MUSTAQIL TA’LIM MASHG’ULOTLARI
Talaba portfoliosini yaratish bo‘yicha tavsiyalar
338
O‘z talabangizga kelajakda yordam berish uchun nimalar qilmoqchisiz?
«Portfolio» materiali qanchalik aniq va mantiqan to‘g‘ri tashkil etilgan?
«Talaba» o‘z portfoliosini qanchalik mustaqil yaratdi?
«Portfolio»ni tuzishda sizdan tez-tez maslahat oldimi?
«Portfolio»ni tuzishda o‘zi mustaqil qanday materiallar
va texnologiyalardan
foydalangan?
Talaba portfoliosini taqrizchi tomonidan baholashda yuqorida keltirilgan savollardan
asos sifatida foydalanish mumkin.
Yuqorida ta’kidlanganidek, talaba portfoliosini yaratishning turli xil yo‘llari va usullari
mavjud. U albatta ta’lim yo‘nalishi yoki fanning xususiyatiga
hamda portfolioning
davomiyligiga (boshlanish va tugash vaqtiga) bog‘liq bo‘ladi.
Eng muhim va asosiy maqsad, talabani o‘zining
shaxsiy ishlarini, yutuq va
kamchiliklarini o‘zi ob’ektiv
tahlil qila olishga, imkoniyat va qobiliyatlarini ko‘ra olishga,
qiyinchiliklarni engish va yanada yuqoriroq yutuqlarga erishish yo‘llarini mustaqil aniqlay
olishga o‘rgatishdan iborat. Bunday holda talabaning o‘quv jarayondagi o‘z
faoliyatiga
mas’uliyati yanada ongli ravishda kechadi. Bu erda ota-onalar va xolis taqrizchilarning faol
ishtirok etishlari juda muhim hisoblanadi. Natijada talabaning ma’lum soha bo‘yicha ta’lim
olishdagi ob’ektiv rivojlanishi o‘qituvchiga ham, talabaning o‘ziga
ham yaqqol namoyon
bo‘ladi. Talabaning fan bo‘yicha bilimini, qobiliyatini, intilishlarini va kelajakdagi rejalarini
xolisona va to‘g‘ri baholash sharoiti yaratiladi. Talabada o‘ziga ishonch yuzaga keladi.
Dostları ilə paylaş: