13-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI 196
O‘rta asrlar, musulmon Sharqi mytafakkirlarining qadimgi YUnon tafakkuriga, xususan,
axloqshunosligiga ulkan e’tiborining taqlidining asl sababi ana shunda.
3. XXI asrda global etosfera (axloqiy muhit)ni yaratishning zaruriyati. Axloqshunoslik hamma davrlarda ham yuksak ahamiyat kasb etib kelgan fan.
Shu o‘rinda Respublikamiz Birinchi Prezidenti Islom Karimovning quyidari qimmat fikrlarini
keltirish joiz: “Aslini. olganda, axloq - ma’naviyatning o‘zagi”, “Inson axloqi shunchaki salom-
aliq xushmuomalalikdagina iborat emas. Axloq - bu, avvalo, insof va adolat tuyg‘usi, iymon,
halollik degani”. Bu fikrlar, bir tomondan, eski tuzumdan qolgan axloqsizlik ko‘rinishlariga
loqayd qarovchilarga va axloqshunoslikni engil-elpi, ikkichi darajali fan sifatida
tushunuvchilarga adolat zarba bulsa, ikkinchi tomondan, axloqning yangi jamiyatimizdagi ulkan
mavqeini xamda axloqshunoslikning jiddiy nazariy tadqiqotlarga suyanishi kerakligini
ta’kidlaydi.
Ana shu yangilanish jarayonida aloqshunoslikning - o‘rni bor. Uning oldidagi demokratik
va xukuqiy davlat barpo etishga kirishgan mamlakatimiz fuqarolarining, ayniqsa, yoshlarning
axloqiy darajasiga mas’ullik va har tomonlama kamol tonran zamon kishisi tarbiyasini nazariy
asoslashdek ulkan vazifalar turibdi. Ularni faqat qadimiy va hap doim zamonaviy bulib kelgan
axloqqa yangicha yondoshuvlar asosidagina amalga oshirsa buladi. Ayni paytda, ularni
axloqshunoslik fani oldida turran vazifalarning bir qismi, ta’bir joiz bulsa, milliy axloqshunoslik
vazifalari deb atash mumkin. Zero fanimizning xozirgi kunda umumjahoniy global
muammolarni hal qilishdek vazifasi xam borki, u haqda alohida to‘xtalmaslikning iloji yo‘q.
Ulardan biri,
eng muhimi sayyoramizda “etosfera” axloqiy davrini yaratish bilan bog‘liq
Ma’lumki , yuzlab asrlar mobaynida inson kichik biologik olam sifatida katta biologik
olam ichida, uning bir narchasi, jonli organizmlar podshosi, oqil va xukmron qismi sifatida
yashab keldi. XX asrning oxiridan boshlab, ayniqsa XX asrdi u o‘z tafakkur quvvati bilan, ilmiy-
texnikaviy inqiloblar tufayli ana shu biosfra ichida noosferani-texnikaviy muhitni yaratdi. Mana,
hozirgi kunda, karang ertalabdan kechgacha biz o‘z texnikaviy kashfiyotlarimiz ichida
yashaymiz-eymiz, ichamiz, yuramiz, uxlaymiz, ularsiz xatimizni tasavvur qila olmaymiz. Bular
metro, avtobusm, televozor, radio, telefon, eskalator, pleyr, kompyuter, poezd, tayyora, teploxod,
gaz plitalari, elektr asboblari, zavrodlar, lokatorlar, kimyoviy dori darmonlar va h.k. Bugun
video telefonda gaplashar ekanmiz, yuzlab chaqirim naridagi suhbatdoshimizni ko‘rish va u
bilan gaplashish uchun ot-ulovda yoki piyoda boradigan bo‘lsak necha kunlab yo‘l bosishimiz
kerakligi haqida o‘ylab o‘tirmaymiz, to‘g‘rirog‘i bu esmizga ham kelmaydi. CHunki texnika
bizning yashash muhitimizga aylanib qolgan.
Faqat bugina emas. Inson endilikda o‘zi yashayotgan butun boshli sayyoraga ta’sir ko‘rsata
boshlaydi. Yer tarixida inson birinchi marta ulkan biologik kuch bo‘lib maydonga chiqdi.
Insoniy tafakkur harakat biosferadagi o‘zgarishlarning asosiy sababiga aylandi. Bu haqda
neosfera ta’limoti asoschilaridan biri buyuk rus olimi V.I.Vernadskiy shunday degan edi:
“Bugun geologik davr mobaynida yaratilgan, o‘z muvozanatlarida barqarorlashgan biosfera
inson ilmiy tafakkuri bosimi ostida tobora kuchliroq va teranroq o‘zgarishga kirishdi... Aftidan
inson ilmiy tafakkuri harakatining bu tomoni tabiiy hodisa bulsa kerak.. Hozir biz biosferadagi
yangi geologik evolyusion uzgaripsharni boshdan kechiryapmiz. Biz noosfraga kirib
boryapmiz”. Ammo noosfera faqat ijobiy emas, balki salbiy hodisa sifatida ham namoyon
bo‘lmoqda. Atom, vodorod, neytron bombalarining kashf etilishi, yadro kallakli ballistik
raketalarning yaratilishi ana shunday salbiy hodisalardandir. Bundan tashqari, noosferaning