6. Bir yacheykada yozilgan ma’lumotni boshqa yacheykalarga ham nusxalash.
Vaqtni tejash va ishni osonlashtirish maqsadida bir xil ma’lumotni har bir yacheykada yozib o‘tirmasdan, bitta yacheykada yozib, qolganlariga nusxalab qo‘ya qolish ham mumkin. Buning uchun ma’lumot kiritilgan yacheykaning pastki o‘ng burchagi sichqoncha ko‘rsatkichi bilan ilintirilib, (sichqoncha chap tugmasini bosib, qo‘yib yubormagan holda) belgilangan manzilgacha sirpantiriladi va qo‘yib yuboriladi.
Misol. C1 yacheykadan boshlab C2, …,C5 yacheykalarga mos ravishda 1,3,5,… kabi toq sonlarni yozish talab qilinsin.
Buning uchun dastlab C1ga 1 sonini kiritib, C2 da: “=C1+2” formulani yozamiz va bu formulani yuqoridagi usul bilan C5 ga qadar ko‘chiramiz (9-rasm).
9-rasm 10-rasm.
Dostları ilə paylaş: |