Seminar mashg`ulotlari, maslahatlar, amaliy mashg`ulotlar, ilmiy seminarlar va kollakvium o`tkazish Reja


A X B O R O T N I E S L A B Q O L I SH



Yüklə 36,01 Kb.
səhifə2/3
tarix12.04.2023
ölçüsü36,01 Kb.
#96901
1   2   3
A X B O R O T N I E S L A B Q O L I SH

1.Ma’ruza, doklad. Eshitganimizning 5 foizi;


2.O‘qish. O‘qiganimizning 10 foizi;
3.Video, rasm, ko‘rgazmalarni ko‘rish. Ko‘rganimizning 20 fo-izi;
4.Tajribani namoyish qilish. Ko‘rgan va eshitganimizning 30 foizi;
5.Munozara. Birga muhokama qilganimizning 40%;
6.Mashq. O‘qigan, yozgan, gapirganlarimizning 50%;
7.Ishbilarmon o‘yini, loyiha usuli. Mustaqil o‘qigan-larimizning, tahlil qilganlarimizning, muhokama, himoya va yoz-ganlarimizning, namoyish qilganlarimizning 75 foizi;
8. Boshqalarni o‘qitish. Boshqalarni o‘qitgan narsalarimizni 90 foizi.
Boshqayangi axborotni qabul qilar ekanmiz, avvalgi axborot xotiradan ko‘tarilib ketadi. Axborotlar nihoyatda xilma-xil bo‘lib, inson har kuni o‘z hayotida qabul qiladigan axborotlar miqdori turlicha bo‘lib, xotirada saqlanib qolish jihatidan bir-biridan farq qiladi.
Psixologlarning fikricha, axborotni xotirada uzoq saqlab qolish uchun, u go‘yoki miyamizdafiltrdan-boshqacha aytganda elakdan o‘tishi, saralanishi, go‘yoki xotira qurilmasiga o‘tkazilishi kerak ekan. Axborotlar saralanib, oxir-oqibat alohida u yoki bu tomoni bilan ajralib turadiganlarigina xotiraga o‘tar ekan.
Uzoq muddat xotirada qoladigan axborotlarga quyidagilarni kiritish mumkin:
• Nihoyatda qiziqarliligi, jo‘shqinligi va boshqa shu kabi xususiyatlari bilan ajralib turuvchi axborotlar;
• Tasavvur, his-tuyg‘u va shu kabi bir-birini eslatadigan o‘zaro bog‘lanishdagi axborotlar;
• Inson tomonidan tushunib, mohiyatiga etilgan axborotlar;
• Faollik bilan qabul qilingan, o‘rganilgan, masalan, takrorlanib turadigan axborotlar.
YUqorida aytib o‘tganimizdek, olimlarning ilmiy tadqiqoti ko‘rsatadiki, oddiy inson odatda axborotlarni quyidagicha o‘zlashtirar ekan:
20% eshitganini xotirada saqlab qoladi;
30% ko‘rganini o‘zlashtiradi;
50% eshitish va ko‘rish orqali bilib oladi;
70% o‘zi tushunib gapirgani, eshitgani va ko‘rgani natijasida o‘zlashtiradi;
100% shu ishni bajarishi, gapirishi, eshitishi va ko‘rishi or=ali o‘zlashtiradi.
Lekin bilimni o‘zlashtirish bilan bir qatorda uni yodda saqlash, undan foydalanish, takrorlab turish muhim ahamiyatga ega. Olingan bilim undan foydalanilmasa, takrorlab turilmasa xotiradan ko‘tariladi. Xalqimiz bejiz aytmagan ”Takrorlash-bilimning onasidir” deb.
Olingan bilimdan foydalanib takrorlab turish, yodda saqlash yoki undan foydalanmaslik, takrorlamaslik oqibatida olingan bilim (faol) aktiv bilim zahirasi yoki passiv (sust) bilim zahirasiga aylanadi.
Olingan axborot filtrdan o‘tgach qisqa muddat yodda saqlanadi. Qisqa muddat yodda qolgan bilim ikkinchi filtrdan o‘tgach, shu bilimni yodda saqlash, foydalanish, takrorlash tufayli aktiv (faol) bilim zahirasiga aylanadi.
Agarda bu bilimlardan foydalanib, takrorlab turilmasa, passiv (sust) bilim zahirasiga aylanadi va bora-bora xotiradan ko‘tariladi. Bilimni takrorlash tufayli yoddan ko‘tarilishini oldini olish mumkin. Bulardan shunday xulosa chiarish mumkin: talabalarning eng avvalo, o‘quv materialini o‘zlashtirishi, yodda qolishi uchun olinadigan axborotni iloji boricha eshitish va ko‘rish orqaligina emas, balki o‘zi gapirishi, o‘z faoliyatida sinab ko‘rish orqali etkazish katta ahamiyatga ega ekan. Bunga erishishning yo‘li seminar darslarini turli-tuman uslublar orqali olib borishdir.
Aynan seminar darsida talabalar ma’ruza, kitob, jurnal va xokazolar orqali olgan axborotlari, bilimlarini tushungan holda gapirib berish, uni modellashtirish asosida sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Seminar darsini o‘tkazishda qo‘llanadigan uslublar turli-tuman bo‘lib, u yoki bu uslubni tanlash, avvalo o‘rganilayotgan fanning xususiyatiga; ikkinchidan, esa o‘tilayotgan mavzuga; uchinchidan, seminar darsida qo‘yilgan maqsadga; to‘rtinchidan, tanlangan uslubni qo‘llash imkoniyatiga bog‘liq.
Hozirgi paytda iqtisodiyot nazariyasi fanini o‘rganishda nisbatan keng qo‘llaniladigan uslublardan ekspert savol-javob savollar tizimiga asoslangan muhokama, seminar mashg‘uloti rejasi bo‘yicha atroflicha suxbat, modellashtiruvchi o‘yin, doklad va referatlarni muщokama qilish, masala, mashq, test echish va ularning natijasini muhokama qilish va boshqalarni ko‘rsatish mumkin.
Seminar mavzusi ma’ruza mavzusi bilan bir xil bo‘lishi shart emas. Ayrim paytlarda mavzu savollarini ma’ruzada ko‘tarilsa, ayrimlarini seminarda muhokama qilish mumkin. Xozirgi paytda shunday tajribaamal qiladiki, ma’ruzada ko‘rilgan mavzu albatta seminarda ham muhokama qilinadi. Lekin ma’lum sharoitda seminar darsi va uning mavzusiga boshqacha yondoshish mumkin. Aytaylik, mustaqil o‘rganish uchun turli adabiyotlar, boshqa axborot manbalari mavjud bo‘lsa, seminarda mustaqil o‘rganilgan mavzuni muhokama qilish mumkin. Ayniqsa mavzuni o‘rganish uchun vaqt etishmagan paytda bunday usul qo‘l keladi.
Seminar darsini muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun eng avvalo asosiy va qo‘shimcha adabiyotlarni sinchkovlik bilan o‘rganib chiqish zarur. Adabiyotlarni o‘rganish dars jarayonida talabalarning diqqatini qaratish lozim bo‘lgan masalalarni alohida ajratish, mavzuni qaysi usul asosida o‘rganishni rejalashtirish va darsga tayyorlanish imkonini beradi. Ayniqsa auditoriyada jonlanish, muhokama qilish munozaraga sabab bo‘ladigan savollar qo‘yilganda yuz beradi. Natijada mavzuni chuqurroq o‘rganishga yordam beradi.
SHuning uchun ham bunday savollarni tayyorlash muhim ahamiyatga ega. Mavzuning mazmunini o‘zlashtirishni chuqurlashtirishning eng oddiy yo‘li bu savollarni murakkablashtirish hamda alohida savollardan savollar tizimiga o‘tish orqali amalga oshirish mumkin.
Bu esa qo‘yilgan savollarga javob berish, muammoni, savolni muhokama qilish jarayonida vujudga kelgan muammoli vaziyatni o‘rganib, uni echish imkoniyatini beradi. Masalan, iqtisodiyot nazariyasining bosh muammosi nima? degan savol qo‘yilgan. Bu erda talaba iqtisodiyot nazariyasi fanining bosh muammosi - resurslarning cheklanganligi sharoitida cheksiz extiyojlarni qondirish muammosi - deb javob berishi mumkin.
Ana shu savolni boshqacha savollar tizimi asosida qo‘yish mumkinki, natijada talabalar qo‘yilgan masalani chuqurroq tushunishiga olib keladi. Uni aytaylik, quyidagicha savollar tizimi asosida qo‘yish mumkin: Iqtisodiyot nazariyasining bosh muammosi nima? Nima sababdan bu muammoni bosh muammo deb ataymiz? Sizningcha iqtisodiyotda yana qanday muammolar bor? Ana shu savollar tizimiga javob berish jarayonida talabalar uni chuqurroq o‘rganib olishadi: iqtisodiyot nazariyasining bosh muammosi resurslarning cheklanganligi sharoitida cheksiz extiyojlarni qondirish muammosi ekanligi, uning bosh muammo bo‘lishiga sabab, bu muammo iqtisodiyotdagi barcha muammolarni o‘z ichiga qamrab olishi ekanligidir. Ularga misol qilib, bir necha muammolar: tanlash muammosi, har bir uy xo‘jaligi, firma, davlatning oldiga qo‘ygan maqsadi va unga erishish muammosi va hokazolarni ko‘rsatish mumkinki,ularning barchasi resurslarning cheklanganligi bilan bog‘liqdir.
Mavzuni o‘rganishni chuqurlashtirishga savol shaklini o‘zgartirib, uni murakkablashtirish orqali erishish mumkin. Aytaylik iqtisodiyot nazariyasining bosh maqsadi nima va uni nimaga bosh muammo deyiladi?Sababini ko‘rsating? degan tarzda qo‘yish mumkin. Talabalarni mavzuni u yoki bu kategoriyani qay darajada tushunganlarini sinash va puxtaroq tushunishlari uchun javoblarini talabalar bilan birgalikda muhokama qilish asosida mini -test o‘tkazish usulini qo‘llash mumkin. Seminar darsining talabalar tomonidan bilim, iqtidor, nutq so‘zlash, boshqalar fikriga tanqidiy qarashni talab etadiganuslublaridan munozara bo‘lib, u murakkab.
O‘qituvchi seminar darsi o‘tishga xozirlik ko‘rar ekan, seminar mashg‘uloti rejasiga binoan darsni qanday, qaysi uslublarni qo‘llab o‘tkazadi. Qanday kыrgazmali qurollar, tarqatiladigan materiallardan foydalanadi? Avvoldan rejalashtirib, zarur materiallarni tayyorlab qo‘yishi kerak. Seminar darsiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazishni quyidagi namunaviy seminarda ko‘rib chiqamiz. Mazkur seminar darsi o‘tishga doir uslubiy ko‘rsatmalar dars o‘tishga tayyorgarlik ko‘rishni rejalashtirish va o‘tkazishga yordam beradi.
Namunaviy seminar mashg‘uloti
Mavzu: Sotsial - iqtisodiy ehtiyojlar va ishlab chiqarish.
Darsning maqsadi: sotsial-iqtisodiy ehtiyojlar va ularning tarkibiga turli jihatdan yondoshish; ehtiyojlarni shakllanishida axborotning rolini anglash; resurslarning cheklanganligi sharoitida cheksiz ehtiyojlarni qondirish muammosi iqtisodiyotning bosh muammosi ekanligini tushunib etish; tanlov va qaror qabul qilish muammosi, qaror qabul qilishning muqobil variantlari va mezonlarini ishlab chiqishni o‘rganish; qaror qabul qilish uchun axborotning ahamiyati naqadar katta ekanligini anglash.
Mavzu bo‘yicha seminar mashg‘ulotiga tayyorlanish uchun zarur bo‘lgan adabiyotlar ro‘yxati tuziladi.
Darsda yoritilishi lozim bo‘lgan asosiy tayanch tushunchalar va atamalar:
Individual ehtiyoj, moddiy ehtiyoj, umumjamiyat ehtiyoji, ma’naviy ehtiyoj, shaxsiy va ishlab chiqarish ehtiyoji, guruxiy ehtiyoj, muqobil qiymat, ishlab chiqarish imkoniyati.
Dars o‘tish uchun zarur jihozlar:
doska, bo‘r, latta;
proektor, slaydlar, flomaster, kitob, gazeta-jurnallar.
Dars o‘tishda foydalaniladigan ko‘rgazmali qurollar (slayd yoki vatman qog‘ozga chizilgan bo‘lishi mumkin yoki dars davomida doskaga chizish mumkin):
• ehtiyojlar va resurslar tarkibining tasnifi berilgan sxema;
• imkoniyat egri chizig‘ini ifodalovchi grafik.
Tarqatiladigan materiallar:
• ishlab chiqish imkoniyati egri chizig‘i modeli tasvirlangan grafik asosida masalalar, darsda beriladigan topshiriqlar;
• qaror qabul qilish setkasi.
Amaliy darsida muhokama qilinadigani savollar va ularga ajratilgan taxminiy vaqt:
Tashkiliy qism 5-8 minut


Yüklə 36,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin