8. Ma’lumot bilan to‘ldirilgan jadval sohasini belgilab olish.
Tayyor holatga kelgan hujjatni printer orqali qog‘ozga chiqarish uchun zarur bo‘lgan sohani belgilab (ajratib) olish kerak bo‘ladi. Buning uchun dastur oynasining vositalar panelidagi (обрамления) tugmachasiga murojaat qilinadi (12-rasm).
11-rasm 12-rasm
9. Tayyorlangan jadvalli ma’lumotni diskka yozib qo‘yish.
Barcha ishlar bajarilib bo‘lingach, hujjatni fayl ko‘rinishida diskka yozib qo‘yish kerak bo‘ladi. Buni menyu rejimida: “Файл” menyusiga kirib, “Cохранить” bandi tanlanadi va hosil bo‘lgan so‘rov oynasining “Имя” satriga fayl nomi teriladi va Enter bosiladi; klaviatura rejimida: [Ctrl]+[S]; 3-usuli: vositalar panelidagi (disk) belgisi ustiga sichqoncha chap tugmasi bosilib, hosil bo‘lgan so‘rov oynasi uchun yuqoridagi ishlar bajariladi.
Dostları ilə paylaş: |