Banklar bajaradigan funktsiyalar, ulaming bajaradigan vazifalariga
shug’ullanuvchilar (masalan, biz bu sohada Londonda bank ishini ilk bor rivojlantirgan Chayld nomli puldorni aytishimiz mumkin) va savdogarlardan kelib chiqqaniga qarab turli xil bo’lishi mumkin. Bu bobda biz banklarga taalluqli bo’lgan umumiy funktsiyalar to’g’risida gapirib o’tmoqchimiz. Keyingi boblarda biz alohida-alohida olingan holda birinchi va ikkinchi zveno banklarining funktsiyalari to’g’risida fikr yuritamiz.
Shunday qilib, bank tizimi miqyosida olib qaraydigan bo’lsak, banklar quyidagi funktsiyalarni bajaradi:
vaqtincha bo’sh turgan mablag’larni yig’ish va kapitalga aylantirish;
kredit munosabatlarida vositachilik qilish;
to’lov jarayonlarida vositachilik qilish;
muomalaga kredit vositalarini chiqarish.
Xalq xo’jaligidagi vaqtincha bo’sh turgan mablag’larni yig’ish va ularni kapitalga aylantirish - banklarning ilk funktsiyalaridan biri hisoblanadi. Bu funktsiyaning amalga oshirilishi natijasida bir tomondan, huquqiy va jismoniy shaxslar jalb qilingan mablag’lari bo’yicha ma’lum miqdorda daromadga ega bo’ladilar, ikkinchi tomonidan bu mablag’lar banklarning kreditlash qudratini tashkil qiladi va shu resurslarga asoslangan holda banklar ssuda operatsiyalarini olib boradi.
Vaqtincha bo’sh pul mablag’lar banklar ishtirokisiz bir korxona (tarmoq) tomonidan ikkinchi korxona (tarmoq)ga vaqtincha foydalanishga beriladigan bo’lsa, bu munosabatlarni tashkil qilishda ma’lum qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin:
birinchidan, kreditga so’ralayotgan summa bilan kreditga berilishi mumkin bo’lgan summa o’rtasida nomutanosiblik bo’lishi mumkin;
ikkinchidan, ortiqcha bo’sh mablag’ga ega bo’lgan korxonaning mablag’larni vaqtincha foydalanishga beradigan muddati mablag’ zarur bo’lgan korxonani qoniqtirmasligi mumkin;
uchinchidan, banklar ishtirokisiz korxonalami to’g’ridan-to’g’ri kreditlashda qarz beruvchi qarz oluvchi korxonaning moliyaviy ahvolini to’liq o’rgana olmasligi mumkin. O’arz oluvchining to’lovga layoqatsiz bo’lishi kreditor korxonaning ham moliyaviy ahvolining yomonlashuviga va boshqa salbiy hollarga olib kelishi mumkin.
Xalq xo’jaligidagi barcha bo’sh mablag’larning bank tomonidan yig’ilishi natijasida vujudga keladigan kredit resurslar hisobidan qarz oluvchi korxonaga zarur bo’lgan summada, zarur bo’lgan muddatda kredit berishga imkoniyat yaratiladi. Undan tashqari, bank korxonalarning to’lovga layoqatliligini har tomonlama tahlil qilishi ularning moliyaviy ahvolini yaqqolroq baholab bera olishi mumkin.
Iqtisodiy rivojlanishining o’sishi bank kreditining qo’llanilish ko’lamini kengaytirib boradi. Kredit faqatgina har kunlik faoliyat bilan bog’liq ishlab chiqarish va muomala jarayonining qisqa muddatli ehtiyojlari uchun emas, balki uzoq muddatga kapitalga bo’lgan ehtiyojni qoplashga yo’naltiriladi. 60-yillardan boshlab banklar yirik mijozlarga xizmat ko’rsatishga ixtisoslasha bordi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun banklar mablag’larni jalb qilish miqyosini, iste’mol uchun kreditlar berish ko’lamini kengaytirdi.
To’lovlarda vositachilik funktsiyasida banklar o’z mijozlarining topshirig’iga asosan to’lov jarayonlarini amalga oshiradi, hisob varaqlariga mablag’larni qabul qiladi, pul tushumlarining hisobini olib boradi, mijozlarga pul mablag’larini beradi.
Hisob-kitoblarning bank orqali olib borilishi muomala xarajatlarining kamayishiga olib keladi. Mijoz mamlakat ichida va boshqa mamlakat bilan qiyinchiliksiz o’z mablag’larini bank orqali o’z hisob varaqasidan boshqa korxona hisob varaqasiga yoki boshqa mamlakat bankiga o’tkazishi mumkin.
Muomalaga kredit vositalarini chiqarish. Bank kreditining manbai faqat vaqtincha bo’sh mablag’lar va kapital bo’lib qolmasdan, kredit asosida chek-depozit emissiyasi ham amalga oshiriladi. Bank tomonidan beriladigan kredit miqdori mavjud jamg’armalardan ko’p bo’lsa, bank chek-depozit emissiyasini amalga oshirishi mumkin.
Undan tashqari, kredit yordamida muomalaga naqd pullar - banknotalar chiqariladi.
Bank kredit pullar chiqarish depozitlar yaratish yo’li bilan to’laqonli pullar o’rnini bosuvchi kredit vositalarini vujudga keltiradi.