Fazoni idrok qilish - forma, kattalik, ob’ektlarni joylashishi, ularning re’lefi va yo`nalganligini idrok etishda ifodalanadi. Fazoni idrok etish kuchini, teri tuyush va muskul harakat organlari asosida yuzaga keladi.
Vaqt idrok etish – ob’ektiv vaqtni, uning tezligi va ritmini aks etishidir.
Harakatni idrok etish - ob’ektiv fazodagi joylashishi va o`zgarishini aks etishi bo`lib, bunda ko`rinishi va kinetik analizator muhim ahamiyatga ega.
Idrokning sifati bu tezligi, aniqligi va to`laligi. Idrokning sifati tashqi omillarga bog`liq bo`lib, bunga narsa va hodisalarni sifat, turgan joyi, organi faktorlarga – sezgi organlari va nerv sistemasining holati, sub’ektiv faktorlar – bilim, tasavvur, qiziqish va tafakkur rivojlanishi bilan bog`liq.
Idrokning o`ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iboratdir:
a) Predmetliligi
b) Yaxlitliligi
v) Strukturaliligi
g) Konstantligi
d) Mantiqiyligi
e) Tanlanganligi
Predmetlilik – bu ob’ektivlashtirish akti bo`lib, u tashqi olamdan olingan ma’lumotlarni o`zida mujassamlashtiradi.
Yaxlitlik – predmetlarni u haqidagi ma’lumotlarni jamlagan holda yaxlit idrok etishi.
Strukturalilik (tizimlilik)- bu predmetlarni sezgilar yig`indisi sifatida emas, balki bu sezgilar asosida predmet strukturasini ma’lum bir vaqt oralig`ida shakllanuvchi uning elementlari orasidagi borliqni idrok etishdir.
Konstantlilik - idrok etilgan predmet xususiyatlarini doimiyligidir, o`zgarmsligidir.
Mantiqiylik – anglangan holda idrok etish, ya’ni predmetni aniq guruh, sinfga kiritgan holda umumlashtirish.
Tanlanganlik – ko`p ob’ekt ichida boshqalar bilan solishtirilganda konkret ob’ekt fondan ajratilishidir.
Idrokda appertseptsiya hodisasi yuzaga keladi (Nemis psixologi G.Leybnits tomonidan kiritilgan). Bu idrokni mazmunini olingan bilimlar, malakalar, qarashlarga insonni atrofga bo`lgan munosabatiga bog`liqligida ifodalanadi.
Idrokda alohida hodisalar – illyuziya, gallyutsinatsiya va subsensor idroklar.
Illyuziya - sezgi organlarimizga bevosita ta’sir etib turadigan narsa va hodisalarni noto`g`ri yoki buzib idrok etishdan iborat psixik hodisa. Illuyuziya hodisasi ko`ruv, eshituv, harakat idroki kabi - sohalarga xosdir. Ularni jismoniy, fiziologik va psixologik sabablar keltirib chiqarishi mumkin jismoniy sababga misol: stakandagi choyga solingan qoshiqni siniq deb idrok qilish. Fiziologik sabab: ko`zimizning tagiga yon tomondan barmog`imizni bir oz botirsak ko`rib turgan predmetimiz ikkilanadi. Psixologik sabab kontrast natijasida notugri ko`rinish oq fondagi kulrang doimo qora fondagidan ko`ra to`qroq ko`rinadi.
Gallyutsinatsiya alaxsirash, bosinqirash, valdirash real voqealikdagi narsa va hodisalarning analizatorga bevosita ta’sirisiz ongimizda turli obrazlarning xayoliy ravishda paydo bo`lishidan iborat psixopatologik hodisa.
Subsensor idrok – miyaga his etish organlari orqali etib keladigan signallarni inson tomonidan ongsiz ravishda idrok etilishi va qayta ishlanishidir.