Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu
13-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI 201
o‘tkinchilik xususiyati, ma’lum ma’noda eskirganligi aybdordir. Zero vijdon ko‘zga ko‘rinmas,
lekin ulkan va mutlaq aybsiz axloqiy xodisadir.
Ko‘pincha vijdon tushunchasi o‘rnida iymon iborasini uchratish mumkin. Iymon aslida diniy
tushuncha. Lekin xayotda vijdon tushunchasining sinonimi tarzida ishlatiladi. Masalan, kimnidir
birov “iymonli odam” deganida, uning musulmonlikka iymon keltirgan-keltirmagani xaqida
o‘ylab o‘tirmaydi, buning ustiga, u odam musulmon emas, nasroniy bulishi xam mumkin.
Chunki gap bu erda o‘sha odamning dindorligi xaqida emas, balki vijdonli, xalol, rostgo‘y
ekanligi to‘g‘risida ketyapti. SHu ma’noda vijdon bilan iymonni egizak deyish mumkin.
Afsuski, odatda, ko‘pchilik adabiyotlar vijdon mezoniy tushunchasiga “sub’ektgiv” hodisa
tarzida karab adolat, burch, nomus singari tushunchalarni unga karaganda ijtimoiy ahamiyatliroq
deb baholash, ularni, “turga chiqarish” hollari tez-tez uchrab turadi. Vaholanki, vijdonsiz
odamdan hech qachon adolatni ham, burchga sadokatni ham, or-nomusni ham kutish mumkin
emas. Vijdonli odamlargina haqiqiy erkin, demokratik fuqarolik jamiyatini yarata oladilar. Zero
vijdon, eng avvalo, o‘zgalarga nisbatan burch va mas’uliyatni taqozo etadi.
Yana bir muhim mezoniy tushuncha - burch. Burch, mohiyatan, jamiyat, davlat va shaxslarga
nisbatan muayyan individdagi munosabat, ular oldidagi majburiyat. U yuqorida aytganimizdek,
vijdon, e’tiqod mas’uliyat kabi tushunchalar bilan mustahkam bog‘liq. Umuman, hayotda
insonning har bip xatti-harakati zamirida burch tushunchasi - burchga sadokat- yoki xiyonat
yotadi. Burchning insonlik burchi, musulmonlik burchi, nasroniylik burchi, farzandlik burchi
singari keng kamrovli, barcha davrlar uchun umumiy bulgan tushunchalari ham, jurnalistlik
burchi, shifokorlik burchi, olimlik burchi kabi kasbiy odob doirasidagi tushunchalari ham
mavjud. Burch tushunchasining o‘ziga xos jihatlaridan yana biri-uning vaqt va jamiyatda
muayyanlashish xususiyati.
Harbiylashgan va o‘ta mafkuraviylashgan, yani yagona mafkura hukmronlik qilgan jamiyatlarda
esa burch omma hamda shaxs hayotida fojeiy hodisaga aylanadi. O‘ta ustalik bilan yo‘lga
qo‘yilgan targ‘ibot natijasida bunday jamiyatlar a’zolari oqni-qora, qorani - oq deb qabul
qiladilar. Buni umumbashariy milliy qadriyatlarni oyoq osti qilgan beshafqat sho‘rolar
sotsializmi yoki fashistlarning milliy sotsializmi yaqqol isbotlab berdi. YUz minglab, hatto
millionlab odamlar aldandilar, keyinchalik, uzoq yillar mobaynida vijdon azobida yashadilar.
Demak, jamiyat qurishda totalitarchilikka yo‘l ko‘yilishi o‘sha jamiyat a’zolarini burchni
noto‘g‘ri tushunishga va buning oqibatida axloqsizlikka olib keladi.
Shuni ham aytish kerakki, ba’zi hollarda burch shaxsning ko‘pgina mayl-istaklariga qarshi
boradi uni huzur halovatdan turmush lazzatlaridan mahrum etadi. Masalan, Furqat
mustamlakachilar mafkurasiga xizmat qilganida, uning hayoti rohat-farog‘atda kechishi mumkin
edi. Lekin u Vatan oldidagi, millat oldidagi burchni deb muhojirlikning og‘ir qismatiga duchor
buldi uni muctamlakachilar mamlakat xududidan chiqarib yuborib, qayta kiritmadilar. Furqat
xorijda vafot etdi. Ba’zan burch tufayli odamlar o‘z sevgisidan, jon-dilidan cevgan kishisidan
kechishga ham majbur buladilar
Mezoniy tushunchalardan yana biri - nomus. Nomus tushunchasi bir tomondan, burch bilan
bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi jihatdan, qadr-qimmat tushunchasiga aloqudor. Zero nomus mohiyatan