4. Matematik funksiyalardan foydalanish.
Excel da hisoblashlarni bajarish uchun turli funksiyalardan foydalaniladi. Shundan 50 tasi matematik funksiyalardir. Misol tariqasida berilgan sonning (argumentning) kvadrat ildizini hisoblaydigan funksiyani ishlatamiz. Buning uchun vositalar panelidagi belgiga, yoki [Вставка] menyusining [ Функция] bandiga murojaat qilish kerak bo‘ladi. Natijada hosil bo‘lgan muloqot panelining Категория bo‘limidan Математические bandi, Функция bo‘limidan esa Корень bandi tanlanadi (6-rasm).
6-rasm. 7-rasm.
So‘ngra OK tugmasini bosib, quyidagi oynaga ega bo‘lamiz (7-rasm):
Hosil bo‘lgan oynaning Число maydoniga, masalan, 121 conini yozib, natija sifatida 11 ga teng qiymatga ega bo‘lamiz. 6-rasmda ko‘rsatilgan boshqa funksiyalar qiymatini hisoblash uchun ham xuddi shunday yo‘l tutiladi.
Dostları ilə paylaş: |