O’z bilimini tekshirish bo’yicha
savollar
Yuridik va jismoniy shaxslar pul mablag’larini bank hisobvaraqlariga, jamg’armalarga jalb qilish deganda nimani tushunasiz va u qanday operatsiyalarga kiradi?
Depozitlar nima va ular hajmini kengaytirish yo’llari?
O’anday operatsiyalarni passiv operatsiyalar deyiladi?
Passiv operatsiyalarning shakllari va ularga misol?
Bankning aktiv operatsiyalari mazmuni va bank faoliyatidagi ahamiyati?
Aktiv operatsiyalarning qanday turi mavjud va ularga ta’rif bering.
Kredit portfelidagi kreditlarning tasnifi bo’yicha turlari?
O’anday boshqa operatsiyalar bankning boshqa aktiv operatsiyalari tarkibiga kiritiladi?
Banklarning vositachilik operatsiyalari deganda nimani tushunasiz?
Banklarning ishonch operatsiyalari nima va ularning qanday o’ziga xos xususiyatlari mavjud?
Bank faoliyatida aktiv va passiv operatsiyalarni boshqarishning ahamiyati.
10. O’anday kreditlash tamoyillari va usullarini bilasiz?
BOB. QIMMATLI QOG’OZLAR BO’YICHA INVESTITSION
OPERATSIYALAR
1-§. Investitsiyalar, banklarning investitsion siyosati
Rivojlangan iqtisodiyotda tijorat banklari o’z faoliyatini doimiy ravishda o’sib boruvchi raqobat sharoitida amalga oshiradilar. Ular o’zaro va boshqa kredit-moliya muassasalari bilan, shu jumladan, oxirgi vaqtda taklif etilayotgan har xil xizmat turlarini amalga oshiruvchi xorijiy banklar bilan raqobatlashadilar.
O’attiq qo’l raqobat sharoitida tijorat banklari faoliyatining asosiy yo’nalishlaridan biri investitsion faoliyat hisoblanadi.
Investitsiya - bu xususiy, davlat korxonalari va tashkilotlari qimmatli qog’ozlariga uzoq muddatga qo’yilgan mablag’lardir. Tijorat banklari krediti investitsiyasidan quyidagi xususiyatlari bilan farq qiladi:
Birinchidan, bank kredit berganda, bank mablag’larini nisbatan qisqa vaqt ichida foydalanishga beradi va kredit summasi hamda u bo’yicha foiz stavkasini o’z vaqtida qaytarishni talab qiladi. Investitsiyada esa qo’yilgan mablag’lar (qo’yilmalar) xali o’z egasiga qaytib kelishidan oldin uzoq davr mabaynida bankka mablag’ (daromad) olib kelishini bildiradi.
Ikkinchidan, bank kreditida kredit munosabatlarini yuzaga keltirish bo’yicha tashabbus qarz oluvchi tomonidan o’rtaga tashlanadigan bo’lsa, investitsiyada esa qimmatbaho qog’ozlar bozorida aktivlarni sotib olishga intiluvchi tijorat banki tashabbus ko’rsatadi.
Uchinchidan, bankning kredit shartnomasida bank kam miqdordagi kreditorlar orasida asosiydir. Investitsion shartnomalarda esa tijorat banki ko’plab kreditorlardan biridir.
Turtinchidan, bank kreditida bank va qarz oluvchi bevosita kredit shartnoma orqali bog’langan bo’lib, ularning faoliyatiga hech kim aralashmaydi. Investitsiyada esa turli xil qimmatli qog’ozlar orqali korxona, tashkilotlarning faoliyati bilan bankning faoliyati bog’lanib ketadi.
Tijorat banklari tomonidan investitsion faoliyat olib borishdan asosiy maqsad ularning daromadliligi va likvidliligini (bankning faoliyati bo’yicha majburiyatlarini o’z vaqtida bajara olish qobiliyati) ta’minlashdan iborat. Rivojlangan mamlakatlar iktisodiyotida tijorat banklarining investitsion siyosati bank faoliyatining asosiy yo’nalishlaridan biri hisoblanadi va banklarning likvidliligini ta’minlashda asosiy rol uynaydi. Banklarning investitsion faoliyati turli xil qimmatli qog’ozlar: oddiy va imtiyozli aktsiyalar, obligatsiyalar, davlat qarzdorlik majburiyatlari, depozit sertifikatlari, veksel va boshqalarga mablag’larini qo’yish orqali amalga oshiriladi.
Alohida olingan davlatlarda banklar tizimining rivojlanishi va banklar o’tkazadigan operatsiyalarning turlari va ko’lamiga qarab ularning investitsion faoliyati turli yo’nalishlarga qaratilgan bo’lishi va shu operatsiyalar turlari bo’yicha olinadigan daromad salmog’i ham turli xil bo’lishi mumkin.
Masalan, Amerika banklari amaliyotida davlatning qisqa muddatli qarz majburiyatlarini ifodalovchi qimmatli qog’ozlariga investitsiya qilish odatda kam daromad keltiradi, ammo ular yuqori likvidlilikka ega va ular bo’yicha to’lanmaslik riski nolga teng bo’lib, bozor stavkasining o’zgarish riski ham kichik bo’lgan qimmatli qog’ozlar hisoblanadi.
Uzoq muddatli qimmatli qog’ozlar yuqori daromad keltiradi, shuning uchun banklar ularni muddati tugaguncha saqlashadi. Banklar o’z mablag’larini munitsipalitetlarning qimmatli qog’ozlariga ham qo’yishadi, chunki ular bo’yicha to’lanadigan foiz soliqka tortilmaydi.
O’z likvidliligini ta’minlash maqsadida banklar uncha katta bo’lmagan summani boshqa qimmatli qog’ozlar: bank aktseptlari, qimmatli qog’ozlar bozoridagi tijorat qog’ozlari, brokerlik ssudalar va tovar-kredit korporatsiyalari sertifikatlariga qo’yishidi.
Daromadlilikni ta’minlash maqsadida, lekin likvidligini xavf ostiga qo’ygan holda banklar o’z mablag’larini ba’zi bir hukumat muassasalari obligatsiyalari va korporatsiyalarning birinchi darajali obligatsiyalariga investitsiya qiladilar.
Rivojlangan mamlakatlarda tijorat banklarining investitsion faoliyati daromad keltirishi nuqtai nazaridan bank daromadi tarkibida kredit foizidan keyingi ikkinchi manbadir.
Tijorat banklari investitsion faoliyatining daromadlilik darajasiga bir qator iqtisodiy va tashkiliy omillar ta’sir ko’rsatadi. Bu omillar orasida asosiylari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin. Bular:
davlatning barqaror
rivojlanuvchi iqtisodiyoti;
tovar ishlab chiqarish va xizmat sohasidagi turli mulkchilik shakllarining mavjudligi, shu jumladan bank faoliyatida xususiy va aktsioner mulk shakllarining ustivorligi;
kredit-moliya tizimining silliqlangan va aniq faoliyat yurituvchi strukturasining mavjudligi;
qimmatli qog’ozlar bozorining zamonaviy va rivojlangan muassasalarining mavjudligi;
qimmatli qog’ozlarni muomalaga chiqarish va qimmatli qog’ozlar bozori katnashchilari faoliyatini nazorat etuvchi qonuniy aktlar va tartiblarining mavjudligi;
tijorat banklarining xalqaro investitsion faoliyatini yuritish amaliyotida bo’lgan yuqori sifati qimmatli qog’ozlar muomalasining amal qilishi;
investitsion faoliyat sohasi va qimmatli qog’ozlar bozori uchun mo’ljallangan yuqori malakali mutaxassislar va tadbirkorlarning mavjudligi, ularni tayyorlash va boshqalar.
Aloxida olingan qimmatli qog’ozlar turlari va guruxlarining daromadliligi banklarning investitsiya portfelining bozor bahosiga bog’liq bo’ladi. Oxirgi o’z navbatida quyidagi faktorlar ta’sirida o’zgarib turadi. Bular: obligatsiyalarning foiz stavkalari, hisobga olingan foizlar, veksellar bo’yicha foizlar, aktsiya bo’yicha dividendlar va qimmatli qog’ozlarga bo’lgan talab va takliflardir.
Odatda qimmatli qog’ozlarning bozor narxi va undan tijorat banklari oladigan daromad teskari mutanosiblikdadir. Kimmatli qog’ozlar bahosi past bo’lganda ulardan keladigan daromad yuqori va aksincha bo’lishi mumkin. Shuning uchun qimmatli qog’ozlar foizi kichik bo’lganda, ularni sotib oluvchi investor foiz stavkalari oshganda qimmatli qog’ozlarni real bozor kiymatining pasayishi muomalasi bilan duch kelishlari mumkin.
Shunday qilib, foiz stavkalarining oshuvi salbiy va ijobiy tomonlarga ega bo’ladi.
Qimmatli qog’ozlarning foiz stavkalari oshganda mablag’larni investitsiya qilish bankka foyda keltirishi mumkin, ammo yuqori foiz stavkalar, o’z navbatida, bankning investitsiya portfelining kadrsizlanishini bildiradi. Bunday holat qimmatli qog’ozlar bozorida yuz berganda, amaliyotda bankning investitsion mablag’lari bog’langan yoki «yopilgan» deyiladi.
Qimmatli qog’ozlarning alohida turlari bo’yicha daromadlilik darajasi foiz stavkasining o’zgarishi bilan bog’liq bo’lgan hollarda qimmatli qog’ozlarning muddati muhim o’rin tutadi. Qimmatli qog’ozning amal qilish muddati qanchalik qisqa bo’lsa, uning bahosi ham shunchalik barqaror va aksincha, muddati qanchalik uzoq bo’lsa, shunchalik foiz stavkalari darajasi o’zgarishi tebranishlar ta’siriga uchraydi.
Qimmatli qog’ozlar narxlari orasidagi manfiy farq ularning muddatiga qarab turlicha bo’lishi nima uchun qisqa muddatli qimmatli qog’ozlar uzoq muddatlilariga qaraganda ko’proq kizikish uyg’otishini tushuntiradi.
Bankning qimmatli qog’ozlarni sotib olish asosida banklarning investitsion portfelini tashkil qilishdan asosiy maqsadi nafaqat bankka daromad keltirish va rezervni to’ldirishning birinchi manbaini tashkil etish (naqd pul va boshqa banklarning qarzlari), balki amalda deyarli yo’qotishsiz, eng kam risk bilan, eng qisqa vaqti ichida qimmatli qog’ozlarni naqd pulga aylantirish imkoniga ega bo’lishdan iborat.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida o’zining yuqori samaradorlik, to’lovlilik, likvidlilik darajasini ushlab turish maqsadida tijorat banki doimo investitsion faoliyatining markaziy muommolaridan biri - bankka omonat qo’yganlar va aktsionerlar o’rtasidagi bir-biriga mos kelmaydigan manfaatlarni qondirish masalalariga e’tibor berishi va uning har tomonning manfaatiga mos keluvchi darajada bo’lishini ta’minlashdan iborat. Bu munosabatlarda tomonlar manfaatining mos kelmasligi bankning likvidligi va bank operatsiyalarining daromadliligi o’rtasidagi qarama-qarshilikda o’z aksini topadi. Yana aniqrogi bu qarama-qarshilik deyarli bankning har bir operatsiyasida o’z aksini topadi. Bir tamondan aktsionerlar yuqori daromad olishni istashadi, ya’ni bu holda bank mablag’larni uzoq muddatli qimmatli qog’ozlarga investitsiya qilishlari lozim va ikkinchi tomonidan bankka omonat qo’yuvchilar o’z omonatlarini tezda qaytarib olish imkoniga ega bo’lishlari lozim.
Likvidlik va daromadlilik orasidagi ziddiyat investitsiya riskini aniqlaydi va u tijorat banki tomonidan yuqori daromadlilikka likvidlilik darajasini pasaytirmagan holda erishishi imkoniyatlari ehtimoli sifatida ko’rib chiqilishi mumkin.
Tijorat banklarining investitsion faoliyatida quyidagi risk omillarini uchratish mumkin. Bular: kredit, bozor va foiz risklaridir.
Kredit riski qimmatli qog’oz emitentining
moliyaviy axvolining, imkoniyatining pasayishi bilan bog’liq bo’lib, bunda u o’z moliyaviy majburiyatlarni bajarishga qodir bo’lmaydi. Undan tashqari kredit risklar hukumat va davlat tashkilotlarining axolidan olingan zayom mablag’lari bo’yicha to’lash qobiliyati bilan ham bog’liqdir.
Masalan, AQSh federal xukumatining qimmatli qog’ozlari risklardan xoli hisoblanadi, chunki AQSh iqtisodiyoti barqarordir.
Davlat hokimiyatining nafaqat zayomlar olishi balki o’z majburiyatlarini to’lash qobiliyatiga ega bo’lishi davlatning qimmatli qog’ozlar bozorini tashkil qilish va butun moliya-kredit mexanizmining aniq faoliyat yuritishi uchun muhimdir.
Bozor riskining mohiyati qimmatli qog’ozlar bozorida kutilmagan o’zgarishlar yuzaga kelishi bilan bog’liq bo’lib, bu o’zgarishlar natijasida ba’zi bir kimmkatbaho qog’ozlarning investitsiya ob’ekti sifatida qadri tushishi mumkin va ularning sotuvini faqatgina katta chegirma (skidka) bilan amalga oshirish mumkin bo’ladi.
Tijorat bankining o’z likvidliligini xavf ostiga quyib daromad olish maqsadida salmokli mablag’larini investitsion faoliyatga qo’yishi bank ishida katta yoki kichik miqdorda investitsion riskning yuzaga kelishiga imkoniyat yaratadi.
Bunday holda tijorat banklarining investitsion faoliyati qimmatli qog’ozlar bilan aktiv operatsiyalar olib borish riski bilan bog’liqdir. Bu esa, o’z navbatida, bank rahbariyatidan bu sohada aniq taktika, strategiya va ish rejasini ishlab chiqishini, ya’ni investitsiya siyosatini ishlab chiqishni talab etadi.
Shunday qilib, banklar tizimida investitsiya siyosati - tijorat banklari faoliyatining bir yo’nalishi bo’lib, u ma’lum risk darajasiga asoslangan bankning qimmatli qog’ozlar bilan aktiv operatsiyalarini o’z ichiga oladi va bank faoliyatining daromadliligi va likvidliligini ta’minlashga qaratilgan bo’ladi.
Jahon amaliyotida tijorat banklari investitsiya sohasida yuqori tajribaga ega. Shuning uchun ham jahon amaliyotida erishilgan yutuqlarga asoslangan holda investitsiya faoliyatining asosiy maqsadlari, vazifalari, omillari, strategiyasi va taktikasining hisobga olgan holda tijorat banklarining investitsiya siyosatini amalga oshirishi bo’yicha «investitsiyaning oltin qoidasi»ni ishlab chiqilgan. Unga ko’ra: «Qimmatli qog’ozlardan keladigan daromad har doim investor shu daromadni olish uchun to’qnash keladigan risk darajasiga to’g’ri proportsionaldir».
Investitsiya faoliyatining tamoyillari va qimmatli qog’ozlarga mablag’larni qo’yishining asosiy omillari - daromadlilik, likvidlik va risk - orasidagi bog’liqlikdan kelib chiqqan holda har bir tijorat banki yuqoridagi omillar ta’sirini anglagan yoki anglamagan holda yoki bu investitsiya siyosatini yaxshi yoki yomon amalga oshiradi. Bu, o’z navbatida, bankning investitsiya siyosatida bank tomonidan ma’lum darajadagi investitsiya riskiga borishini angalatadi va tijorat bankining investitsiya siyosatida tegishli choralar ishlab chiqish zarurligini anglatadi.
Investitsiya bilan bog’liq risklarni kamaytirish usullaridan biri bu banklarning investitsiya portfelini diversifikatsiya qilishdir. Investitsiya portfelini diversifikatsiya qilish bankning investitsiya portfelida turli xil ko’pdan ko’p qimmatli qog’ozlarning mavjudligiga erishishni bildiradi. Diversifikatsiya usulida investitsiya siyosatini amalga oshirishda qimmatli qog’ozlarning har xil xususiyatlarini hisobga olish lozim. Bular:
- ularning to’lash muddati va sifati (taqsimlangani), emitentning salohiyati, qimmatli qog’ozlarning sifati bo’yicha diversifikatsiya qilish;
qimmatli qog’ozlaming geografik tarqalishi bo’yicha diversifikatsiya qilish;
qimmatli qog’ozlaming to’lanish muddati bo’yicha majburiyatlarining turi va boshqalardir. Yuqoridagi belgilarning ta’minotiga ko’ra diversifikatsiya kila turib investitsiya siyosatining maqsadlari aniqlanadi.
Tijorat banklarinig qimmatli qog’ozlar portfelini diversifikatsiya qilishning quyidagi turlari mavjud. Bular:
diversifikatsiya qilish,
qimmatli qog’ozlarning emitentlari bo’yicha diversifikatsiya qilish va boshqalar.
Qimmatli qog’oz sifatiga doir diversifikatsiya maqsadi - riskni minimallashtirish (u emitentning o’z majburiyatlarini bajara olmay qolishlik ehtimoli bilan belgilanadi). Shu munosabat bilan aktsiya sifatining ta’minlanganlik darajasi bo’yicha diversifikatsiya usuli ham mavjud bo’lib, nazariyotchilar fikricha, u bir qator omillarni o’rganib chiqishni talab qiladi: Bular emitent qanday faoliyat bilan shug’ullanishini, aktsiya daromadi, divident miqdori, kompaniya aktsiyasining joriy narxi, zaxirasi, kompaniyani kim boshqarayotganligi va boshqalar bo’lib, ko’rsatilgan savollarga javobni emissiya prospekti va birja axborotnomalaridan olish mumkin.
Qimmatli qog’ozlarning geografik tarqalishiga nisbatan diversifikatsiya maqsadi - tegishli rayonlardagi iqtisodiy kiyinchiliklar ruy berganda yuzaga keladigan risklarni kamaytirishdan iborat hisoblanadi.
Qimmatli qog’ozlaming to’lash muddati bo’yicha diversifikatsiya maqsadi - foiz stavkalarining tebranishi bilan bog’liq risklarning oldini olishdan iboratdir. Bu investitsiya siyosatini amalga oshirishda tijorat banklari odatda qimmatli qog’ozlarning tugatilish muddati bo’yicha pog’onali strukturadan foydalanishadi. Bundan pog’onali struktura natijasida muddati tugagan qimmmatbaho qog’ozlar bo’lmaydi va ularni uzoq muddatli yuqori daromadli qimmatli qog’ozlarga reinvestiitsiya qilish imkoni tugiladi.
Qimmatli qog’ozlaming foiz darajalari prognozi amaliyotda nazariyadan farq qiladi. Shuning uchun tijorat banklari prognoz natijalarining ishonchlilik darajasini oshirish maqsadida foiz stavkalarini tarkibini tahlil qiladilar.
Odatda jahon amaliyotida tijorat banklari o’z investitsiya siyosatini ishlab chiqarish va amalga oshirish uchun boshqarish strukturasida maxsus investitsiya bo’limlarini tashkil qilishadi. Bulimdagi xodimlar soni bir qator omillarga bog’liq bo’lishi mumkin. Bular: qimmatli qog’ozlar
portfeli kattaligi, bo’lim tomonidan qimmatli qog’ozlarni sotish va sotib olish bo’yicha bajariladigan funktsiyalarga, bankning mijozlariga ko’rsatadigan xizmatlarga, qimmatli qog’ozlar turi va sifatiga va boshqalarga bog’liq bo’ladi. Bo’lim ishchilarining malakasi qanchalik yuqori bo’lsa, ular bajarayotgan vazifa, ishning sifati ham shunchalik yuqori bo’ladi. Mutaxassislar investitsiya dasturida kuzlangan maqsad va vazifalarni yaxshi tushunishlari, investitsiya xizmatlari bo’yicha ma’lumotlarga ega bo’lishlari, moliya-iqtisodiy ma’lumotlardan xabardor bo’lishlari, qimmatli qog’ozlar bozorini mustaqil tahlil kila olishlari, qaysi qimmatli qog’oz turlari bankka to’g’ri kelishi yoki kelmasligini aniqlashlari, daromadlik egri chiziqlarini ko’ra olishlari, bu bilan investitsiya faoliyatini boshqarishni ta’minlashlari lozim.