13-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI 197
vujudga kelishi atmosferani, olamiy okeanni, er osti va er usti suvlarini, nabototni, hayvonotni,
xatto insonni ich-ichidan kimyoviy zaharlanishga olib keldi. Hozirgi kunda tirik
organizmlarning, o‘simliklarning, hayvonlarning ko‘pgina turlar jisman yo‘q bo‘lib ketish
arafasida turibdi. Ayniqsa joy topolmay okeanda, kemalarda suzib yurgan radioaktiv
chiqindilarki ularning kimsasiz go‘zal orollarga ko‘mib tashlanishi, kislota yomg‘irlarini
ko‘payib borishi singari hodisalar bag‘oyat xatarli. Afsuski, inson bila turib o‘zi o‘tirgan shoxga
bolta urishni to‘xtatmayotir. Bu muammolarning hal etilishi faqat atrof-muhitni kimyoviy
zahardan ekologik tozalanishigina emas, balki, eng avvalo, global ma’noda, XX asr kishisi
ongini texnokratiya zaharidan forig‘lantirishni taqozo etadi. Ya’ni, ular insoniyat oldida
endilikda ekologik hodisa emas, balki tom ma’nodagi axloqiy muammolar sifatida ko‘ndalang
bo‘lib turibdi. Mashhur avstriyalik etolog olim, Nobel mukofoti laureati Konrad Lorens:
“Yoppasiga va tez yoyilib borayotgan jonli tabiatga begonalashish hodisasining asosiy sababi
sivilizatsiyamiz kishisidagi estetik va axloqiy to‘poslikdir”, degan suzlari shu nuqtai nazardan
ayni haqiqat.
Yuqorida aytilganlardan chiqadigan xulosa bitta: kelajakda inson o‘zini va o‘z sayyorasini
muqarrar halokatdan kutqapaman desa - XX asrdan boshlab etosfera davriga o’tishi kerak;
axloqiylik har birimiz uchun har qadamda bugungi texnikaviy muhit kabi zaruratga
aylangandagina bunga erishish mumkin. Bunda axloqshunoslik fanining o‘rni g‘oyatda beqiyos.
4. Etikaning kategoriyalari, tamoyillari, me’yorlarining shaxs va jamiyat munosabatlarida namoyon bo‘lishi Avval biz axloqiy hissiyotlarni axloqiy anglash uchun muayyan ma’noda material ekani
to‘g‘risida birrov to‘xtalib o‘tgan edik. Bu xamda mumtoz faylasuflar xam e’tiborga sazovar fikr
bildirganlar. Chunonchi, buyuk ingliz mutafakkiri Jon Lokk, tushunchada nimaiki bor ekan, u
bundan avval hissiyotda mavjud bulgan, deb. ta’kidlaydi. “Tabiat qonuni borasidagi tajribalar”
asarida u shunday deb yozadi “Agar hissiyotdan aqlga narsalar qiyofasi etkazib berilmasa, u
xolda tafakkur uchun xech qanday material berilmagan buladi va aql bilishni tarakkiy ettirishi
borasida tosh, yog‘och, kum va xokazo qurilish materiallarisiz me’mor bino kurishda qanchalik
ish qila olsa, shunchagina ish bajara biladi”. Aqlni ideallashtirish, hissiyotni ikkinchi darajali
omil sifatida talqin - etish, afsuski, Lokkga unga o‘xshash ba’zi mutafakkirlar, fikrlarini hisobga
olmaslik keyingi davrlarda, ayniqsa, kuchaydi. Xegel singari faylasuflar esa bugun borliqni
mantiqiylashtirish yo‘lidan bordilar. Lekin XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, Farb
allomalari bu yo‘lning ko‘p jixatdan yanglash ekanini angladilar. XX asr mutafakkirlari, puhiy
tahlil falsafasidagi yangi froydchilik oqimining atoqli namoyandalaridan biri Karl Yung shunday
deb yozadi “g’arb kishisi” ruhiy (“psixologik”), so‘zini eshitganida, uning uchun “u shunchaki
ruxiy” tarzida jaranglaydi. Uning uchun “psixe” - qalb qandaydir, achinarli darajada kichik,
e’tiborga noloyiq, shaxsiy, sub’ektiv v.h.. SHu sababli “ruh” (qalb) o‘rniga “aql” so‘zini ishlatish
ma’qul ko‘radi...” Boshqa bir o‘rinda “... barcha metafizik muloxazalar uchun ijodiy zamin
aynan qalbning (ma’naviylikning) ko‘zga ko‘rinmas, etishib bo‘lmas tarzdagi inikosi
hisoblangan ongdir...”, degan fikrni bildiradi. Darxaqiqat, “yurak va aql”, “hissiyot va ong”
bahsida Farb, ayniqsa, bizning XX asrda, so‘zsiz, birinchilikni aqlga, ongga beradi. Yuqoridagi
kabi fikrlar istisnoli xollardir. Shu bois axloqshunoslik nuqtai nazaridan muxabbat xaqida gap
ketsa, uni xissiyot, deb yana buning ustiga, ta’riflash qiyin bulgan tuyg‘u, deb ataydilar va uni