§. O’zbekiston Respublikasida mustaqilpul tizimining joriy qilinishi
Ma’lumki, har bir davlat o’zining pul tizimiga ega bo’ladi. O’zbekistonning mustaqil davlat sifatida ajralib chiqishi uning mustaqil pul tizimiga ega bo’lishi taqozo qildi. Mustaqil pul tizimini tashkil topishining 1 bosqichi 1993 yildan boshlab «so’m-kupon»larning muomalaga chiqarilishi hisoblanadi. O’zbekiston pul tizimini qurishning ikkinchi bosqichi - 1994 yil iyuldan boshlab milliy valyuta «so’m»ning muomalaga chiqarishi bo’lib, u O’zbekiston tarixidan juda katta ahamiyatiga ega.
Yoar bir davlatning pul tizimi ma’lum elementlaridan tashkil topadi va qonun asosida yuqori davlat organlari orqali boshqarib boriladi.
O’zbekiston Respublikasi pul tizimi elementlari bo’lib, qo’yidagilar hisoblanadi:
pul birligining nomi;
pul birligining turlari - qog’oz va metall pullar;
ularni muomalaga chiqarish qoidalari;
pul, kredit, valyuta boshqaruvini amalga oshiruvchi davlat organlari;
naqd pulsiz to’lov oboroti va kredit pullar (chek, veksel) muomalasini olib borishda davlat tomonidan belgilangan shartlar;
milliy valyutani chetga olib chiqishi va chetdan olib kelish qoidalari;
xalqaro hisob-kitoblarni tashkil qilish asoslari;
milliy valyutani chet el valyutasiga almashtirish tartibi va davlat tomonidan o’rnatilgan valyuta kursi.
Alohida olingan davlatning pul tizimi o’z xususiyatlariga ega bo’lib, uning elementlari u yoki bu tomoniga o’zgarishi mumkin.
Pul tizimi ijtimoiy hayotning ko’zgusi hisoblanadi desak xato bo’lmasa kerak. Shuning uchun ijtimoiy ishlab chiqarish jarayoni pul tizimini ob’ektiv talablar, ya’ni pul tizimining yagona bo’lishi, pul birligi qiymatining doimiyligi va pul muomalasining talabga qarab o’zgarib turishi kerakligini qo’yadi.
Sobiq SSSRning davlat sifatida tarqalib ketishi markazlashgan pul tizimining ham tugashiga olib keldi. Natijada ba’zi respublikalar rublni o’z milliy valyutasi sifatida ishlatib turgan holda o’z pul siyosatini olib bordi. Estoniya, Latviya, Litva, Ukraina birinchi bo’lib rubl zonasidan chiqib o’z milliy valyutasini qabul qilishdi. Keyinchalik Ozarboyjon, Qirg’iziston va Moldaviya respublikalari bu yo’nalishni davom qildirdilar. Rubl tizimida vujudga kelgan tartibsizliklar, milliy valyutalar va kuponlarning muomalaga chiqarilishi, yagona pul-rubl zonasining tugatilishiga, uning har xil kursga ega bo’lishiga olib keladi.
1992 yil oxiriga kelib Rossiyada tovarlar bahosining oylik o’sishi 25-30 foizgacha ko’tarildi. Moskva valyuta birjasida rublning nominal qiymati bir dollarga 125 rubldan, dekabr 1992 yilda 485 rublgacha, mart 1993 yil 1 dollar 660 rublgacha tenglashdi. Pul qadrini tushishi, naqd pul etishmovchiligiga, oxirgi esa ish xaqi, nafaqalarni to’lashda qiyinchiliklar bo’lishiga olib keldi. SSSR mavjudligining oxirgi banklar to’g’risidagi qonunga asosan davlat banki o’rniga Markaziy bank, mustaqil davlatlarda Markaziy (yoki milliy) banklar tashkil qilindi.
Sobiq Sovet ittifoqi davlatlari valyutalari aprel 1993 yil
Respublikalar
Pul birligi va uning kursi
Armani ston
Rubl
Azarbaydjon
Manat va rubl (1manat=10 rubl)
Belarus
Rubl va B. Rubli (1 B. Rubli=10 rubl)
Estoniya
Krona (8 kron=1 nemes markazi)
Gruziya
Rubl va kupon
Qirg’iziston
Som (3 may 1993 yildan)
Latviya
Latviya rubli (130 l.r. = AQSh dollari)
Litva
Talonlar (505 talon = 1 AQSh dollari)
Moldaviya
Rubl va kupon
Rossiy
Rubl
Tojikiston
Rubl
Turkmaniston
Rubl
Ukraina
Korbonavets (1 korbonavets=0,3 rubl)
O’zbekiston
Rubl va so’m kupon
Rossiya Markaziy banki pul emissiyasi bilan bog’liq bo’lgan operatsiyalarni bajarish huquqini o’z qo’liga oldi. Undan tashqari davlat pul belgilarini bosib chiqaruvchi muassasa Rossiyada joylashgan edi. Mustaqil davlatlar Markaziy banklarning pul muomalasini olib borish bo’yicha harakatlari cheklangan edi. Natijada pul taqchilligi yuzaga keladi va u alohida olingan respublikalarda har xil darajada namoyon bo’ldi. Masalan, Rossiya Markaziy banki muomalaga chiqargan pullarda Rossiyaning salmog’i 1991 yil dekabrida 64 foizini tashkil qilgan bo’lsa, 1992 yil iyuniga kelib emissiyasining 77 foizi Rossiyani naqd pul bilan ta’minlashga yo’naltirilgan. Qolgan barcha respublikalarni naqd-pul bilan ta’minlashgan uchun muomalaga chiqarilgan pullarning faqat 23 foizigacha sarflangan, ya’ni boshqa respublikalar ehtiyojini pul bilan ta’minlash salmog’i tushib ketgan. Masalan,
Belorussiya, Gruziyaning salmog’i 3 foizdan 1,5 foizgacha, Ukraina va Boltiqbo’yi respublikalarining salmog’i yanada ko’proq qisqargan. O’zbekistonda ham pul resurslari taqchilligi naqd pulga bo’lgan talabning qondirilmaganligida namoyon bo’lgan. Shu iqtisodiy tanglik sharoitida pul tizimini shakllantirish bo’yicha mustaqil davlatlar oldida ikki alternativ yo’l turardi.
Yagona pul tizimi zonasi - rubl zonasida qolish va yagona pul siyosatini olib borish;
O’z milliy valyutasini muomalaga chiqarib o’z pul tizimiga ega bo’lish va qo’shni mamlakatlar inflyatsiyasidan o’zini himoya qilish;
Pul taxchilligi davom qilayotgan va Rossiya rubllari barqaror bo’lmagan sharoitda pul taqchilligini yo’qotish maqsadida ko’pgina respublikalar, jumladan, O’zbekiston ham mustaqillikning birinchi yillarda pul tizimini shakllantirishning loyihasini tuzdi, yuqorida ta’qidlaganimizdek, muomalaga kupon talonlar chiqarildi va keyinchalik O’zbekiston o’zining milliy valyutasini muomalaga chiqardi. O’zbekiston milliy valyutasi-so’mning muomalaga chiqarilganiga qariyb o’n yilcha vaqt o’tdi va u pul sifatida barcha jarayonlarda ishlatilib kelmoqda.
O’zbekiston milliy pul tizimining asosiy elementi bo’lmish so’m jamiyat manfaatlariga xizmat qiladi. Shuning uchun pul tizimining asosiy vazifasi milliy pulimizning qadrini mustahkamlashdan iborat. Bu juda mas’uliyatli va oson bo’lmagan vazifa. O’zbekistonning o’z iqtisodini bozor talablariga mos ravishda rivojlantirishga qaratishi, bozor iqtisodiga o’tishda O’zbekistonning o’ziga xos xususiyatlariga ega ekanligi milliy valyutaning barqaror bo’lishini taqozo qiladi.
Yoozirgi kunimiz, iqtisodimizning rivojlanishida amalga oshirilayotgan iqtisodiy jarayonlar, katta qurilishlar va moliyalashtirishlar O’zbekiston iqtisodiy mustaqillikka erishish uchun to’g’ri yo’l tanglaganini ko’rsatib turibdi. Zero mustaqil pul tizimiga ega bo’lmasdan iqtisodiy jihatdan mustaqil davlat bo’lish mumkin emas.