Sh. Abdullaeva pul, kredit va banklar


§. Xalqaro hisob-kitoblarni tashkil qilish asoslari



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə31/52
tarix05.05.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#108127
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   52
Sh. Abdullaeva pul, kredit va banklar

§. Xalqaro hisob-kitoblarni tashkil qilish asoslari

Bozor iqtisodi sharoitida tijorat banklari nafaqat mamlakat ichkarisida, balki boshqa mamlakatlar bilan ham turli xil operatsiyalarni olib boradilar. Tijorat banklarining boshqa mamlakatlar bilan olib boruvchi operatsiyalari ularning xalqaro operatsiyalari deb yuritiladi. Tijorat banklarining xalqaro operatsiyalari o’z ichiga xalqaro savdoda ishtirok kiluvchilar o’rtasidagi munosabatlarni, ssuda kapitali bozorida investitsiya faoliyatini yurituvchi, turizm, xorijiy qimmatli qog’ozlarni sotib olish va sotish, valyutani ayirboshlashi chek, veksel, inkassatsiya uchun bank aktseptlarini kabul qilish bilan shugullanuvchi mijozlar tomonidan talab qilinadigan xizmatlarni o’z ichiga oladi.
Xalqaro operatsiyalardan bankka tushadigan daromadning eng asosiy qismini kredit berishdan tushadigan daromadlar tashkil qiladi. Xalqaro savdoni bank tomonidan kreditlash tovar va tovar hujjatlarini garovga olish asosida kredit berish, veksel bo’yicha va aktsept kreditlarni, bank ssudalarini berish shaklida amalga oshiriladi. Tashqi savdoni kreditlashning yangi shakllariga lizing, faktoring va forfetirlash kabilarni kiritish mumkin. Urta va uzoq muddatli xalqaro bank kreditlari evro-kredit shaklida ham beriladi.
Banklarning xalqaro operatsiyalarining yana bir turi bu banklarning valyuta operatsiyalari hisoblanadi. Bankning bir valyutani boshqa valyutaga almashtirish bilan bog’liq xalqaro operatsiyalari valyuta operatsiyalari deyiladi. Ularni amalga oshirish zaruriyati mavjudligining asosiy sababi xalqaro savdo, xalqaro kredit va xizmatlar bo’yicha hisoblashishlarda yagona to’lov vositasiga ega bo’lish zarurligi hisoblanadi.
Turli xil valyuta operatsiyalari yig’indisi jahon ssuda kapitali bozorining asosiy qismlaridan biri bo’lgan valyuta bozorini hosil qiladi. Valyuta bozorida xorijiy valyutaga talab va taklif mujasamlashtiriladi. Taklif sotilgan tovar va xizmatlari uchun daromad olgan eksporterdan, talab esa sotib olingan tovar va xizmatlarni to’lash uchun xorijiy valyutaga muhtoj importerlardan kelib chiqadi. Valyuta operatsiyalari asosini tovaralar va xizmatlar, kapital va kreditlarning xalqaro harakati tashkil etadi.
Valyuta bozorida operatsiyalarni alohida olingan banklar, kompaniyalar va jismoniy shaxslar amalga oshiradilar. Birja ichida va undan tashqaridagi valyuta bozorlari bir-biridan farq qiladi. Valyuta operatsiyalarining ko’pchiligi birjadan tashqaridagi bozorlarda tijorat banklari orqali amalga oshiriladi.
Banklar bir-biri bilan (bevosita yoki brokerlar orqali), mijozlari bilan valyuta operatsiyalarini xalqaro banklararo valyuta bozorida va birjalarda olib boradi. Valyuta shartnomalarining asosiy qismi xalqaro banklararo valyuta bozorida tijorat banklari o’rtasida imzolanadi.
Valyuta cheklashlari yo’q yoki sezilarli bo’lmagan davlatlarda (AQSh, Yaponiya, GFR, Buyuk Britaniya, Gonkong, BAA va boshk.) valyuta muomalalarini ixtiyoriy bank amalga oshirishi mumkin. Milliy valyuta konvertirlanmagan davlatlarda valyuta operatsiyalarini faqatgina davlat ruxsat bergan banklar amalga oshiradi.
Bankning valyuta bozoridagi faolligi bankning yirikligiga, uning obro’yiga, xorijiy bo’limlari va filiallari tarmoklarining rivojlanganlik darajasiga, EXM bilan ta’minlanganligiga, telefon va telegraf aloqalarining rivojlanganligiga bog’liq. Valyuta operatsiyalarining asosiy qismi yirik tijorat banklariga to’g’ri keladi. Ular nafaqat valyutani sotadi va sotib oladi, xalqaro hisob-kitoblarni bajaradi, balki xorijiy valyuta zahiralarini saqlaydi va valyuta kurslarini aniqlaydi. Boshqa banklar ularga katirovka yuzasidan murojaat qiladi va o’z mijozlari uchun valyutani sotib oladi.
Ko’pchilik mamlakatlarda (Yaponiya, GFR, Frantsiya, Italiya, Avstraliya, Niderlandiya) yaxshi taraqqiy qilgan maxsus valyuta birjalari mavjud. 70-yillardan boshlab fond va tovar birjalarida valyuta bilan savdo qilish tarqalgan.
Banklar tomonidan valyuta operatsiyalari bankning o’z hisobiga yoki mijozlar hisobiga amalga oshirilishi mumkin. Valyuta operatsiyalari xorijiy valyutada ifodalangan naqdsiz to’lov vositalari: bank depozitlari, cheklar veksellar, o’tkazmalar hisobiga amalga oshiriladi. Naqd xorijiy valyutasi hisobiga amalga oshiriladigan operatsiyalar hajmi ancha kichikdir.


  1. Yüklə 0,65 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin