Sh. Abdullaeva pul, kredit va banklar



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə6/52
tarix05.05.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#108127
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
Sh. Abdullaeva pul, kredit va banklar

Tayanch so’zlar




tovar;
oltin;

barter;
pul;

pulning mohiyati;

banknota;
metall

qiymat;




pul;




umumiy ekvivalent;




pullar;

qog’oz

almashuv tengligi;







kredit

baho;




pullar;

haqiqiy

baholar masshtabi;




pullar.




pul qiymati;













O’z bilimini tekshirish bo’yicha savollar



  1. Pul o’ziga xos tovar sifatida qanday ajralib chiqqan?

  2. Pulning mohiyati deganda nimani tushunasiz?

  3. Pulni xarid qobiliyati deganda nimani tushunasiz?

  4. Pul tovar qiymatining umumiy ekvivalenti sifatida.

  5. Pulning o’ziga xos xususiyatlari.

  6. Bozor iqtisodiyoti sharoitida pulning roli.




  1. BOB. PULNING FUNTSIYALARI VA ROLI

  1. §. Pulning funktsiyalari va ularga tavsif

Yoar bir iqtisodiy kategoriyalaming amal qilishi, iqtisodiy munosabatlaming ma’suli sifatida namoyon bo’lishi, uning zimmasiga ma’lum vazifalarni yuklaydi. Pul iqtisodiy munosabatlarni o’zida aks ettira turib, ma’lum funktsiyalarni bajaradi.
Pulning mohiyati uning bajaradigan funktsiyalarida yanada yaqqolroq namoyon bo’ladi.
Pulning funktsiyasi to’g’risidagi savol bir vaqtning o’zida ham qiyin va ham juda oson savoldek tuyuladi.
Bu savolning soddaligi shundaki, pulning funktsiyalari real hayotga yaqin va iqtisodiy amaliyotdagi mavjud jarayonlarni o’zida ifodalaydi.
Qiyinligi shundaki, pulning funktsiyalari, ularning mohiyati iqtisodchilar tomonidan har xil talqin qilinadi. Iqtisodiy adabiyotlarda pulning turli xil funktsiyalarini uchratish mumkin.
Biz pulni iqtisodiy kategoriya deb qarab, iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda keng tarqalgan funktsiyalarini tahlil qilib, pul asosiy to’rt funktsiyani bajaradi degan fikrni ta’kidlamoqchimiz. Bular: qiymat o’lchovi, muomala vositasi, to’lov vositasi va jamg’arma vositasi funktsiyalari.
Pul qiymat o’lchovi sifatida. Pulning birinchi funktsiyasi uning qiymat o’lchoviligidir, ya’ni pul barcha tovarlarning qiymatini o’lchaydi, ularning bahosini aniqlashda vositachi bo’lib hizmat qiladi.
Qiymat o’lchovi funktsiyasida pul, tovar ishlab chiqarishga sarflangan ijtimoiy mehnatni ifodalaydi va shu mehnat asosida tovarning qiymatini belgilaydi. Pulning bu funktsiyasida naqd pullar emas o’ylovdagi pullar ishtirok qiladi. Masalan, biz savdo do’koniga kirib, biron tovarni bahosini ko’rib, baho shu tovarga arziydigan bahomi, yoki tovarga baho yuqori, yoki past qo’yilganmi - shu to’g’risida o’zimizning xulosamizga ega bo’lishimiz mumkin. Mana shu bizning xulosamiz asosida pulning qiymat o’lchovi funktsiyasi yotadi.
Pulning qiymat o’lchovi funktsiyasida bir tovaming qiymati ikkinchi bir tovar qiymati orqali ifoda qilinadi. Agar tarixan olib qaraydigan bo’lsak, bu vazifani o’z qiymatiga ega bo’lgan tovar-oltin yoki oltinni o’zida ifodalaydigan pul birliklari bajarib kelgan.
Pulning qiymat o’lchovi funktsiyasi qiymat qonuniga asoslanib aniqlanadi.
Pulning qiymat o’lchovi funktsiyasi baholar masshtabini o’rnatishni talab
qiladi.
Baholar masshtabi huquqiy xarakterga ega bo’lib, u davlat tomonidan o’rnatiladi va tovar qiymatiga asoslangan holda uning bahosini ifodalaydi. Baholar masshtabi orqali, fikran namoyish qilingan tovar bahosi davlat bahosi yoki bozor bahosiga aylanadi va milliy pul birligida ifodalanadi.
80 - yillar oxirigacha baholar masshtabi deb, davlat tomonidan tasdiqlangan, tovar qiymatini o’lchash va baholar belgilash uchun kiritilgan, ma’lum oltin miqdorini o’ziga ifodalagan pul birligiga aytilgan. Qariyb 30 yil davomida 1961 yildan boshlab Sobiq SSSRda baholar masshtabi qilib 1 rubl qabul qilingan va u 0,987412 gramm oltinga tenglashtirilgan edi. 80 yillarning oxiriga kelib ittifoqda pul birligini oltinga tenglash g’oyasi o’z kuchini yo’qotdi. Vaholanki, boshqa ko’pgina mamlakatlar amaliyoti bu tenglashtirish 70 - yillardan boshlab e’tiborga olinmadi. Rivojlangan iqtisodga ega bo’lgan mamlakatlarda valyutani oltinga tenglashtirish hal qiluvchi dastag emasligini ularning iqtisodiy va sotsial taraqqiyoti isbotlab berdi.
60 - yillarda yangi pul tizimi vujudga kelganda, pul islohoti o’tkazilganda, devolvatsiya yoki revolvatsiyada davlat qonuniy ravishda baholar masshtabini, pul birligining oltin miqdorini baholarni belgilash uchun o’rnatib bergan. Pul birligi ma’lum miqdor oltinga tenglashtirilgan bo’lsada, muomalaga chiqarilgan pul birliklari hech qachon oltinga almashtirilgan emas. Shuni ta’qidlash kerakki, hozirgi vaqtda jahondagi biror mamlakat o’z pulini oltinga almashtirmaydi. Ba’zi mamlakatlar pul birligini oltinga tenglashtirsada, pul birligiga to’g’ri kelishi mumkin deb belgilangan oltin miqdorini muomaladagi pul birligiga almashtirib bermaydi. Shuning uchun bu tenglashtirish o’zining iqtisodiy mohiyati va kuchini yo’qotganligi aniq. Chunki oltin oddiy tovarga aylandi va uning qiymati ham pulda ifolanadigan bo’ldi. Pulning funktsiyalari oltindan ajraldi, o’zgaruvchan valyuta kurslari joriy qilindi.
Yoozirgi vaqtda baholar masshtabi talab va taklif ta’sirida tashkil topadi va baho orqali tovarlar qiymatini o’lchashga xizmat qiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, pul yordamida tovarlar tenglashtiriladi. Ikkala tomon uchun ham tenglashtirishning asosi bo’lib abstrakt mehnat hisoblanadi.
Tovar qiymatining pulda ifodalanishi baho deyiladi. Baho - bu ideal shaklda ongimizdagi qiymat o’lchovi. Qiymat o’lchovi vazifasini fikran ifoda qiladigan pulimiz bajaradi, baho esa to’la-to’kis real moddiy boyliklarning qiymatini ifoda qiladi.
Qiymat shakliga ega bo’lgan tovar, bahoga ham ega bo’ladi. Pul o’zi o’z bahosiga ega emas, uning qiymati o’zi bilan aniqlanishi mumkin emas. Baho o’rniga pul, sotib olish qobiliyatiga ega. Pulning sotib olish qobiliyati deganda pul birligiga to’g’ri keluvchi tovarlar va xizmatlar miqdori tushuniladi. Agar pul birligiga to’g’ri keluvchi tovarlar miqdori (soni) qancha ko’p bo’lsa, pulning sotib olish qobiliyati ham shuncha yuqori bo’ladi va aksincha.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin