Kurs ishining maqsadi – iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatlarining samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda bitiruv malakaviy ishining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
mehnat bozorining mohiyati va ijtimoiy-iqtisodiy mazmunini yoritib berish;
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatlari shakllanishning mezon va ko‘rsatkichlarini tasniflash;
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlarining asosiy vazifalari va yo‘nalishlarini aniqlash;
Qashqadaryo viloyatida mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini tahlil etish;
Qashqadaryo viloyatida “Aholini ish bilan ta’minlash Davlat dasturi” asosida malakali kadrlarni tayyorlash holatini tahlil etish;
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatida axbort tizimlarini joriy etish yo‘llarini aniqlash;
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatlarining samaradorligini baholash usullarini tasniflash;
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatlarining samaradorligini oshirish mexanizmlari bo‘yicha ilmiy asoslangan xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi.Ishning tarkibi, uning maqsadi va vazifalariga muvofiq: kirish, mavzuning asosiy mazmuni va mohiyatini ifodalovchi oltita paragrafdan iborat ikkita bob, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
Kurs ishining birinchi bobda mehnat bozorining mohiyati, ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati va asosiy vazifalari aniqlangan. SHuningdek, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatlarini kompleks baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari hamda ularning faoliyati asosiy maqsad va vazifalari tadqiq qilingan.
Kurs ishining ikkinchi bobda Qashqadaryo viloyat Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyati va “Aholini ish bilan ta’minlash Davlat dasturi”ning bajarilish holati tahlil etilgan hamda uning faoliyatida axbort tizimlarini joriy etish yo‘llari aniqlangan.
Kurs ishining uchinchi bobda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatlarining samaradorligini baholash usullari tasniflanib, ular faoliyatining samaradorligini oshirish mexanizmlari ilmiy-amaliy jihatdan tadqiq etilgan.
Kurs ishining yakuniy qismida xulosalar va tavsiyalar bayon etilgan.