1.1. Sertifikatlashtirish va muvofiqlikni tasdiqlash sohasidagi tushunchalarni mohiyati
Muvofiqlikni baholash, mahsulot, jarayon, tizimga nisbatan o‘rnatilgan talablarni shaxslar yoki idoralar tomonidan baholashni amalga oshirishni bajarilishini tasdiqlash zaruriyati bilan bog‘liqdir. Muvofiqlikni tasdiqlash mahsulot, jarayon, tizim, shaxslar yoki idoralarni xalqaro, hududiy yoki milliy standartlarga tegishli me’yoriy hujjatlarga muvofiq bayon qilingan talablarning bajarilishini kafolatlashda xizmat qiladi (1.1-rasm).
Xalqaro standartlar hamma tomonlama uyg‘unlashtirish va darajali tan olinishi savdoda texnik to‘siqlarni bartaraf etish va raqobatni rivojlantirishning samarali vositalaridan biridir. Fan-texnikaning shiddatli rivojlanishi, ishlab chiqarish va iqtisodiy tizimlarini yagona iqtisodiy siyosat asosida o‘zaro bog‘langan holda rivojlanishi hamda xalqaro savdo-sotiqni kengaytirishda muvofiqlikni baholash tizimi va bajariladigan jarayonlarni birxillashtirish zaruriyati yuzaga kelmoqda. Shuni tasdiqlab o‘tish kerakki, barcha tizimlar va muvofiqlikni baholash jarayonlarida hamma qiziquvchi tomonlarni jalb qilish, ochiq-oydinlik va savdoda ortiqcha to‘siqlarni yaratmaslik, xaq-huquqlarini cheklamasligini ko‘zda tutib maqsadli harakat qilinishi kerak. Shu maqsadda dunyo bo‘yicha tan olingan standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkiloti barcha mamlakatlar, ya’ni rivojlanayotgan davlatlar uchun ham muvofiqlikni baholash tizimida qator xalqaro standartlarni amaliy aniqlab bergan.
Muvofiqlikni baholashning asosiy tamoyillari ISO/MEK 60 xalqaro qo‘llanmasida aniqlab berilgan. Muvofiqlikni baholash faoliyatida qatnashuvchi barcha tashkilotlar jumladan, muvofiqlikni baholash va akkreditlashtirish bo‘yicha idoralar quyidagi shartlarni bajarishlari lozim:
o‘z faoliyatini xalqaro standartlar va ISO/MEK qo‘llanmalariga asoslashi;
o‘zining texnik layoqatligini ushlab turish, ya’ni muvofiqlikni baholash natijalarini tan olishni soddalashtirish va mahsulot, jarayon, tizim, shaxs yoki idoralarni o‘rnatilgan talablarga muvofiqligini yetarli darajada kafolatlashi;
barcha maxfiy ma’lumotlarni himoyalashi;
o‘z faoliyatini kasbiy halollik bilan amalga oshirishi, axloq-odob tamoyillariga rioya qilish va kamsitmaslikka qaratilgan tarzda va tomonlarni barcha nizolaridan o‘zini chetga olishi;
adolatli va samarali tarzda tezkorlik bilan ishlashi, arizani ko‘rib chiqishi va baholashni bajarishi;
shikoyat yoki apellyasiya holatlarini ko‘rib chiqishda adolatli va samarali tarzda, tezkorlik bilan to‘g‘rilovchi amallarni amalga oshirishi zarur;
muvofiqlikni baholash, muvofiqlik guvohnomasini berish haqidagi tasdiqlovchi qaror yoki uni rad etilishi, bekor qilish, to‘xtatish va faoliyatga chek qo‘yish bo‘yicha faoliyatlari haqidagi yozuvlarni yuritish hamda saqlashi;
barcha arizachilarga taklif etilayotgan xizmatlar va uning uchun to‘lov shartlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim qilishga tayyorligi hamda beriladigan sertifikatlar, akkreditlash sohasi va hokazolar to‘g‘risida ma’lumotlar mavjudligi;
o‘zining layoqatliligini muvofiq mexanizmlardan (masalan, akkreditlash, ekspert baholash) foydalanish yo‘li bilan namoyish qilishi;
muvofiqlikni baholash jarayoni haqida muvofiq hujjatlashtirilgan ko‘rsatma bilan hisobotni, zaruriyat bo‘lsa, aniqlangan nomuvofiqliklarni yoki talab qilingan to‘g‘rilovchi amallarni arizachiga taqdim etishi;
muvofiqlik belgisidan foydalanilgan holatlarda bu belgi bilan bog‘liq bo‘lgan noto‘g‘ri foydalanishlardan himoya qilish uchun qo‘llash qoidalari yoki shartlarini ta’minlashi;
rivojlanayotgan mamlakatlar ishtiroki bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni va rivojlangan mamlakatlar faoliyati natijalaridan foydalanishni hisobga olish.
Boshqa asos soluvchi ISO/MEK 17000 xalqaro standarti bo‘yicha muvofiqlikni baholash bu «mahsulot, jarayon, tizim, shaxs yoki idoralarga berilgan talablarni bajarilishini asoslashi yoki isbotlashi» bo‘lib hisoblanadi deb ifodalanadi. Bunda muvofiqlikni baholash deganda, shunday faoliyat turlari ya’ni sinov, nazorat, muvofiqlikni tasdiqlash hamda muvofiqlikni baholash bo‘yicha akkreditlangan idoralar tushuniladi. Sinov laboratoriyalari, sertifikatlashtirish bo‘yicha idoralar va nazorat idoralari hamda muvofiqlikni baholash bo‘yicha idoralarni akkreditlash idoralarning muvofiqlikni baholash bo‘yicha amalga oshirilayotgan faoliyatlari muvofiqlashtiriladi. «Muvofiqlikni tasdiqlash» jarayoni «arizani (sertifikat ko‘rinishida rasmiy hujjat yoki muvofiqligi to‘g‘risida daklaratsiya), ob’yektni tekshiruvdan so‘ng belgilangan talablarni bajarishini isbotlanganligi to‘g‘risidagi qaror qabul qilinganligi asosida berish» sifatida ifodalangan jarayondir.
ISO/MEK 17000 standarti bo‘yicha akkreditatsiya bu «muvofiqlikni tasdiqlovchi uchinchi tomon, muvofiqlikni baholash bo‘yicha idoraga tegishli bo‘lib, muvofiqlikni baholash bo‘yicha muayyan topshiriqlarni bajarish uchun uning layoqatliligini rasmiy isbotlashda xizmat qiladi».
Muvofiqlikni tasdiqlash xalqaro savdoni rivojlanishida ko‘maklashish ahamiyatiga molikdir. Lekin, majburiy sertifikatlashtirish sertifikatlashtirishning texnik to‘siqlarida ma’lum bo‘lishi mumkin. Texnik to‘siqlarni bartaraf etish savdoda muvofiqlikni tasdiqlash bo‘yicha ishlar natijalarini o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi kelishuvni osonlashtiradi, ya’ni mamlakatlar soniga bog‘liq holda, boshqa tomonlar faoliyati natijalarini bir tomonlama, ikki tomonlama va ko‘p tomonlama tan olish bo‘lishi mumkin.
Tan olish bo‘yicha kelishuv, ya’ni boshqa tomonlama taqdim qilingan muvofiqlikni baholash tizimlarida o‘rnatilgan funksional elementlarining bir nechtasi yoki bittasini qo‘llashdan olingan bir tomonli natijalarni qo‘llash asosida kelishuv deb yuritiladi.
Bu muvofiqlikni tasdiqlash natijalarini tan olishning mazmuni umumiy natijalarga aloqadorlik, nafaqat sinovga (sinov bo‘yicha kelishuv) yoki faqat nazoratga (nazorat bo‘yicha kelishuv) sifatida tan olish mumkin. Tan olish bo‘yicha kelishuv xalqaro, xududiy va milliy darajalarda yakunlanadi.
Bir tomonlama kelishuv bir tomon ishlarining natijalarini ko‘p tomonli qabul qilishdan iborat bo‘ladi. Ikki tomonlama kelishuv mazmuni, o‘zaro tan olish bo‘yicha kelishuv bo‘lib, u har bir tomon ishlari natijalarini boshqa tomonlar qabul qilinishini qamrab oladi. Ko‘p tomonlama kelishuv bu ishlar natijalarini ikki tomondan ko‘proq o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi kelishishdir.
Oxirgisiga aloqador kelishuv, ya’ni standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditlashtirish bo‘yicha Yevroosiyo doirasida davlatlararo kengashi 1992 yilda MDH mamlakatlarining hukumatlari Kelishuv qabul qilishdi.
Tarifsiz to‘siqlar va ularni bartaraf etish yo‘llari bilan bog‘liq muammolar Savdoda texnik to‘siqlar (STT) bo‘yicha Kelishuvda o‘z aksini topdi. Sertifikatlashtirish sohasida to‘siqlar Kelishivida muvofiqlikni baholash va baholash natijalarini tan olish jarayonlari masalalariga to‘xtalib o‘tildi. Ichki tovarlarni ishlab chiqarish uchun va import qilinayotgan mahsulotlar uchun eng maqbulidan kam bo‘lmagan tartib yaratishi lozimligining umumiy tamoyillari Kelishuvida ifoda etilgan.
O‘zbekiston uchun sertifikatlashtirish milliy tizimida BSTga qabul qilish yo‘li bo‘yicha harakatiga imkon beruvchi STT/BST o‘rnatilgan qoidalar qabul qilindi va buning uchun asosiy bandlardagi quyidagi masalalarni hal qilinishi lozim:
xalqaro muvofiqlikni tasdiqlash tizimlarida va mahsulot muvofiqligini baholash sohasidagi muammolar bilan shug‘ullanuvchi xalqaro tashkilotlar ishlarida qatnashish;
muvofiqlikni tasdiqlash va sinov natijalarini o‘zaro tan olish to‘g‘risida xorijiy mamalakatlar milliy idoralari bilan kelishuvlarni kiritish;
O‘zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimidagi sertifikatlashtirish idoralari va sinov laboratoriyalarini xorijiy akkreditlashtirish;
sertifikat va sinov bayonnomalarini o‘zaro tan olish bo‘yicha xorijiy milliy idoralar va mahalliy idoralarni o‘zaro kelishuvini tuzish;
akkreditlash bo‘yicha milliy idora xalqaro kelishuvda ya’ni (sertifikatlashtirish idoralarini akkreditlashtirish bo‘yicha xalqaro form) va ILAC (laboratoriyalarni akkreditlashtirish bo‘yicha xalqaro konferensiya) ga to‘la huquqli a’zo sifatida bo‘lishi.
Sertifikatlashtirishning asosiy tashkiliy va uslubiy tamoyillari quyidagilar bo‘lib hisoblanadi:
sertifikatlashtirish ob’yektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ishonchliligini ta’minlash;
xorijiy murojaatchilarga munosabat bo‘yicha kamsitish, huquqlarini chegaralashni istesno qilish;
murojaatchining sinov laboratoriyasi va sertifikatlashtirish idoralarini tanlash huquqi;
sertifikatlashtirish ekspertlari va qatnashchilari javobgarligi;
sertifikatlashtirish natijalari yoki muvofiqlik sertifikati (belgisi) muddatini tugashi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aniq va ravshanligi;
sertifikatlashtirish ob’yekti xususiyatlarini, uni ishlab chiqarish va iste’molini hisobga olib ko‘p qirrali va mohirona sinov usullari;
sertifikatlashtirish faoliyatida qo‘llanmalar va xalqaro ISO/MEK turkumli standartlar, EN 45000 turkumli Yevropa normalari va boshqa xalqaro hujjatlardan foydalanish;
O‘zbekistonda qatnashuvchi turli xil kelishuvlar asosida xorijiy akkreditlangan sertifikatlashtirish idoralari va sinov laboratoriyalarini, muvofiqlik sertifikati va belgisini tan olish;
savdo sirlaridan tarkib topgan ma’lumotlar maxfiyligiga rioya qilish;
zaruriyat bo‘lgan holatlarida sertifikatlashtirish ishlariga iste’molchilar jamiyatini jalb qilish.