Sh. Abdullaeva pul, kredit va banklar


§. Pul islohotlari va uni pul muomalasini barqarorlashtirishdagi o’rni



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə21/52
tarix05.05.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#108127
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   52
Sh. Abdullaeva pul, kredit va banklar

§. Pul islohotlari va uni pul muomalasini barqarorlashtirishdagi o’rni

Pul islohoti deb pul muomalasini barqarorlashtirish maqsadida davlat tomonidan pul tizimini o’zgartirishga aytiladi. Pul islohoti metall pul muomalasi davrida, ikkinchi jahon urushidan keyin - oltin deviz, oltin dollar muomalasi davrida o’tkazildi.
Sobiq SSSRda pul islohati 1922 - 24 yillarda, 1947 yillarda o’tkazildi.
O’zbekistonda pul islohoti 1994 yilda o’tkazildi va respublika mustaqil davlat sifatida o’zining milliy pul birligiga ega bo’ldi.
Pul muomalasini barqarorlashtirishga pul islohotini o’tkazmasdan ham erishish mumkin. Pul muomalasini barqarorlashtirishning quyidagi usullari mavjud: revalvatsiya, devalvatsiya, denominatsiya. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasiga, iqtisodiyotning holatiga, pulning qadrsizlanish darajasiga, davlat siyosatiga qarab davlat pul islohotini o’tkazishi, pulni revalvatsiya, denominatsiya qilishi mumkin.
Pul kuchli qadrsizlangan sharoitida faqat pul islohotini o’tkazish yo’li bilan pul tizimini barqarorlashtirish mumkin. Pul islohoti, ya’ni nullifikatsiyada kuchli qadrsizlangan pul birligi bekor qilinadi va o’rniga yangi pul birligi kiritiladi. Masalan, Sobiq SSSRda 1922-24 yillarda sovznaklarning kuchli qadrsizlanishi natijasida 1 rubl 50 mlrd. sovznakga almashtirilgan. Urushdan keyingi Germaniyada giperinflyatsiya natijasida 1924 yilda muomalaga yangi nemis markalari kiritilgan. Eski reyxsmarkalar kuchli qadrsizlanishi natijasida muomalaga chiqarilgan yangi markalar 1 marka : 1 trillion eski reyxsmarka nisbatida almashtirildi. Reyxsmarkalar muomalasi bekor qilindi.
Revalvatsiya - bu pul birligining oltin qiymatini tiklashdan iborat. Masalan, birinchi jahon urushidan keyin 1925-1928 yillar- da o’tkazilgan pul islohoti tufayli funt sterlingning urushgacha bo’lgan oltin qiymati belgilandi. Ikkinchi jahon urushidan keyin revalvatsiya natijasida dollarning valyuta kursi ko’tarildi. Germaniya Federativ Respublikasida 1961, 1969, 1971 yillarda revalvatsiya o’tkazilgan.
Devalvatsiya - bu milliy valyuta kursining chet el vayutasiga nisbatan tushishidir. Pul birligining oltin miqdori belgilangan sharoitda devalvatsiya pulning oltin miqdorining tushib ketishini anglatgan. Masalan, 1971 yilda AQSh dollarining oltin miqdori 7,89 % ga, 1973 yil fevralda 10% ga kamaytirilgan. Suzuvchi valyuta kurslariga o’tgandan keyin devalvatsiya boshqariladigan valyuta kurslari asosida olib boriladi.
Denominatsiya - baholar masshtabini yiriklashtirish, yani pul birligidagi «0» larni qisqartirishdan, pul birligida ko’rsatilgan nominalni kamaytirishdan iborat. Sovet pul tizimi qaror topa boshlagan davr - 1921 -1922 yillarda ikki marta denominatsiya o’tkazilgan. Birinchi denominatsiyada muomalaga «1922 yil pul birliklari» chiqarilgan va ular oldingi pul birliklariga 1000 : 1 nisbatda almashtirilgan. Ikkinchi denominatsiyada muomalaga «1923 yil pul birligi» chiqarilgan va 1922 yil pul birligiga» 100 : 1 nisbatda almashtirilgan. Pul denominatsiyasi inflyatsiya suratlari past bo’lgan sharoitda qulay bo’lishi mumkin. Agar inflyatsiya suratlari yuqori bo’lsa, denominatsiya o’tkazish hech qanday samara bermasligi mumkin. Faqat pul islohotini o’tkazish yo’li bilan pul tizimini barqarorlashtirish mumkin bo’ladi.
Pul islohotini o’tkazish quyidagi yo’llar bilan amalga oshirilishi mumkin.:

  • muomaladagi pul massasini kamaytirish maqsadida, deflyatsiya kursi bo’yicha eski pullarni yangi pullarga almashtirish:

  • aholi va korxonalarning banklardagi jamg’armalarini vaqtincha (to’liq yoki qisman) harakatsiz ushlab turish (qotirib qo’yish):

  • ikkala usulni birgalikda qo’llash yo’li orqali pul islohotini o’tkazish: bu usul xalqaro amaliyotda «shok yo’li» bilan davolash nomi bilan mashhurdir. Bu usul 1948 yilda G’arbiy Germaniyada harbiy davlat boshqaruvidan bozor iqtisodiga o’tishda qo’llanilgan. «Shok yo’li» bilan davolashda ish haqini to’lashni to’xtatib qo’yish, ishlab chiqarishni qisqartirish, pul islohotini o’tkazish, ish o’rinlarini qisqartirish kabi qattiq choralar qo’llanilishi mumkin. Masalan, G’arbiy Germaniyada 1948 yilning iyun oyida o’tkazilgan pul islohotida aholining nakd pullari va jamg’armalari 6,5 yangi nemis markasiga 100 eski reyxsmarka qilib almashtirildi.

Aholining pul jamg’armalarini to’lash vaqtincha to’xtatilgan, keyinchalik faqat 30 foiz atrofida to’langan va har bir kishiga 60 nemis markasi miqdorida nafaqa ajratilgan. Natijada davlatning reyxs markasidagi qarzi, mamlakatda bo’lgan disbalans tugatilgan va shu yo’l bilan inflyatsiyaning o’sish templari to’xtatilgan.
«Shok yo’li» bilan davolash Yaponiyada 1949-50 yillarda o’tkazilgan va u «Dodj rejasi» degan nomni olgan.
Bu rejaga asosan Yaponiyada inflyatsiyaga qarshi juda qattiq chora-tadbirlar amalga oshirilgan. Erkin bahoga o’tish bilan bir vaktning o’zida er islohoti o’tkazildi, byudjet kamomadini yo’qotish yo’llari ishlab chiqildi. Yaponiyada mavjud zarar bilan ishlovchi korxonalarga davlat tomonidan beriladigan subsidiya bekor qilindi, korxona, tashkilotlarga kredit berish shartlari mukammallashtirildi, aholi jamg’armalari ishlatilmasdan qotirib qo’yildi.
Iqtisodni «shok yo’li» bilan davolash Sharqiy Evropa mamlakatlari - Yugoslaviya, Polsha kabi mamlakatlarda xam qo’llanilgan. «Shok yo’li» bilan davolash iqtisodiy siyosati 1989 yilning oxirlarida Polshada ko’lanilgan bo’lib, ish haqi vaktinchalik kotirib qo’yilgan holda , baholar erkinlashtirilgan. Natijada 1990 yilning boshlariga kelib Polshada tovarlar mo’l-ko’lchiligi vujudga kelib boshladi va tovarlar bahosining bir necha barabor oshishi natijasida inflyatsiya suratlari sekinlashishiga erishildi. Polshada bu iqtisodiy tadbirning o’tkazilishi aholining yashash sharoitini ancha qiyinlashtirdi va ishsizlar sonini ko’paytirdi.


inflyatsiya;
sudraluvchi inflyatsiya;
suzib yuruvchi inflyatsiya;
giperinflyatsiya;
deflyatsiya;
pul massasi;
pul islohoti;
pul muomalasi qonuni;
Tayanch so’zlar
devalvatsiya; denominatsiya; revalvatsiya; dezinflyatsiya baholar indeksi; inflyatsiya sur’ati.

O’z bilimini tekshirish bo’yicha savollar

  1. Inflyatsiya qanday hollarda yuzaga keladi?

  2. Pulning qadrsizlanishi deganda nimani tushunasiz?

  3. Inflyatsiyani qanday turlarini bilasiz?

  4. Pul massasini boshqarish usullari?

  5. Inflyatsiyaning ichki va tashqi omillari deganda nimani tushunasiz?

  6. Inflyatsiyani namoyon bo’lish shakllarini keltiring?

  7. Inflyatsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni sanang?

  8. Qanaqa inflyatsiyaga qarshi kurashish yo’llari mavjud?

  9. Pul muomalasini barqarorlashtirish deganda nimani tushunasiz?

  10. Qanday pul islohoti turlarini bilasiz ?

  • BOB. PUL NAZARIYASI


  1. Yüklə 0,65 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin