Sh. Abdullaeva pul, kredit va banklar


§. Tovar ishlab chiqarish va pulning zarurligi



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə2/52
tarix05.05.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#108127
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
Sh. Abdullaeva pul, kredit va banklar

§. Tovar ishlab chiqarish va pulning zarurligi

Yoar bir iqtisodiy kategoriya amal qiluvchi mamlakat rivojlanishining asosiy dastaglaridan biri pul bo’lib, bozor iqtisodiga o’tish va unda ish yuritishda uning roli va ahamiyati yana oshib boradi. Darhaqiqat, pul - «bozor tili» deb bekorga aytishmagan. Yoar bir iqtisodiy axborot, tovarlar va xizmatlar bahosi, to’lovlar, daromadlar va xarajatlar, moliyaviy talablar va majburiyatlar, iqtisodiy aloqalar makro va mikro darajalarda faqat pulda ifoda qilinadi.
Bozor iqtisodiga o’tish sharoitida pulni ahamiyatining oshishi shundaki, jamiyatimizda mavjud huquqiy va jismoniy shaxslar faoliyati va ularning natijasi - daromadi pul bilan bog’liq. Shuning uchun ham pul barcha iqtisodiy rivojlanish pog’onalarida odamlarni o’ziga jalb qilib kelgan.
Avstraliyalik iqtisodchi olim K. Mengerning fikricha Aristotel va Platondan boshlab XX asrning boshigacha pul to’g’risida jahonda besh-olti mingdan ortiq maxsus ishlar chop qilingan. Agar biz hozirgi kunda pul to’g’risida yozilgan va chop qilingan adabiyotlar soni bir necha marta oshib ketgan desak mubolag’a bo’lmasa kerak. Tadqiqotlar shunchalik ko’p bo’lishiga qaramasdan pul va uning xususiyatlari, har bir tizimda ishlatilishi, roli, iqtisodga ta’siri, nega alohida olingan individumlar qo’lida pulning ko’payishi ularning boyligining ko’payishiga olib keladi-yu, jamiyat miqyosida muomaladagi pul massasining ko’payishi jamiyat boyligi ortib borishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi degan savollarga hali to’liq javob berilgan emas.
Pul va uning vazifalari to’g’risida mavjud xorijiy mamlakatlar iqtisodchilarning qo’llanmalarini olib qaraydigan bo’lsak, pulning kelib chiqishi to’g’risida ikki xil g’oya mavjudligini ko’rishimiz mum kin. Bular ratsionalistik va evolyutsion g’oyalardir.
Ratsionalistik qarashning asoschilaridan biri Aristotel bo’lib, u pul kelib chiqishining asosini o’zaro bir-biriga teng qiymatni harakatga keltiruvchi biror bir maxsus «qurol», kishilar orasida o’zaro kelishuv natijasida qabul qilingan shartli birlikning topilishi ayirboshlash jarayonining bo’lishiga olib kelgan deydi. O’zaro tovarlarni almashtirishga pul qatnashmaganda tovarni sotish jarayoni tovarni sotib olish jarayoni sifatida yuzaga kelgan. Tovarlar o’rtasidagi proportsiya tasodifan, masalan, sotilishi kerak bo’lgan mahsulotga talab qay darajada va uning miqdorining kam ko’pligiga bog’liq holda o’rnatilgan. Keyinchalik shu tovarlar ichidan umumiy ekvivalent rolini o’ynovchi ba’zi tovarlar ajralib chiqdi. Jamiyatning rivojlanishi muomalaga metallarning kirib kelishiga olib keladi.
Rivojlanishning birinchi bosqichlarda bular mis, bronza, temir bo’lib almashinuv T-P-T shaklida olib borilgan. XVIII asrlarning oxirigacha pul tomonlar o’rtasidagi shartnoma vositasi deb qarab kelingan. Yoozirgi vaqtda ham ba’zi chet el olimlari, masalan, Pol Samuelson pulni sun’iy sotsial shartlashish belgisiI deb izohlangan. Boshqa amerikalik olim Jon Gelbreit qimmatbaho metallarning pul vazifasini bajarishi bu kishilar o’rtasidagi kelishuvning mahsulidir deb uqtirmoqda.
Uzoq yillar davomida sobiq SSSRda pul va pul muomalasi sohasidagi
tadqiqotlar K.Marksning ta’limoti asosida olib borilgan. Pulning kelib chiqishini tadqiqot qilishda, u A. Smit, D. Rikardolarning tadqiqotlariga asoslangan holda pulning mohiyatini ochib berishga harakat qilgan. Pulning o’zi ham tovar ekanligini, pulning kelib chiqishi bosqich larini izohlab bera oldi. U oltin va kumush qazib olish va ishlatish uchun ma’lum mehnat sarflanadi, shu mehnat oltin va kumushda gavdalangan holda, boshqa tovarlarning qiymatini o’lchashning asosi bo’lib xizmat qiladi deb ko’rsatgan. Yoozirgi vaqtda yuqoridagiga o’xshagan real pullar o’rniga o’z qiymatiga ega bo’lmagan qog’oz va kredit pullar muomalada ishlatilmoqda. Shuning uchun, qog’oz va kredit pullar, pul kelib chiqishi to’g’risidagi ratsionalistik kontseptsiyaning to’g’ridan-to’g’ri isboti bo’la olmaydi. Qog’oz pullar yuzaga kelguncha jamiyat bir necha rivojlanish bosqichlarini bosib o’tgan.
Pulning kelib chiqish tarixi pulning evolyutsion nazariyasi bilan ko’proq bog’liq. Tovar muomalasining evolyutsion rivojlanish jarayonida umumiy ekvivalent shaklini har xil tovarlar o’ynagan. Yoar bir jamoa o’z tovarini ekvivalent sifatida o’rtaga qo’ygan. Lekin jamiyat tarraqiyoti shu tovarlar ichidan ikki guruh tovarlarning ajralib chiqishiga olib keldi. Bular: birinchi ehtiyoj uchun zarur bo’lgan tovarlar va zebu-ziynat tovarlaridir.
Ishlab chiqarishning rivojlanishi natijasida dehqonchilik va chorvachilikdagi mehnat taqsimoti, tovar turlarining ko’payishi almashinuv jarayoninig yana rivojlanishini taqozo qildi. Almashuv jarayonida tovar egalari o’zaro muloqotda bo’lib, tovarning egasi o’z mahsulotini (mulkini) baholagan. Shu baholash jarayoni biror o’lchov birligi bo’lishini taqozo qilgan.


  1. Yüklə 0,65 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin