Bizning fikrimizcha, pul biz yuqorida keltirgan funktsiyalarni alohida olingan davlatda yoki davlatlar o’rtasida bajarishi mumkin. Bu holda biror mamlakatning valyutasi jahon puli funktsiyasini bajaradi deb xulosa qilishga o’rin qolmaydi.
Pulning funktsiyalari bir-biri bilan o’zviy bog’liq va ular bir-birini to’ldirgan holda pulning mohiyatini to’liq ifoda qiladi.
Pulning asosiy bosh funktsiyalaridan biri qiymat o’lchovi funktsiyasi hisoblanadi. Ba’zi chet el va rus iqtisodchilari adabiyotlarida pulning birinchi funktsiyasi deb muomala vositasi funktsiyasi, keyin qiymat o’lchovi funktsiyasini keltiradilar. Bizning fikrimizcha, pulning funktsiyalari to’g’risida gapirganda, funktsiyalarning ketma-ketligiga e’tibor berish zarur. Pul qiymat o’lchovi funktsiyasini bajarmasdan turib muomala, jamg’arma vositasi bo’la olmaydi. Pulning qiymat o’lchovi sifatida mustahkamligi uning muomala, to’lov, jamg’arma funktsiyalarida roli va ahamiyatini oshiradi.
Tayanch so’zlar funktsiya; muomala vositasi;
pul muomalasi; to’lov vositasi;
pulning funktsiyasi; jamg’arish vositasi.
qiymat o’lchovi;
O’z bilimini tekshirish bo’yicha savollar Pulning funktsiyalarini sanab bering.
Pul qiymat o’lchovi funktsiyasini qanday bajaradi?
Pulning muomala vositasi va to’lov vositasi funktsiyalarini o’ziga xos xususiyatlarini ayting.
Rivojlangan davlatlarda pulning qanday funktsiyalari o’rganiladi?
Jamg’arish vositasi funktsiyasini hozirgi vaqtdagi dolzarbligi.
BOB. PUL OBOROTI VA UNING TUZILIShI §. Pul oborotiga tavsifnoma va uning tuzilishi
Naqd pulsiz va naqd pul o’tkazish yo’li bilan amalga oshiriladigan to’lovlarning yig’indisi pul oborotini tashkil qiladi.
Xalk xo’jalligi tarmoqlarida yaratilgan tovarlarning barisi pul yordamida ayirbosh qilinadi. Pul oborotiga tovar aylanishining pul shaklidagi ko’rinishi deb qarab bo’lmaydi. Chunki pul oboroti tovar oborotidan kengroq bo’lib, u tovarning sotilishi va sotib olinishidan tashqari, har xil sohalarda mehnatga haq to’lash jarayonini ham o’z ichiga oladi.
Pul oborotining sodda sxemasini quyidagicha ifoda qilish mumkin, ya’ni pul harakati faqat aholi va korxona, tashkilotlar o’rtasida bo’ladi deb qaraymiz. Bu sxemada pul oborotining asosiy ikki omili: bir tomondan tovar va resurslar harakati bilan; - ikkinchi tomondan pul harakati ko’rsatilgan. Bu sxemada davlat tashkilotlari, moliyaviy bozor, pul bozorlari, eksport va import va boshqa iqtisodiy munosobatlar yo’q deb qaralgan. Aholi va korxonalar hech qanday vositachilarsiz, to’g’ridan- to’g’ri iqtisodiy munosabatda bo’ladilar. Bu sodda sxemada ko’rsatilgan.
1-sxema