz. Bunda yangilik, yangi fikr shundan iborat bo’ladiki, u predmetlar 
turkumini o’zicha xarakterlaydi» - deb ko’rsatadi.
To’liq induksiya xulosasining chinligi quydagi talablarning bajarilishini taqozo etadi:
1. O’rganilayotgan turkumga mansub predmetlar doirasini aniq bilish;
2. U yoki bu xususiyatning shu sinfdagi har bir predmetga taalluqli ekanligini aniqlash;
3. Sinfga, turkumga mansub predmetlar chegarasining aniq bo’lmog’i.
To’liq induksiya xulosasi muayyan turkumga mansub ayrim xulosalarni chuqur o’rganish 
imkoniyatini yaratib beradi. Odatda to’liq induksiyadan isbot talab etiladigan muhokama 
jarayonida foydalaniladi. Masalan: har qanday uchburchak ichki burchaklarining yig’indisi 180* 
ga teng. Bunda o’tkir, o’tmas, to’g’ri burchakli uchburchak nazarda tutiladi.
b) 
Noto’liq induksiya shunday mantiqiy uslubki, unda turkumga mansub pedmetlar 
haqida chiqarilgan xulosa uning tarkibiga kiruvchi barcha predmetlarni qamrab olishi 
shart emas. 
Masalan: suv (N2 O)2 vodorod atomi va 1 kislorod atomidan iborat.
Noto’liq induksiya 
ehtimollik, haqiqatga yaqinlik xarakteriga ega bo’ladi. Masalan: Isitilganda 
azot, kislorod, vodorodlarning kengayishi kuzatiladi. Shu asosda gazlar isitilganda, kengayadi, 
degan xulosaga kelish mumkin. 
Noto’liq induktiv 
xulosa chiqarish 3 ko’rinishda uchraydi:
1) Oddiy sanash orqali induktiv xulosa chiqarish. Bu ommabop induksiya , deb ataladi.
2) Faktlarni tanlash va tahlil etish orqali xulosa chiqarish.
3) Salbiy aloqadorlikni aniqlashga qaratilgan ilmiy induksiya.
4. 

Yüklə 15,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   318   319   320   321   322   323   324   325   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin