Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu
13-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI 195
shaxs uchun o‘z-o‘zini qadrlash na g‘urup-iftixor manbai. Kimki botiniy ozodlikka erishgan
ekan, u taqsir ko‘rgiliklariga bo‘ysunmaydi, qismat zarbalarini mardona kutib olishga tayyor
turadi. Yana bir Qadimgi Rumo axloqshunosi ozod qilingan qul Epiktetdir (50-138 yillar
atrofida). Uning axloqiy qoidalari quyidagicha taqdir muqarrar; aql -idrok axloqning yagona va
ishonchli mezoni; tashqi dunyo ma’budlar irodasiga katiyan bog‘liq ichki dunyo insonning
hukmi ostida; xaqiqiy donishmandning erki shundaki, u o‘ziga bog‘liq bo‘lgan narsalarni o‘zga
bog‘liq bo‘lmagan narsalar bilan chalkashtiri6 yubormaydi; xayotning maqsadi va ma’nosi
shaxsiy ichki erkinlikni anglash va uni qo‘lga kiritish; unga eltadigan yo‘l bitga - ma’budlar
irodasiga so‘zsiz itoatkorlik, ehtiyojda mo‘‘tadillik, beparvolik, sovuqqon aql bilan ish ko‘rish.
Epiktetning fikriga ko‘ra, baxt, xaqiqiy saodat-fazilatda, fazilat esa bytynlay insonning ijodidir,
zero uni inson shakllantiradi. Faylasuf o‘zing yoqtirmaydigan sharoitni o‘zgalarga ravo ko‘rma,
agar qul bo‘lishni istamasang, atrofingda qullika yul berma, degan fikrni ilgari suradi.
SHunday qilib, Qadimgi Rumo axloqshunoslari xam inson hatti-xarakatlari muammosini o‘rtaga
tashlaydi va insonning olamdagi o‘rni xamda xayotning maqsadini belgilashga intiladilar.
Bunday-intilish, ayni paytda, bytyn Qadimgi dunyo mymtoz axloqshunoslariga xosdir. Xullas,
Qadimgi dunyoning mymtoz axloqshunoslari oddiy axloq-odob qoidalari, pand-o‘gitlar va
hikmatlardan tortib, to axloqshunoslik nazariyasi tizimigacha yaratdilar. SHy meros xanuzgacha
o‘z ta’sir kuchini yo‘qotgani yo‘q, hanuzgacha jahon axloqshunosligi ko‘p xollarda o‘sha
tushunchalar va tamoyillarga yangicha yondoshuv asosida taraqqiy etib kelmoqda.
Shu o‘rinda yana bir, xozirgacha etarli e’tibor qilmay kelinayotgan masalaga oydinlik kiritishni
maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz. Bu - Qadimgi YUnon tafakkuri bilan o‘rta acplap musulmon
SHarqi falsafasining - xususan axloqshunosligining bog‘liqligi masalasi. Nima uchun bizning
alloma ajdodlarimiz Qadimgi SHarq, jumladan, Xindi-Xitoy mintakasi mutafakkirlari izidan
emas, Ovro‘palik yunonlar izidan bordilar, Suqrot va Aflotunni o‘rgandilar, ko‘klarga
ko‘tardilar, Arastuni esa eng ulkan ustoz – birinchi muallim deb atadilar?
Gap shundaki, musulmonchilikning asosi tavxidda - yakkaxudolikda.Olloh yagona, uning sherigi
yo‘q va bo‘lishi mumkin emas. Qadimgi Yunon mutafakkirlari aynan ana shu tavxid yo‘lidan
bordilar. Birinchi bo‘lib bu masalani Suqrot aniq o‘rtaga tashladi. U o‘limga maxkum etilganida,
unga yunonlar xudolarini xurmat qilmaganligi, yoshlarni boshka yo‘lga (aslida tavxid yo‘liga)
burib yuborayotgani ayb qilib qo‘yiladi. Suqrotning o‘limi oldidagi so‘nggi gapi xam shuni
tasdiqlab turadi, sikuta ichgach: “Men Uning (ularning emas! -A SH.) yoniga ketyapman!”,
deydi u. SHuningdek, Aflotunning g‘oyalar, olamiy puh emanatsiya xaqidagi fiqplari xam
to‘g‘ridan-to‘g‘ri yakka xudolik masalasiga borib takaladi, lekin Suqrot va Aflotun tavhidni
falsafiy-nazariy nyqtai nazardan isbatlashni uz oldiga vazifa qilib qo‘ymadilar, bunga
urinmadilar. Bu ishni Arastu uddaladi. U uzining mashhur “Metafizika” asarida Xudoning
yakkaligini jismsiz, xech narsa tomonidan xarakatga kelmaydigan, aksincha, birinchi xarakatga
keltiruvchi kuch ekanini nazariy isbotlab berdi. Uni “Oliy shakl” (forma) deb ataydi. Arastu
talqinida Xudo olam va barcha olamiy jarayonlarning maqsadi xisoblanadi, u yuqorida
keltirganimizdek, Oliy tafakkur, tafakkur haqidagi Tafakkurdir.