11-MAVZU. MULOHAZA. XULOSA CHIQARISH
164
Sodda qat’iy sillogizmda 3 termin mavjud. Bu terminlar katta asosni kichik asosga bog’lash
oroqali yangi fikr (sillogizm xulosasi) ni chiqarish imkonini beradi.
Bular: Katta termin - R
Kichik termin - S
O’rta termin - M
Katta (R), o’rta (M), kichik termin (S) sillogizm xulosasining tarkibiy qismlaridir. Katta termin
(R) deb sillogizmda katta asos tarkibiga kiruvchi va xulosada predikat vazifasini bajaruvchi
terming aytiladi. Kichik termin (S) deb sillogizmda kichik asos tarkibiga kiruvchi va xulosa
sub’ekt bo’lib keluvchi terminga aytiladi. O’rta termin (M) deb sillogizmda katta asosni kichik
asosga bog’lovchi, biroq xulosada ishtirok etmaydigan terming aytiladi. Sodda - qat’iy
sillogizmning tarkibini quyidagicha ifodalash mumkin:
Katta asos: Barcha davlatlar o’z iqtisodiyotining taraqqiy ettirishdan manfatdor.
Kichik asos: O’zbekiston — davlat.
Xulosa: Demak, O’zbekiston o’z iqtisodiyotini taraqqiy ettirishdan manfaatdor.
Mazkur sodda qat’iy sillogizmni quyidagi formula bilan ifodalash mumkin:
Barcha M — R dir.
S — M dir.
Demak, S — R dir.
Sillogizm xulosasi:
a) katta asosdan boshlanlan taqdirda fikr umumiylikdan yakkalikka qarab boradi.
XVII - XIX asr ziyolilari ma’rifatparvarlik g’oyalarini ilgari surdilar
Avaz O’tar o’g’li — XIX asr ziyolisi.
Demak, Avaz O’tar ma’rifatparvarlik g’oyalarini ilgari surdi.
b) kichik asosdan boshlansa, fikr yakkalikdan umumiylikka qarab boradi. Masalan: Suv — jism
Jism — ximiyaviy elementlardan tarkib topgan.
Demak, suv ximiyaviy elementlardan tarkib topgan.
v) Ayrim o’rinlarda fikr yakkalikdan juz’iylikka qarab borishi orqali xulosa chiqarish mumkin.
Masalan:
Baliq jabra bilan nafas oladi.
Baliq — hayvon.
Demak, ayrim hayvonlar jabra bilan nafas oladi.
Dostları ilə paylaş: