Sertifikatlashtirishning iqtisodiy samaradorligi kirish Sertifikatlashtirishni organlari va tartibi


Muvofiqlik sertifikati va xavfsizlik nazoratiga umumiy yondoshuvlar



Yüklə 134,04 Kb.
səhifə3/10
tarix24.12.2023
ölçüsü134,04 Kb.
#191853
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
(G ulomova) (1)oy

1.2. Muvofiqlik sertifikati va xavfsizlik nazoratiga umumiy yondoshuvlar
Deyarli, butun dunyoda mahsulotning xavfsizligi nazorat tekshiruvidan o‘tkaziladi. Xavfli mahsulotlar nazorati va shuningdek uni sertifikatlashtirish alohida davlatlarda hududiy doirada davlat hamkorligi va xalqaro darajada BMT, ISO, MEK va boshqa tashkilotlar amalga oshiradi.
Dunyo amaliyotida mahsulot, jarayonlar, xizmatlarning xavfsizlik nazoratini ta’minlash sohasida ishlarning asosiy rivojlanish istiqbollari quyidagilarga bog‘liq:

  • iste’molchilar huquqini davlat himoyasiga o‘tishini, mahsulotlar, jarayonlar, xizmatlar xavfsizligiga, atrof-muhit va jonivorlarni himoyalash hamda import va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar xavfsizligini samarali nazorati tizimini yaratish;

  • mahsulot turi, atrof-muhit va aholi uchun xavflarni yuzaga chiqishini qonuniy aktlar bilan qamrash maqsadida xavfsizlik sohasida milliy qonunchilikni ketma-ket kengashtirish;

  • iqtisodiy hamkorlikda rivojlanayotgan davlatlar mahsulotlarni ishlab chiqarish xavfsizligi sohasida o‘zaro qabul qilgan qonuniy aktlarni ketma-ket uyg‘unlashtirish;

  • mahsulotga standartlar, texnik shartlar va boshqa me’yoriy hujjatlar va sertifikatlashtirishda uni o‘rnatilgan me’yorlarga muvofiq tasdiqlashda samarali vosita sifatida xavfsizlik talablari va me’yorlarini o‘rnatish sohasida barcha ishlarni jadal rivojlantirish.

Dunyo amaliyotida mahsulotlar, jarayonlar, xizmatlar xavfsizligini ko‘plab nazorat usullari va jarayonlarini turli xil idoralar (tashkilotlar) bajaradi. Bu mahsulot xavfsizligi va sifati nazorati bo‘yicha faoliyatni buyurtma mahsulot qabul qilish va mahkamaviy tekshiruv, sanitar-gigiyenik nazorat davlat idoralari, standartlarga rioya qilish ustidan davlat nazoratlarini milliy iste’molchi tashkilotlar bajaradi. Muvofiqlikni tasdiqlashning umumiy ko‘rinishi 2-rasmda keltirilgan. Rasm muvofiqlikni baholash tizimida qanday faoliyat turlarini akkreditlashtirish mavjudligini anglatadi.
Deklaratsiyani qabul qilish uchun deklarantni akkreditlash talab qilinmaydi. Ayni vaqtda deklaratsiya asosida qoida sifatida baholash natijasi kiradi, ya’ni akkreditatsiya talab qiluvchi masalan, sertifikatlashtirilgan sifat menejmenti tizimi yoki mahsulotni sinashda akkreditlangan laboratoriyalar. Ro‘yxatga olish jarayoni deganda muvofiqlik reyestriga baholash ob’yektini ro‘yxatga kiritish tushuniladi. Masalan, akkreditlovchi idora chop etayotgan sertifikatlashtirilgan mahsulotlar reyestri bo‘lib milliy sertifikatlashtirish idorasi va bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish idorasi yoki akkreditlangan laboratoriyalar reyestrlari hisoblanadi.
Barcha rivojlangan davlatlar uchun mahsulotlar, jarayonlar va xizmatlar xavfsizligi nazoratiga quyidagicha yondoshuv tavsiflanadi.

1.3 - rasm. Muvofiqlikni tasdiqlash turlari.


Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni xavfsizligi uchun ma’suliyatli xususiy biznes an’analarini murakkabligi rivojlanish va xavfsizlik, uni tekshirish, sinash va yaroqsiz qilish sohasida taraqqiy etgan yaxshi qonunchilik mavjudligidan ishlab chiqaruvchilar umid qilishadi. Davlat nazorat idoralari yalpi tekshiruvni o‘tkazishmaydi, balki faqat adolatsiz ishlab chiqaruvchilar munosabatlari bo‘yicha sotuvchi tomonlar yoki uning vakili murojaat qilganida sud tartibida kerakli choralarni qabul qiladi.
Qoida sifatida muayyan mahsulot turi xavfsizligi talofat holatlari haqidagi, bu mahsulot tarkibini ilmiy tadqiqot materiallari, talofat holatlari va mahsulotning me’yoriy tavsiflarini majburiy yuritish va uning xavfsizligiga ta’sirlar imkoniyatlariga ish doirasi jamoatchilik statistik ma’lumotlar o‘rganilib hamda ularga tayanib amaldagi qonunchilikni yuritish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Bu bo‘yicha bir qancha davlatlarning mahsulot guruhi va muayyan turiga talablarni aniqlovchi (mahalliy va import) mahsulot xavfsizligi to‘g‘risidagi alohida qonunlar bo‘lib, turli xil davlatlarda mahsulot nomenklaturasi bo‘yicha mos kelmaydi.

Yüklə 134,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin