Sh. Abdullaeva pul, kredit va banklar


Muomala vositasi funktsiyasi



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə7/52
tarix05.05.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#108127
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   52
Sh. Abdullaeva pul, kredit va banklar

Muomala vositasi funktsiyasi. Muomala vositasi funktsiyasida pul yordamida tovar o’zining pul qiymatiga ayirbosh qilinadi. Bu funktsiyani bajarish uchun naqd pul bo’lishi lozim. Bu funktsiya yordamida tovarlarni bir-biriga ayirboshlash-barter usuliga chek qo’yiladi. Tarixiy taraqqiyot ko’rsatadiki, jamiyat rivojlanishining ilk bosqichlarida barter qilishlar mehnat mahsulini ayirbosh qilishining yagona yo’li bo’lgan. Barterning noqulayligi shundan iborat bo’lganki, A tovar egasi, B tovarni sotib olish uchun, nafaqat B tovar ishlab chiqaruvchini, balki B tovar egasiga zarur bo’lgan tovarni ham topa olishi kerak edi. Bu juda qiyin jarayon bo’lib, yuzlab tovarlarni muomalaga jalb qilgan holda ko’zlagan maqsadga erishish mumkin bo’lgan. Oltinning pul sifatida ishlatila boshlashi natijasida barter usuli tovar ayirboshlashning usuli sifati o’z ahamiyatini yo’qotdi. Lekin, shuni ta’kidlash kerakki, barter usuli hozirgi kunda ham ba’zi hollarda jahon amaliyotida qo’llanilib kelmoqda.
Tovar defitsiti, inflyatsiya sur’atlarining oshib ketishi, mamlakatda siyosiy va iqtisodiy barqarorlikning yo’qligi sharoitida barter bo’yicha tovarlar harakatini amalga oshirish tomonlar uchun qulay hisoblanadi.
Pulning muomala vositasi funktsiyasida tovar qo’ldan qo’lga o’tadi va muomaladan chetlashadi, ya’ni iste’molchi egaligiga o’tadi. Pul va tovarning harakati (T-P-T) qisqa vaqt ichida tugallanadi.
Qiymatning doimo bir shakldan ikkinchi shaklga (tovar-pul va pul-tovar) o’tib turishi pulning muomala vositasi funktsiyasining asosini tashkil qiladi.
Shuning uchun ham bu funktsiyani bajarishda naqd pul bo’lishi, u barqaror, sifati yuqori bo’lishi kerak.
O’zbekistonda muomala vositasi funktsiyasini Markaziy bank tomonidan chiqarilgan qog’oz pullar va metall tangalar bajaradi. Muomalaga chiqariladigan naqd pullar miqdori savdo-sotiq hajmiga, ish haqi to’lashning vaqtiga, aholining bankdan qarzga mablag’lar olish imkoniyatiga va boshqalar omillarga bog’liq. Savdo-sotiq hajmining ko’pligi va ish haqining tez-tez to’lab turilishi muomalaga ko’p pul chiqarish zarurligidan, aholining bankdan ko’proq kredit olish imkoniyatiga ega ekanligi kamroq muomala vositasi kerak ekanligidan dalolat beradi. Shuni aytish kerakki, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish, natural xo’jalik, kichik korxona, fermer xo’jaliklarining ko’payishi muomala vositasiga bo’lgan talabni kamaytiradi.
Pulning muomala vositasi sifatida ishlatilishi muomala xarajatlarining barter xarajatlariga nisbatan ancha past bo’lishini ta’minlaydi. Pulning muomala vositasi funktsiyasi uning boshqa funktsiyalaridan o’zining ma’lum xususiyatlari bilan ajralib turadi. Muomala vositasi funktsiyasining xususiyatlari sifatida qo’yidagilarni keltirish mumkin:

  • bu funktsiyani real, naqd pullar bajaradi;

  • tovar va pul bir-biriga qarma qarshi, bir traektoriyaga harakat qiladi;

  • tovar va pul xarakati bir vaqtda yuzaga keladi;

  • tovar sotuvchi va tovar sotib oluvchi o’rtasidagi munosabat tugallanadi va tomonlar tovarga yoki pulga ega bo’ladilar;

- pul muomala vositasi bo’lishi uchun avvalom bor qiymat o’lchovi bo’lishi
kerak.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin